36
10)Ignadan eritmani o’tkazishni tekshiring. Ozroq eritmani ignadan chiqarib
ko’ring.
In'yeksiya asoratlari :
Hamshira har qanday in'yeksiya o’tkazish qoidalariga rioya qilishi kerak.
Chunki, ko’plab in'yeksiyalardan kelib chiquvchi asoratlar (allergik reaksiyalardan
tashqari) hamshiralarning aseptika qoidalariga rioya
qilmaganliklaridan kelib
chiqadi.
Infiltrat
-ko’pincha teri osti va mushak ichi in'yeksiyalardan keyin kelib
chiquvchi
asoratdir.
Ko’pincha
infiltrat
o’tmas
ignadan
foydalanganda ,shuningdek agar (igna kalta bo’lib) mushak, teri ichi,
teri osti va
vena ichi in'yeksiyalari uchun mo’ljallangan katta igna mushak ichi in'ektsiyasida
qo’llanilsa ham kelib chiqadi. Chunki katta igna orqali yuborilgan dori mushak
ichiga bormasdan, to’qimalarning kimyoviy ta'sirlanishiga olib keladi.
Bunda dori
juda ham sekin so’riladi va oqibatda infiltrat hosil bo’ladi. In'yeksiya qilingan
joyini aniq qoplamaganlik va har doim bir joyga tez-tez in'yeksiya
qilish ham
infiltrat hosil bo’lishining sababalridan hisoblanadi. Infiltratlarning profilaktikasi
ularni hosil bo’lishiga olib keluvchi sababalarga yo’l q o’ymaslik.
Absess
-in'yeksiyadan keyin yumshoq to’qimalarning yiringlashi va ustidan
piogen membrana bilan qoplanishi, boshqa to’qimalarni ajralib qolishi. Absess
kelib chiqish sabablari ham infiltratniki kabi, faqat bunda yana
aseptika qoidalariga
rioya qilmaslik ham kiradi.
Profilaktikasi: barcha aseptika qoidalariga rioya qilish.
Dostları ilə paylaş: