O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Pulsni aniqlash: 
Puls deb tomir urishi yurak qisqarishi natijasida qon tomirlarning ritmik 
tebranishlariga aytiladi.Chap qorincha tomonidan aortaga ritmik haydaladigan qon 
arterial oqim ichida tebranishlar hosil qiladi va arteriyalar devorining cho’zilishiga 
va kuchayishiga olib keladi. Bu qon tomirlarining yurakdan haydaladigan qon 
harakatiga mos tebranishidir.
Puls normada 1 daqiqada 60- 80 gacha o’zgarib turadi.Pulni tezligi yoshga, 
jinsga, tana va tashqi muhit haroratiga, jismoniy harakatlarga bog’liq bo’ladi.Eng 
katta puls bola hayotining dastlabki yillarida kuzatiladi.Bolani yoshiga qarab puls 
sonini o’zgarishi: 
-Chaqaloq bola 120- 140 ta 
-Ko’krak yoshidagi bola 120ta 
-5 yosh 100ta 
-10 yosh 85ta 
-12 yosh 80ta 
-15 yosh 70-75ta 
Pulsning arteriyalar yuza joylashgan va bevosita palpatsiya qilish qulay 
joylarda tekshiriladi.Bu sohalarga bilak arteriyasi,chakka arteriyasi,uyqu , 
son ,taqim arteriyalari kiradi. Eng ko’p aniqlanadigan soha bilak arteriyasi 
hisoblanadi. Puls odatda bilakni kaft yuzasida, birinchi barmoq asosida 
aniqlanadi.Muskullar va paylar halaqit bermasligi uchun bemor qo’lini bo’sh 
qo’yishi kerak. Dastlab pulsni ikkala qo’lda aniqlash kerak, faqat bir biridan farq 
qilmagandagina keyinchalik bitta qo’lda aniqlanadi.Bolaning qo’lini yelka 
suyagidan ushlab, 2-3 barmoqlar bilakka qo’yilib, sekin bosiladi, yostiqcha bilan 
siqilib barmoqlar bilan esa tomirning urishi ya'ni puls topiladi. Pulsni tezligini bir 
daqiqa davomida aniqlash kerak. 


88 
Agar puls urishi ma'lum bir vaqt ichida, bir xil tezlikda ursa bu puls ritmik 
/to’g’ri/ deyiladi. Aksincha bo’lsa u noto’g’ri yoki aritmik puls deyiladi. Hamshira 
aritmik va soni o’zgargan pulsni sezib qolsa darhol shifokorga xabar berishi kerak. 
Pulsni tezlashishi- taxikardiya, sekinlashishi- bradikardiya deyiladi. Puls 
ma'lumotlari harorat varag’iga yoziladi,grafik chiziladi, bunda har bir tekshirilgan
puls sonini nuqta bilan belgilanib, ularni hammasi to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi 
va bemorning statsionarda yotgan paytidagi pulsining soni grafigi aniqlanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin