Buyrak kasalliklarida bemorlarni parvarishi. Anuriya bilan kasallangan bola qimirlamasligi kerak. Bu paytda uning
terisiga va sxilliq qavatlariga alohida parvarish kerak . Tez- tez og’zini natriy
gidrokarbonatning 2%li eritmasi bilan chayishi, xhftada 2-3 marta gigiyenik vanna
yoki dushda terisini yuvib turishi kerak. Bemorlarni parvarish qilishda uni sovuq
qotishiga yo’l qo’ymaslik muhimdir.Ularni issiqroq xonalarga joylashtirib,
yelvizakdan va sovuq qotishdan saqlash lozim. Issiq muolajalar buyrak qon
aylanishini yaxsxilab, diurez kuchayishiga olib keladi.
Davolashda parhez katta ahamiyat kasb etadi, oqsilni kamaytirib energetik
quvvatni oshirish kerak. Parhezdan mosh, yongoq, fasol olib tashlanadi, lekin
qaymoq , smetana, kartoshka, bodring, olma, nok, pomidor iste'mol qilinadi.
Ishtaha birdan yo’qolganda yoki bir necha marta qayd qilsa bolani ovqatlantirish
oshqozon zondi yoki oziqlantiruvchi klizma orqali beriladi.
Anuriya bilan og’rigan bolalarni infeksiyadan saqlash, ichaklarni holatini kuzatish,
meteorizmga qarshi kurashish, tez-tez oshqozonni 2%li gidrokarbonat bilan yuvish
yoki sifonli klizmalar qilish kerak. Shu bilan birga shifokor ko’rsatmasiga binoan
intensiv davo choralarini qo’llash kerak.
Hamshira buyrak kasalliklarining og’ir asoratlarini bilishi, shifokor byergan
ko’rsatmalarini uzluksiz bajarishi, hamma a'zo va sistemalarning vazifalaridan
xabardor bo’lishi kerak. Bemorda bosh og’rigi paydo bo’lganida, ko’rishi
yomonlashganda, kuchsizlanganda, atrofga befarq bo’lganida hamshira o’z vaqtida
shifokorga xabar berishi kerak.
Qovuqning sfinkteri bo’shashsa siydik tuta olmaslik paydo bo’ladi. Siydik
qovuqdan doimo tomcxilab turadi. Bemor ehtiyorsiz oz -ozdan siyib turadi,
oqibatda kiyimlari , o’rinlari ifloslanadi va shiptir hidi kelib turadi. Hamshira
bunday hollarda parvarishda bemorning o’rin choyshablarida klenka borligiga
etibor berishi kerak. Bemor ostiga aylana doira qo’yiladi yoki siydikdon beriladi.
Bunday bemorlarni tez -tez yuvib turish, yotoq yara va bicxilish bo’lishini oldini
olish darkor. Kechki soat 18 dan so’ng ovqat iste'mol qilish taqiqlanadi. Kerak
bo’lganda kiyim va choyshablarni almashtiriladi. O’zi yura oladigan bemorlar
uchun soniga osib qo’yiladigan yumshoq siydikdonlar bor.