O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi


Postdagi hamshiraning vazifalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Postdagi hamshiraning vazifalari: 
1. Hamshira shifokorning barcha buyurgan davolash va gigiyena sohasidagi 
ishlarni bajarishi. 
2. Shifokor ko’ruvida ishtirok etishi va kasallar to’g’risida ma'lumot berish. 
3. Kasal holatini kuzatish, ularni parvarish qilish. 
4. Biriktirilgan palatalarda sanitariya holatini saqlash, doimo ularni ozoda va 
osoyishta saqlash. Kasal bolalarni tirnog’ini olish, terisini parvarish qilish, og’iz va 
burun bo’shlig’ini tozalash. Gigiyenik vannalar qabul qilishni, kiyimlarni 
o’zgartirishni, gigiyena qoidalarga rioya qilishni nazorat qilishi. 
5. Holati og’ir bolalarga yordam berishi, ularni yuvintirish, kiyintirish, ovqat va 
suv berishi kerak. Ularni og’zini chaydirishishi, og’zi, qulog’i va burnini tozalash 
kerak. 
6. Tahlil uchun materiallar yig’ish (siydik, axlat, balg’am), ularni laboratoriyaga 
yuborish va laboratoriyadan o’z vaqtida analizlarni javobini olish. 
7. Kasallar tomonidan, ularni ota –onalari va kichik tibbiyot xodimlari tomonidan 
bo’limning ichki tartibiga rioya qilishlarini kuzatishi. 
8. Yangi kelgan kasalni qabul qilishi, ko’zdan kechirishi, uni palataga joylashish. 
Yangi kasalni bo’limning ichki tartibi, kun tartibi bilan tanishtirish kerak. 
9. Kasallarni to’g’ri ovqatlanishini, ovqat mahsulotlarini to’g’ri saqlashni, uyidan 
kelgan ovqat mahsulotlarni tarkibini nazorat qilish. Shifokor buyurtmasiga binoan 
ovqatlanish varaqasini to’latish va ularni bosh hamshiraga topshirish. 
10. Meditsina va palata jihozlarini to’g’ri asrashni nazorat qilish. 
11. Postdagi hamshira kasallarni o’z vaqtida rentgen va boshqa davolash 
kabinetiga yuborishi kerak. 
12. Hamshira quyidagilarni bilishi kerak: 
- oshqozonni yuvishni 
- yel chiqaruvchi trubkani yuborishni 
- turli huqnalarni qilishni 
- siydik qopiga kateter yuborishni 
- siydik qopini yuvishni 
- xantal va zuluk qo’yishni 
- dorilarni badanga surtishni 
- kompress qilishni 
- venaga, mushaklarga va teri ostiga dori yuborishni 
- qon bosimni o’lchashni 
- qon to’xtatuvchi jgut qo’yishni 
- sun'iy nafas oldirishni 
- qon quyishni 
- og’iz, burun va halqumdan analiz olishni 
- analizlar uchun venadan qon olishni 
- venaga yuborish uchun sistema tayyorlashni 
- analiz uchun axlat olishni 


23 
- plevral punksiya, orqa miya punksiya qilishda asboblarni tayyorlash va 
shifokorga yordam berish 
- qon guruhini aniqlashda qatnashish 
- sil kasalligini aniqlashda “tuberkulin sinamasini” qo’yishni va uning natijasini 
baholashni 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin