20
9. dam olish va o’ynash xonasi
Koridorda hamshira posti joylashadi.
Bemorlarni transport vositasida tashish.
Qaysi usulda bemorni tashishni shifokor hal qiladi. Bemorni ahvoli og’ir
bo’lmasa uni hamshira yoki sanitarka bo’limga kuzatib boradi. Og’ir bemorlarni
nosilkada yoki maxsus g’ildirakli nosilkada tashiladi. Agar bular bo’lmasa bir
kishi
ko’tarib yoki suyab boradi, bunda bemor olib boruvchini yelkasidan ushlab boradi.
Ikki kishi bo’lganda esa bittasi oyog’i va dumbasidan, ikkinchisi esa orqasi va
boshidan ko’taradi. Agar uch kishi bo’lsa, biri oyog’idan ,
ikkinchisi beli va
qisman orqasidan, uchinchisi esa orqasi va boshidan ko’tarib boradi. Agar lift
bo’lmasa, og’ir bemorlarni nosilkada ko’tariladi,
bunda bemorni boshi oldi
tomonda bo’lib, oyoq turgan qismi biroz ko’tarilgan holda bo’ladi. Og’ir
bemorlarni nosilkada o’rniga, ozor bermasdan ehtiyotlik bilan olib yotqiziladi.
Bunda nosilkani oyoq qismi karovotni bosh qismiga qo’yiladi, agar joy tor bo’lsa
nosilka karovotga yonma- yon qo’yilib, tibbiyot xodimlari zambil bilan karovatni
o’rtasida bemor tomonga qarab turishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: