89
suv sepish kerak,burniga nashatir spirti, odekolon yoki uksusda namlangan paxtani
hidlatish , ho’llangan qo’l yoki sochiq bilan yuziga urish kerak.Bemor o’ziga
kelganda oyoq qo’llariga grelkalar qo’yish va adyol bilan o’rash, issiq choy yoki
kofe berish, toza havo kirishini ta'minlash lozim. Bu tadbirlar yordamida ko’pgina
hollarda bemorni hushiga keltirish mumkin.
Kollaps.
Qon tomirlar yetishmovchiligini og’ir shakli bo’lib, bosh miyaning qon
bilan ta'minlanmay qolishi natijasida uzoq vaqt hushdan ketish, arterial qon
bosimini hamda pulsni keskin kamayishi, oyoq qo’llarning muzlashi, sovuq ter
bosishi, terini oqarib ketishi bilan kuzatiladi. Kollaps og’riq va intoktsikatsiyalar
bilan o’tadigan kasalliklar (tiflar, zotiljam, ovqat toksikoinfektsiyasi, o’tkir
panreatit, peritonit) dan keyin uchraydigan asoratdir. Shuningdek og’ir shokda,
ko’p qon yo’qotishda ham kuzatiladi. Kollapsda tezlik bilan shifokorni chaqirish
kerak. U kelgunga qadar bemorni oyog’ini ko’tarib yotqizish kerak, chunki bosh
miyaga havo kelishi faollashadi, toza havo kirishini ta'minlash , oyoqlariga issiq
grelkalar qo’yish, bolan o’rab quyish kerak. Zarurat bo’lganda kislorod berish,
noradrenalin, gidrokortizon yoki prednizolon tayyorlash, yurak glikozidi va vena
ichi in'yektsiyasi uchun sistema tayyorlash kerak.
Dostları ilə paylaş: