O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi


Hamshira huquqiga quyidagilar kiradi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Hamshira huquqiga quyidagilar kiradi. 
1. Oshqozonni zondlash va yuvish 
2. Yel o’tqazuvchi nay qo’yish 
3. Turli xil huqnalar qo’yish-tozalovchi, sifonli, dorivor, tomchi 
4. Yumshoq rezina kateter bilan siydik qopini kateterlash 
5. Siydik qopini yuvish 
6. Xantal, zuluk qo’yish 
7. Dori vositalarini surish 
8. Kompress qo’yish va bug’lash 
9. Teri ichiga, teri ostiga, muskul orasi va venaga shifokor ko’rsatmasi bilan 
inyeksiya qilish 
10. Arterial bosimni o’lchash 
11. Sun'iy nafas oldirish , yurakni massaj qilish 
12. Autogemoterapiya o’tkazish 
13. Jinsiy a'zo va og’iz bo’shlig’idan surtma olish 
14. Tomoqni chayish 
15. Quloqni yuvish (shifokor nazoratida) 
16. Biologik va serologik tahlil uchun venadan qon olish
17.Tomchi dori yuborish va tranfuziyalar uchun sistemalar tayyorlash 
18. Bakteriologik tekshiruv uchun najas olish 
19. Quyidagi muolajalar uchun asboblarni tayyorlash va shifokorga yordam berish: 
A. Sternal, plevral, orqa miya punksiyalari. 
B. Qon guruhini aniqlash. (shifokor ko’rsatmasiga ko’ra) 
V. Tuberkulin va boshqa ichki probalar uchun tuberkulinli probalar natijalarini 
hisobga olishni bilish. 
Tibbiyot hamshirasini vazifalariga quyidagilar kiradi. 
1. Davolovchi shifokorning o’rta tibbiy personal tomonidan bajarish uchun ruxsat 
etilgan diagnostik va davo ko’rsatmalarini yozish va aniq bajarish. 
2. Bemorlarni ordinatorlar, bo’lim boshlig’i, professor yoki navbatchi shifokor 
ko’rigidan o’tganda ularga bemor holati haqida ma'lumotlarni yetqazish va 
bemorni keyingi parvarishi uchun ko’rsatmalar olish. 
3. Bemor ahvolidan faol xabar olish, ma'lum palatalardagi kasallarni parvarishlash. 
4. Kechasi va kunduzi shifokor ko’rsatmasiga asosan haroratini o’lchash, 
natijalarni harorat varaqasida qayd etish. Ko’rsatmaga ko’ra puls, nafas olish 
tezligini, bir sutkadagi siydik, balg’am miqdorini o’lchab harorat varag’iga qayd 
etib bemorni kasallik tarixiga kiritish. 
5. Belgilangan palatada sanitar holatini tartibini, bemorlar shaxsiy gigiyenasini 
(teri, og’iz, soch, tirnoq parvarishini) nazorat qilish, o’z vaqtida dori, gigiyenik 


16 
vannalar qabuli, to’shak jildilarini o’z vaqtida almashtirilishini kuzatish, parvarish 
va davolash uchun bemorlarga o’z vaqtida zarur ashyolar bilan ta'minlash haqida 
qayg’urish, bemorlar orasida sanitar -oqartuv ishlarini olib borish. 
6. Og’ir bemorlarga yuvinishda, ovqatlantirishda, suv ichishda yordam berish, 
zarurat tug’ilganda og’iz, ko’z, burunlarni yuvish, yotoq yaralarni paydo bo’lishiga 
yo’l qo’ymaslik kerak. Bemorlarni transportirovkasini ta'minlash zarur. 
7. Shifokor ko’rsatmasiga ko’ra tahlil uchun material yig’ish (siydik, najas, 
balg’am, va h.k). Ularni laboratoriyaga topshirish va laboratoriyadan o’z vaqtida 
tekshiruv natijalarini olib kasallik tarixiga yelimlab qo’yish. 
8. Bemorlarni ota-onalarini va boshqa xabar oluvchilarni kichik tibbiy personal 
tomonidan kasalxonaning belgilangan ichki tartib qoidalariga amal qilishlarini 
nazorat gilish. 
9. Yangi kelgan bemorlarni qabulini amalga oshirish. Sanitar-ishlov sifatini 
tekshirish. Yangi kelgan kasallarni ichki tartib qoidalari, kun tartibi va shaxsiy 
gigiyena qoidalari bilan tanishtirish. 
10. Bemorlar tomonidan ular uchun belgilangan ovqatlanish tartibiga rioya gilish, 
bolalar uchun uylaridan keltirilayotgan mahsulotlarni saqlash muddati va shartiga
ularning assortimentini kuzatib borish, shifokor ko’rsatmasiga muvofiq 
talabnomalar tuzish va ularni katta hamshiraga berish 
11. Tibbiyot va xo’jalik jihozlarini, dorilarning to’g’ri saqlanishini ta'minlash, 
noto’g’ri holatlar haqida katta hamshirani ogohlantirish. 
12. Tibbiyot hamshirasi shifokor ko’rsatmasiga ko’ra mijozlarning o’z vaqtida 
rentgen va boshqa tekshiruvlarga yuborish, maxsus xonalardan kasallik tarixini 
(tekshiruv va muolajalardan) qaytib kelishini ta'minlash. 
13. Navbatchilikni topshirish va qabul qilish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin