qilish. Parhez taomlar. Idish tovoqlarni yuvish va dezinfeksiya qilish. Mavzuning maqsadi: 1.Kasalxona sharoitida bolalarni ovqatlantirish .
2. Tabiiy ,sun'iy, aralash ovqatlantirish to’g’risida tushuncha.
3.Parhez taomlar to’g’risida talabalarga tushuncha berish va uni amaliyotda
qo’llash.
Vazifalari: 1. Og’ir kasallarni, erta yoshdagi bolalarni ovqatlantirishda hamshira va ovqat
tarqatuvchining vazifalarini o’rgatish.
2. Shifoxona davolash bo’lim oshxonasiga hamda, ovqat tarqatuvchi xodimga
bo’lgan sanitar gigiyenik talablarni o’rganish.
Talaba bilishi kerak. 1.Tabiiy ,aralash va sun'iy ovqatlantirish to’g’risida tushunchani.
2.Fiziologik va parhez taomlar haqida tushunchani.
3.Kasal bolalarga parsionnik tuzish qoidalarini.
4.Har xil yoshdagi bolalarni ovqatlantirish vaqtlarini.
5.Ovqat tarqatish va og’ir kasallarni, erta yoshdagi bolalarni ovqatlantirishda
hamshira va ovqat tarqatuvchining rolini.
6.Shifoxonani davolash bo’limi oshxonasiga hamda, ovqat tarqatuvchisiga
qo’yiladigan sanitar gigiyenik talablarni.
7.Qoldiqlarni yig’ish va yo’qotish, idish tovoqlarni yuvish va dezinfeksiya qilish
qoidalarini.
8.Kasal bolalarga qarindoshlar tomondan olib kelingan oziq ovqatlarni olish,
saqlash va berish qoidalarini
9.Tabiiy ovqatlantirishda qo’shimcha ovqatlarni kirgizish qoidalarini.
10.Butilka va so’rg’ichlarni sterilizatsiya qilish usullari: saqlash va ishlatish
qoidalarini.
Talaba qila bilishi kerak. 1.Ovqat tarqatish xonasiga oshxonadan ovqat olib kelishni.
2.Ovqat tarqatuvchisi ishini ta'minlash va qoidalarga rioya qilishni
3.Kasal bolalarga belgilangan parhez ovqatni berish tartibini boshqarish va shunga
rioya qilish;
4.Kasal bolalar qarindoshlar tomondan olib kelingan ovqatni qabul qilib olish va
tarqatish
5.Erta yoshdagi bolalarni ovqatlantirish va og’ir kasallarga suv ichirish.
6.
Idish tovoqlarni yuvish va dezinfektsiya qilish; qoldiqlarni yig’ish va
yo’qotishni, butilka va so’rg’ichlarni sterilizatsiya qilish
7.
Ona bilan tabiiy ovqatlantirish qoidasi haqida gaplashish, ko’krak bilan
boqish texnikasi.
8.
Bolalarni butilkadan sut aralashmasi bilan boqish, ovqatni qoshiq bilan
berish.