O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Dezinfeksiya turlari
: A) mexanik 
B) kimyoviy
V) fizik 
Mexanik vositalarga bino va undagi buyumlarni ho’l latta bilan tozalash, 
o’rin- ko’rpalarni qoqish, changyutgich bilan tozalash, binoni shamollatish, oqlash, 
bo’yash kiradi. Bu usulda mikroblar yo’qotilmaydi, aksincha ob'ektdan chiqariladi. 
Shuning uchun ximik moddalar bilan birgalikda olib boriladi. 
Fizik usulga – qaynatish, yoqish, quyosh nuri, ultrabinafsha nurlar(simob- 
kvars lampalarni) dezinfeksiya kameralari va maxsus apparat (avtoklav)da suv 
bug’i va issiq havodan foydalanish kiradi. 
Agar predmetlarda vegetativ forma mikroblari borligi aniqlansa qaynatish 
vaqti 15- 20 minut, sporali mikroblar bo’lsa 1,5- 2 soat bo’ladi. Temirdan bo’lgan 
predmetlarni, asboblarni 10- 15 daqiqa qaynatiladi. Bunda narsalardagi yog’ni va 


27 
oqsilni eritish uchun, suvga soda (1- 2% eritma), sovun yoki kir tozalovchi 
poroshoklardan (0,5 % eritma) solib yuviladi. Kuydirish yo’li bilan zararlantirishda 
asosan arzon bo’lgan narsalar ishlatiladi. 
Kimyoviy yo’l bilan dezinfeksiya qilish uchun ko’proq xlor tutgan 
moddalar: xloramin , fenollar, krezol va uning unumlari, formaldegidlar ishlatiladi.
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi 600 sonli buyruq asosida 
O’zbekiston Respublikasi tibbiyot muassasalarida faqat 0.5% xloramin ishlatiladi. 
Rossiyada ishlab chiqarilayotgan yangi dezinfeksiyalovchi moddalar. 
1. “Lizanin” OP. etil spirt asosida tayyorlangan.Terini va inyeksiya maydonini 
dezinfeksiya va yog’sizlantirish uchun ishlatiladi. Gramm”-“ va Gramm “+” 
bakteriyalarga nisbatan antimikrob aktivligiga ega. Shuningdek shifoxona ichi 
infeksiyasi, tuberkulyoz mikobakteriyasi, viruslarga qarshi ishlatiladi. 
2. “Lizanin” OP – RED. Spirt asosida tayyorlangan, ishlatishga tayyor tiniq 
suyuqlik. Operatsion maydonini dezinfeksiya qilish uchun ishlatiladi. Gramm“-”
va Gramm “+” bakteriyalarga nisbatan antimikrob aktivligiga ega. Shuningdek 
shifoxona ichi infeksiyasi, tuberkulyoz mikobakteriyasi, viruslarga qarshi 
ishlatiladi. 
3. Adxes 3000. Terini antiseptik, etanol, xlorgeksidin, va terini yumshatuvchi 
moddalardan tayyorlangan. Gigiyenik va xirurgik qo’llarni tozalash uchun 
ishlatiladi. 
4. “Lizafin-spetsial” qattiq va yumshoq endoskoplarni dezinfeksiya qilish uchun 
tavsiya etiladi. Gramm “-“ va Gramm “+” bakteriyalarga nisbatan antimikrob 
aktivligiga 
ega. 
Shuningdek 
shifoxona 
ichi 
infeksiyasi, 
tuberkulyoz 
mikrobakteriyasi, viruslarga qarshi ishlatiladi. 
5. “Amiflayn”. Tez dezinfeksiya qilish uchun sprey. 
6. “Delansin”. Davolash bo’limlarni nam dezinfeksiya qilish uchun ishlatiladi. 
7. “Ultra – soft”. Suyuq sovun bo’lib antiseptik xususiyatiga ega. 
Yuqumli ichak kasalliklarda bemor foydalanadigan idish- tovoq 2% osh 
sodasi eritmasida 15 daqiqa qaynatiladi. Ich kiyimlar 2% li sovun sodali eritmada 
15 daqiqa qaynatiladi. Bemorni najas va siydigi quruq xlorli ohak sepib, 1 soatga 
qo’yiladi. So’ng kanalizatsiyaga to’kib yuboriladi. Bemor yotgan xona poli 
xloraminli 1% eritmasi bilan artiladi. 
Gripp kasalligida bemorni idishi, buyumi qaynoq suv bilan 2-3 marta 
yuviladi. Sochiqlari, ro’molchasi alohida bakka to’planib yuvuvchi vosita bilan 
yuviladi. Palata esa 0,5% xloramin eritmasi bilan 2-3 marta artiladi. 
Sil kasalligida bemorni shaxsiy tufdoni 1/3 qismigacha suv bilan to’ldiriladi, 
tufdon balg’amga to’lganda unga xlor solib qo’yiladi va 1 soatdan keyin 
kanalizatsiyaga to’kib yuboriladi. 
Bemorni idish – tovog’i 2,5% li sovun- sodali eritmada 15 daqiqa
qaynatiladi. 
Chiqindilar uchun ishlatilgan idishlar (tuvak, tufdon, gorshok va 
boshqalar)oldin bo’shatilib so’ng yuviladi, va dezinfeksiya qiluvchi eritmalardan 
biri ( xloramin, fenol eritmalari) solingan bochkalarga solib qopqog’ini yopib 30- 
60 daqiqa ushlab turiladi.


28 
Ustki va ichki kiyimlar, ko’rpa – to’shaklar dezinfeksiya qiluvchi 
kameralarda zararsizlantiriladi. 
Oshxonada ishlatiladigan idishlar, ovqat is'temol qilgandan keyin 1- 2% 
choy sodasi yoki 1% sovun eritmasi bilan 15 daqiqa qaynatiladi, agar qaynatishni 
iloji bo’lmasa, unda 0,5% xloramin eritmasiga solinadi va qaynoq suv bilan 
chayib zararsizlantiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin