O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi


Bolani birinchi yilida ovqatlantirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Bolani birinchi yilida ovqatlantirish. 
Ko’krak bilan ovqatlantirish

Bola hayotini birinchi olti oyi mobaynida ko’krak suti bilan boqish tabiiy 
ovqatlantirish deyiladi. Ona suti bolaning birinchi oyida eng qimmatli va 
almashtirib bo’lmaydigan ovqat hisoblanadi, bolani yaxshi rivojlanishi uchun
hamma talablarga javob beradi. Oqsil, yog’ va uglevodlar nisbati ko’krak sutida 
ularni yaxshi o’zlashtirilishiga va so’rilishiga xizmat qiladi. Sog’lom tug’ilgan 
bolani tug’ilishi bilan ko’krakka qo’yiladi. (yarim soat ichida). Bolani kindigi 
kesilmasdan avval qoringa shunday yotqiziladiki,bunda bola terisida saprofit 
mikroflar hosil qilish va birinchi ovqatlanish refleksini tug’dirishi uchun. Bola o’zi 
ko’krakka intilib,onani emadi.Bola emizilganda uning ichaklariga laktabakteriyalar 
va ona sutidagi himoya moddalari tushadi.Bolani birinchi 6 oylikkacha faqat 
ko’krak suti bilan boqiladi. Shuning uchun ona har doim bola oldida bo’lishi kerak. 
Ko’krak suti bilan boqishning 10 ta tamoyili. 
1.Ovqatlantirish qonun qoidalarga qat'iy ravishda rioya qilish va buni tibbiyot 
xodimlari va onalarga yetkazish. 
2.Tibbiy xodimlariga ko’krak bilan emizish qoidalarini o’rgatish 
3.Ko’krak bilan boqish afzalliklari haqida homilador ayollarga va onalarga 
ma'lumot berish 
4.Tuqqan onalarga 30 daqiqa davomida ko’krak bilan boqish uchun yordam berish 
5.Onalarga ko’krak sutni qanday qilib sog’ilishini va laktatsiya jarayonini 
saqlashni o’rgatish. 
6.Tibbiy ko’rsatmalaridan tashqari yangi tugilgan bolalarga boshqa ovqat va 
suyuqliklar, ko’krak sutidan tashqari berilmaydi. 7 kun davomida ona va bolani 
bitta palatada joylashishni tashkil qilish 
8.Ko’krak yoshdagi bolani xoxishi bo’yicha emiziladi. 
9.Bolani tinchlantiruvchi ona ko’kragini o’rnini bosuvchi narsalar taqiqlanadi 
(so’rg’ich, butilkalar) 
10.Ko’krak suti bilan boquvchi onalar to’garagini tashkil qilish.Homilador 
ayollarni va tug’ruqxonadan chiqqan ayollarni to’garakka jo’natish. 
Angliya va Avstraliya shifoxonalarida chala tug’ilgan va kam tana vaznli 
bolalarni boqish uchun maxsus dastur «Kengru» metodi ishlab chiqilgan, bunda 
bola har doim ona oldida bo’lib, o’zi ko’krakka tomon harakat qiladi, ona 
issiqligini tuyadi.Onaning g’amxo’rligi va e’tiborlikligi tufayli bola hayotining 
davomiyligi ortadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin