O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi


Mutloq  – hattoki resurslarga ega bo’lmagan hukumat ham bolalar huquqlarini  himoya qilish harakatlarini bajaradi.  4.  Yaxlit



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Mutloq 
– hattoki resurslarga ega bo’lmagan hukumat ham bolalar huquqlarini 
himoya qilish harakatlarini bajaradi. 
4. 
Yaxlit 
– barcha huquqlar bo’linmaydigan, o’zaro bog’liq va bir xil 
qimmatliligini ta'kidlaydi. 
Konventsiyani yaratish sabablari

1. Aksariyat jamiyatlarda maxsus bolalar huquqlariga doir yuridik yoki ijtimoiy 
tuzilmalar mavjud emas. 
2. Har qanday jamiyatning kelajagi bolalarning sog’lom rivojlanishi bilan 
ta'minlanadi. 
3. Kattalarga nisbatan bolalar hayot sharoitlariga ko’proq zaif bo’lishadi. 
4. Aholining boshqa yoshdagi guruhlariga nisbatan bolalar hukumat harakati yoki 
faoliyatsizligi ta'siriga ko’prok uchraydi. 
5. Bolalar ovoz berishmaydi va siyosiy ta'sirga ega emas, shuningdek iqtisodiy 
qudratdan (hokimlikdan) mahrum. 
6. Bolalar ko’proq ekspluatatsiya va yomon muammolarga duch kelishadi. 



7. Ko’pgina jamiyatlarda bolalar o’z ota-onalarining mulki va ular o’sish davrida 
bo’lganliklari sababli jamiyatga o’z hissalarini qo’shishga hali tayyor emas degan 
fikr tarqalgan. 
Konvensiya tamoyillari (prinsiplari): 
Konvensiya 4 asosiy tamoyilga asoslanadi. Birinchi ikki tamoyil barcha 
insonlarga tegishli bo’lib, konvensiya ularning bolalarga munosabatini ta'kidlaydi. 
Ikkinchi ikki tamoyil esa aynan bolalarga tegishlidir. 
1. Bolalar irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa bir e’tiqodlari, 
milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, moddiy ahvoli, salomatligi yoki tug’ilish 
holatlariga qarab, ota-onasi yoki qonuniy vasiylari yoki biron-bir boshqa sharoitlar, 
holatlar bo’yicha kamsitilishi mumkin emas. 
2. Bolalar yashashga va barkamol rivojlanishga, ya'ni jismoniy, ruhiy-ijtimoiy
emotsional aqliy, ijtimoiy va madaniy rivojlanish huquqlariga ega. 
3. Bola yoki bolalar, shu jumladan guruhga dahldor barcha qarorlar yoki 
harakatlarda birinchi navbatda bolaning manfaatlarini hisobga olish lozim. Bu 
qaror hukumat, ma'muriyat yoki sud organlari, yohud oila tomonidan qabul 
qilinishidan qat'iy nazar odilona hisoblanadi. 
4. Bolalarga o’zlarining hayotiga tegishli barcha masalalar yechimida ishtirok etish 
imkoniyatini berish va o’z fikrlarini ifodalash erkinligini ta'minlash zarur. Bolalar 
o’zlarining fikrlarini eshitishlarini va jiddiy tarzda inobatga olinishi huquqiga 
egadirlar. 
Konvensiyani qabul qilingan davlatlar barcha bolalarga nisbatan inson 
huquqlarini amalga oshiris xilini ta'minlashga mas'uldirlar. BMTning bola 
huquqlari bo’yicha qo’mitasi bolalar huquqlari nazariyasi va amaliyoti bo’yicha 10 
ta mustaqil ekspertlar tarkibidan iborat saylanma xalqaro organ konvensiyaning 
amal qilinishini kuzatib boradi. Konvensiya ratifikatsiyalangandan 2 yil keyin 
davlatlar qo’mitaga doklad tagdim etishadi, so’ngra bunday dokladlar har besh 
yilda taqdim etiladi. Dokladlarni tayyorlashda davlatlarga tegishli milliy 
assotsiatsiyalar bilan maslahatlashish taklif etiladi. Qo’mita yiliga 3 marta 
Jenevada dokladlarni hamma oldida ko’rib chiqish uchun yig’iladi. Qo’mitaning 
fikr-mulohazalari va tavsiyalari jamoatcxilik o’rtasida keng tarqatish uchun 
mo’ljallangan bo’lib, davlatlarda bolalar hayotini muntazam yaxshilash borasida 
muhokama va munozaralar uchun asos bo’ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin