O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi


 yoshli bolalar bilan mashg’ulot



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

3 yoshli bolalar bilan mashg’ulot: 
3 yoshdan boshlab so’zlarni tushunishini ,ravshan va ta'sirchan fikrlashni 
rivojlantirish maqsadida quyidagilar zarur: yangi va murakkab predmetlar, 
harakatlar, suratlar, gap orqali tushuntirish bilan uyg’un holda ko’rsatish, bola 
ta'surotini boyitish , ko’rgazma obrazlarsiz og’zaki nutqga o’rgatish, qisqa og’zaki 
hikoyalarni, she'rlarni eshitish, faol nutqni rag’batlantirish uchun gaplar tuzib 
gapirishni, so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishni va so’zlarni jumlalarga moslab so’z
oxirlarini o’zgartirish, bolada tovushlarni ifodalashni rivojlantirishni davom ettirish, 
qo’shiqlarga qo’shilib ashula aytishga o’rgatish, bolaning fikrini gapirishni , o’z 
ta'surotlarini so’z bilan ifodalashni, savollarga javob berishni, kattalar va yoshi 
kattaroq bolalarga taqlidiga asoslangan syujetli o’yinlarni rivojlantirish bolaning 
o’yindagi tashabbusini rag’batlantirish zarur. So’z boyligi 1200-1500 tagacha 
yetadi. 
Tavsiya qilinadigan o’yinchoqlar va qo’llanmalar ikki yoshdagi bolalar uchun 
bo’lganidek, ammo murakkabroq- turli o’lcham va shakldagi qurilish materiallari, 


50 
o’yinchoq mebel va idish tovoqlari, kiyim ashyolari- ro’molchalar, 
fartuklar,murakkabroq suratlar va kitoblar, naqsh tikish buyumlari. 
Ikki-uch yoshli bolalik davrida quyidagilarga ahamiyati berish kerak : 
1.Kattalarga halaqit bermasdan, mustaqil ravishda mashg’ulot bilan shug’ullanish: 
o’yinchoqlarni tartibli saqlash, ularni ehtiyotlash, bir-biri bilan o’ynash 
ko’nikmalarini hosil qilish; 
2.O’z-o’ziga xizmat qilish va o’zaro yordam berishga o’rgatish; 
3.Qiziquvchanlik, jasurlik, qat'iylik, to’siqlarni yengib o’tishga intiluvchanlik, 
boshlangan ishni oxiriga yetkazishni rivojlantirish. Hech bir ko’nikma bolada o’z- 
o’zidan hosil bo’lmaydi, ko’p narsa atrofidagi sharoitga, mashqqa, kattalarning 
sezgirligiga, bamaylixotirligiga, muomalasiga, chidam va bosiqligiga bog’liq 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin