O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

 
Teri osti in'yeksiyasi 
1. Bemorni to’g’ri joylashtirish – o’tirgan yoki yotgan holatda
2. Teridagi in'yeksiya qilingan joyni spirt bilan tozalash birinchi bo’lib katta 
sohani, keyin esa faqat in'yeksiya qilinadigan joyni tozalash;
3. Chap qo’l bilan in'yeksiya qilinadigan terini siqib olish;
4. Ignani teri ostiga 45 

C burchak ostida tiqiladi, bunda igna tepaga 15 mm 
(ignadan 2dan 3qismi uzunligi) kiradi. Ko’rsatkich barmogi ignaning 
kanyulyusini ushlab turadi; 
5. Chap qo’lni shpris porsheniga qo’yib dorini yuborish, iloji boricha shprisni 
qo’ldan qo’lga o’tkazmaslik; 
6. Ignani kanyulyusidan ushlab turgan holda tortib olish
7. In'yeksiya qilingan joyni spirtli paxtada bosish. 
 
Mushak ichi in’yeksiyasi 
1. Bemorni to’gri joylashtirish – yotgan holatda
2. Dumba shartli ravishda to’rtta kvadratga bo’linadi, in'yeksiya esa faqatgina 
yuqori tashki kvadratga qilinishi kerak. 
3. Avval spirt bilan namlangan paxtada yuqorigi tomir kvadratning barchasini
so’ng in'yeksiya joyini artish. 
4. Shprisni o’ng qo’lingizga oling. Beshinchi barmoq igna kanyulasida, qolgan 
barmoqlar shprisni ushlaydi (porshen esa bo’sh qoladi). 
5. Chap qo’lingiz bilan in'yeksiya qilinadigan joyni tortish. 
6. Shprisni tanaga perpendikulyar holda ushlab ignani mushak ichiga 50mm 
chuqurlikga yuborish. 
7. Chap qo’lingizni porshenga qo’yib sekin dorini yuborish. Isitilgan yogli 
eritmani yuborishdan oldin porshenni yuqoriga tortib faqatgina shprisga qon 
chiqmagandagina dorini yuborishni boshlash.
8. Paxtani teridan ko’tarmagan holda ignani tortib olish. 
 


118 
Vena ichiga in'yeksiya qilish texnikasi 
1.Bemorning tirsak ostiga klenka yostiq qo’ying (tirsak tomirining maksimal 
darajada taranglashuvi uchun) 
2.Yelkaning 1/3 qismining o’rtasiga rezinali jgut qo’ying, bunda nursimon 
arteriyada puls o’zgarmasligi kerak. Jgutni boylang va uning bo’sh oxirlari tepaga, 
bog’langan joyi esa pastga qaraganligiga e'tibor bering. Agar nursimon arteriyada 
puls tezlashsa jgutni ozgina bo’shating. Agar bilak venasi bilinmasa, jgutning 
pastki qismi ko’karib qizarib turmasa jgutni mahkamroq boylash kerak. Oxirgi 
vaqtlarda jgutni o’rnini bosuvchi maxsus yopishuvchi yoki ilmoqchali manjetlar 
chiqarilmoqda.
3.Bemordan bir necha marta mushtini siqib bo’shatishini so’rang, shu bilan 
birga uning bilak sohasini (tozalangan ) spirtda namlangan paxta bilan arting va 
qo’lni chetdan markazga harakatlantiring.
4.Shprisni oling, ko’rsatkich barmoqda ignaning kanyulasini, qolgan barmoqlarda 
esa shprisning silindrini ushlang. 
5.Shprisda havo yo’qligini va ignaning o’tishini tekshiring (agar shprisda ko’plab 
mayda pufakchalar bo’lsa, shprisni silkiting va hamma pufakchalar birlashib bitta 
katta pufakka aylanadi, uni esa ignadan osonlikcha chiqarib yuborish mumkin.) 
6. Chap qo’lingiz bilan tirsak bukilmasidan torting, biroz periferiyaga eging,venani 
fiksatsiya qilish uchun. 
7.Qo’lda shprisni holatini o’zgartirmasdan, ignani yuqoridan ushlab turib, teriga 
parallel holatda teriga ukol qiling, ehtiyotlik bilan ignani 1/3 qismini kiriting, igna 
venaga parallel holatda tursin. 
8. Chap qo’l bilan venani ishga tushurib turib , sekin igna yo’nalishini o’zgartiring 
va venani astalik bilan punksiya qiling, bo’shliqqa tushganini sezgunga qadar. 
9. Igna venada ekanligiga ishonch hosil qiling; porhenni o’zingizga torting 
shprisda qon paydo bo’lishi kerak. 
10. Chap qo’l bilan jgutni eching, bir chetidan asta tortib oling va bemordan 
mushtini bo’shashtirishini so’rang. 
11.Shprisni holatini o’zgartirmasdan chap qo’l bilan porshenni bosib dorini 
sekinlik bilan yuboring, shprisda 0,5-1ml olib qoling. 
12. In'yeksiya joyini spirtli paxta bilan bosing va ignani asta torting. 
13.Bemordan qo’lini 5 daqiqaga bukishni so’rang (paxtali tampon in'yeksiya 
joyida qolsin). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin