O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi


Peshob yig’ishni bir necha usullari bor



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Peshob yig’ishni bir necha usullari bor. 
Nechiporenko usulida 1 ml yangi olingan siydikda qancha leykotsit va eritrotsit 
borligi aniqlanadi.Normada leykotsitlar 4000, eritrotsitlar 1000ta bo’ladi. 
Amburje va Addis Kakovskiy usullarida ham siydikdagi qon elementlari ya'ni 
leykotsit va eritrotsitlarni miqdori aniqlanadi. Amburje usulida siydik yig’ish 3 
soat ichida o’tkaziladi, Addis-Kakovskiy usulida esa bir kun ichida peshob 
yig’iladi. Bunda siydik alohida toza idishga olinadi.Siydikda qon zarralarini erib 
ketmasligi uchun idishga 3-5 tomchi formaldegid eritmasi quyiladi, yoki peshob 
sovuqligi 3-6 S bo’lgan joyda saqlanishi lozim. Shuni ta'kidlash kerakki, kichik 
yoshli bolalarda Amburje usuli Addis- Kakovskiy va Nechiporenkoga qaraganda 
aniqroq . 
Bakteriuriya uchun analiz peshob jinsiy a'zolar dezinfeksiyalovchi eritma
( furatsilin bilan)yuvilgandan so’ng olinadi. Shundan so’ng siydikning o’rta 
porsiyasi tozalangan idishga olinadi, usti yopiladi. Shubhali natijalarda esa siydik 
kateterda olinadi.
Siydikdagi qandni miqdorini tekshirish uchun siydik bir sutka davomida bir 
idishga yig’iladi. Lаbaratoriyaga yuborishdan oldin shisha tayoqchada yaxshilab 
aralashtirib, 200 ml boshqa idishga quyib beriladi. 
Buyrak funksiyasini Zimnitskiy usulida tekshirilganda, bir kun davomida 8 
marta alohida bankalarga har 3 soatda yig’iladi. Bunda bemor shifoxona sharoitiga 
o’rganib bo’lgandan keyin tekshiriladi va har doimgidek ovqatlanish sharoitida 
amalga oshiriladi. Bemordan ertalab 6:00 da siydik olinadi va umumiy analiz 
uchun yuboriladi, soat 9.00 dan boshlab har 3 soat ichida olingan siydiklar alohida 
idishlarga yig’iladi. Kechasi bemorni uyg’otiladi, ertasi kuni ertalab soat 6.00 da 


104 
oxirgi siydik olinadi, hamma porsiyalar lobaratoriyaga yuboriladi, bu yerda har bir 
porsiyaning miqdori va zichligi aniqlanadi. 
Darmonsiz va og’ir bemorlarga rezinali tuvak yoki siydikdon( shishali, 
emalli) beriladi. Tuvak va siydikdonlar issiq suvda yuvilib, xloramin bilan 
chayilib, maxsus xonalarda javonlarda saqlanadi.Siydikdonlar devorida quyqalar 
paydo bo’lmasligi uchun ularni sirka kislotasida yuvib suvda chayiladi. Maxsus 
yumshoq siydikdonlar bo’lib, ular tasmalar yordamida songa bog’lanadi.Bu 
siydikdonlarni har kuni sovun bilan yuvib, siydik hidi kelmasligi uchun kaliy 
permanganat eritmasi bilan chayish lozim. 
Buyrak kasalliklari paytida siydik ajralishini buzilishi mumkin. Yoki siydik 
ajralishini to’xtashi mumkin. Bunday paytda issiq grelkani qorni ostiga qo’yib, 
tashqi jinsiy a'zolarni yuvish kerak. Ayrim hollarda quyilayotgan suv ovozi ham 
yaxshi natija beradi, natijaga erishilmasa sun'iy chiqarish usuli kateterlardan 
foydalaniladi. 
Kateterlar yumshoq( rezinali) va qattiq ( metalli) bo’ladi. Yumshoq kateter 25-30 
sm bo’ladi. Kateterni ichki uchi dumaloq shaklda. Oxirgi uchida bir yoki ikkita 
yumaloq teshigi bor. Kateter diametrlari turl xilda.( 1/3 mm dan 1 sm gacha). 30 
nomerli, diametri 1/3 li kateter ajratiladi.
Siydik chiqaruv kanaliga infeksiya tushmasligi uchun kateterni 10-15 daqiqa 
qaynatiladi. Kateter qo’yishdan avval hamshira qo’lini sovun bilan yuvib, keyin 
barmoqlarini spirt yoki yod bilan artadi va qo’liga qo’lqop kiyadi. Kateter qo’yish 
paytida bemor chalqancha yotadi, oyoqlari bukilgan, orasi ochiq. Chap qo’lnning 1 
va 2 barmoqlari bilan katta va kichik jinsiy lablarni ochib, siydik chiqarish 
kanalining tashqi teshigi ochiladi.Antiseptik eritmada ho’llangan paxtali tampon 
bilan siydik chiqarish kanalining tashqi teshigini tozalash kerak.Uchi glitserin bilan 
moylangan kateterni qisqich bilan yon teshikdan 5- 6 sm masofada 
ushlab.kateterning ikkinchi uchini shu qo’lning 4 va 5 barmoqlari bilan 
ushlanadi.Kateterni ehtiyotlik bilan siydik chiqarish kanaliga 5 7 sm chuqurlikka 
kiritiladi.Kateterni 2 uchini siydik yig’gichga qo’yiladi.Siydik chiqarilgandan 
so’ng kateter olib tashlanadi va sterilizatsiya qilinadi. 
O’g’il bolalarga kateterni faqat shifokor qo’yadi. Chap qo’lning 3 va 4 
barmoqlari bilan jinsiy olatning boshchasini ochib,1 va 2 barmoqlar bilan siydik 
chiqarish kanalining tashqi teshigi ocxiladi.Antiseptik eritmada ho’llangan paxtali 
tampon bilan siydik chiqarish kanali atrofi tozalanadi.Uchi glitserin bilan artilgan 
kateterni yon teshikdan 5- 6 sm masofada qisqich billan mahkam 
ushlab,kateterning ikkinchi uchini shu qo’lning 4 va 5 barmoqlari bilan 
ushlanadi.Kateterni siydik chiqarish kanaliga ehtiyotltk bilan kiritiladi.Agar kateter 
kirgan paytida bemor nohushlik sezsa bemorga tichlanishni va bo’sh yotishni 
so’raladi.Siydik paydo bo’lgandan keyin kateterni tashqi uchini lotokka tushirish 
kerak.Siydik chiqarilgandan keyin kateterni kanaldan chiqarib olish kerak. 
Siydik yig’iladigan idish oldindan tayyorlangan bo’lishi kerak. Agar siydik 
chiqishi to’xtasa qorin devorini asta bosiladi va qovuqda qolgan siydik chiqarib 
olinadi.. Bolalarga kateter yoshiga qarab tanlanadi. 
Siydik chiqaruv kanali jaroxatlanganda kateter qo’yish man etiladi. Kateter
qo’yilgandan so’ng uni sovun bilan yaxsxilab yuvib, yumshoq sochiq bilan artiladi. 


105 
Kateterlarni usti yopiq, ichiga 2% li bor yoki karbol kislota solingan, emalli yoki 
shishali idishlarda saqlanadi. Elastik kateterlarni saqlash va tozalash uchun maxsus 
sterilizatorlar chiqariladi. Ular turli kattalikda va shaklda bo’lib, ustida yopib 
qo’yuvchi qopqog’i bor. 
Ichida kateter joylashtiriladigan tayoqchalar bor. Uning tubiga formalin 
tabletkalari solib qo’yiladi,ularning bug’lari kateter saqlanishini va steril turishini 
ta'minlaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin