O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Sochni parvarishlash. 
O’g’il bolalar sochini kalta qilib bir oydan kechiktirmay oldirib turiladi. 
Sochini uzun qilib o’stiradigan qiz bola uchun albatta har kuni sochini yaxshilab 
tarash uchun shaxsiy taroq kerak. Sochni tarayotganda va yuvganda bolaga 


42 
yoqmaydigan sezgi paydo bo’lmasligi kerak. Emadigan bola boshida qazg’oq 
paydo bo’lib (sarg’ish yog’simon holda) yig’ilib qolishi mumkin. Bunda 
cho’miltirishdan 1-2 soat avval boshga qalin qilib o’simlik yog’i surib ro’mol 
bilan bog’lab qo’yiladi. Cho’miltirishdan oldin zich mayda tishli taroq bilan
tarash kerak. Boshni yuvganda sovun bolaning yuziga tushmasligini kuzatib 
borish kerak Buning uchun bolaning boshini orqaga engashtirib oqib turgan suvda 
sovunni yuvib tushirish kerak Boshni yuvgandan so’ng sochni ho’l holida tarash 
yaxshiroq, chunki soch kam chigal bo’lib taraganda bola og’riq sezmaydi. 
Bemorlar boshini har 7- 10 kunda yuvib turishlari kerak.O’rinda uzoq yotadigan va 
gigyenik tartibga rioya qilmaydigan bemorlar sochi kir bo’lishdan tashqari ,ularda 
sirka va bitlar paydo bo’lishi mumkin. Shuning uchun tibbiyot hamshirasi 
bemorlarni boshini qarab turishi kerak.Tura olmaydigan bemorlar sochi yotgan 
holida yuvib qo’yiladi. Bunda tog’oracha karavotning bosh tomoniga 
qo’yiladi,bemor boshini bo’yni sathidan orqaga tashlaydi va taglik 
qo’yiladi.Boshni yaxshilab sovunlab yuviladi va chayiladi. Quriguncha artilib tarab 
qo’yiladi.
Tishlar parvarishi
.
Og’iz bo’shlig’ini parvarishlash muntazam va ma'lum vaqtda bo’lishi kerak. 
Tishlarni 
muntazam 
tozalash 
-og’iz 
bo’shlig’ining muhim gigiyenik 
usulidir.Tishlarni tozalashda tish cho’tkasidan va tozalash uchun ishlatiladigan 
moddalardan (tish pastasi yoki poroshogi) foydalaniladi. Bolani 2-3 yoshligidan
boshlab tishlarni tozalashga o’rgatish kerak. Bolaning shaxsiy tish cho’tkasi 
bo’lishi kerak.Tishni tozalagandan keyin tish cho’tkasini toza saqlash uchun uni 
sovunlab, suvda chayib keyingi tish tozalashgacha og’zi berk stakanda saqlanadi. 
Bola tish tozalashni yangi boshlaganda tishni yumshoq cho’tka bilan tozalash 
tavsiya etiladi.Bolalar uchun tish cho’tkasi boshini uzunligi 18-25 mm, eni 7,5-11 
mm bo’lgani yaxshi. Tish cho’tkasi qillarining balandligi 10-12 mm bo’lishi lozim. 
Yangi tish cho’tkasini ishlatishdan avval qaynoq suv bilan yuviladi. Tishlarni 
kunda ikki marta 2-3 daqiqa tozalash kerak, aks holda og’iz bo’shlig’ining ovqat 
qoldiqlaridan tozalanishi yetarli bo’lmay,qoldiq ovqat zarrachalarining aynishi 
ta'sirida tishning emal qavatini yemiradi. Ertalab tish nonushtadan oldin , 
kechqurun esa oxirgi ovqatlanishdan keyin tozalanadi . 
Tishlarni tozalash metodi tik, yotiq, aylanma harakatlardan iborat bo’lib, 
yuqori jag’ni yuqoridan pastga, past jag’ni esa pastdan yuqoriga spiralsimon 
harakat bilan tozalanadi.Tishni ko’ndalangiga tozalash tavsiya etilmaydi, chunki 
bunda tishning milk yaqinidagi emali tezroq ko’chishi va tish nervlari sezgir bo’lib 
qolishiga olib keladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin