O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

OSHQOZONNI YUVISH. 
Oshqozonni yuvish davolash va tashxis qo’yish , oshqozondagi sifatsiz 
oziqlar, sxilliqni, zaharni chiqarib yuborish maqsadida qo’llaniladi. Oshqozonni 
yuvish uchun : 1-1,5 m li yo’gon zond uchi varonkasimon , suvli yoki dorili 
( natriy gidrokarbonatning 2%li eritmasi, xona haroratida och rangli kaliy 
permanganat eritmasi ) krujka, hamda bemor uchun fartuk, suvni qo’yish uchun 
chelak,perchatka,10-12 litrgacha suv kerak bo’ladi.
Hamshira bolani qo’liga olib, uni klenka yoki choyshabga o’rab, uni 
oyoqlarini o’zining oyoqlari orasida qisib, boshini yelkaga qo’yib mahkam 
ushlaydi,keyin shpatel bilan og’zini ochib tezlik bilan zondni til ildiziga qo’yib , 
bemordan bir necha marta yutinishini so’raydi va zondni qizilo’ngachga itarib 
yuboradi. Zond halqumga kelganida bemor yo’talishni boshlaydi, bo’g’iladi, 
ko’karadi, ovozi yo’qoladi,qusish harakatining to’xtashi zond oshqozonda 
ekanligidan dalolat beradi. Varonkani bemorning tizzasi bilan baravar qo’yiladi. 
Keyin unga suv quyib, og’izdan yuqoriga ko’tariladi va oshqozonga suyuqlik 


97 
yuboriladi. Suv varonkani bo’yniga yetganida,uni bemorning tizzasidan pastgi 
tushiriladi va oshqozondagi moddalar tog’orachaga qaytib tushadi. Muolajani 
tog’orachaga toza suv tushgunga qadar qaytariladi. Oshqozonni tozalash 
tugatilgandan so’ng varonka olinadi va tezlik bilan zond chiqariladi. 
Bolani hazm qilish a'zolari kasalliklari tekshirishni o’ziga xos xususiyatlari 
bor. Bola va onadan so’rash, bunda bemornning shikoyatiga, uning qachon kasal 
bo’lganligiga , kun tartibi va ovqatlanishiga e'tibor qaratish lozim. 
Ko’rik paytida bolaning umumiy holatiga baho berish lozim, og’iz bo’shlig’ini 
sxilliq qavatiga, uning namligiga, toshmalar va boshqa o’zgarishlarga e'tibor berish 
kerak. 
Lab ko’rilganda–og’iz burchaklaridagi yoriqlar, uchuqlarga e'tibor 
qaratamiz.Lablarda yoriqlar paydo bo’lganda og’iz atrofidagi teri suv yoki 
antiseptik eritma bilan yuvib, quruq qilib artiladi.Steril salfetkaga shpatel 
yordamida yumshatuvchi krem yupqa qilib surtilib,ketma-ket tepa va pastki lab 
artiladi. Yoriqlarga tegishga ruxsat etilmaydi va har qanday yarani qo’l bilan tegish 
yoki olib tashlash mumkin emas. Uchuq chiqqanda uchuqqa qarshi preparatlarni 
qo’llash kerak. 
Emizikli bolalarda stomatit paytida og’iz bo’shlig’ini sxilliq qavatini
tozalash rezinali ballon yoki paxtali tampon yordamida amalga oshiriladi. Bir 
necha marta kaliy permanganat eritmasi yoki 2 foizli perekis vodorod 
eritmasi( katta yoshli bolalar faqatgina og’zini shu eritmalar bilan chayishi kerak.)
bilan tozalab, keyin esa 1 foizli metil ko’kining suvli eritmasini surtiladi. Agar 
bolada aftozli yoki yarali stomatit bo’lsa, uni darhol alohida ajratish lozim, unga 
alohida idishlar, o’yinchoqlar, tozaligiga qarash, ularni tez- tez dezinfeksiya qilish 
kerak. Molochnitsa bo’lganda og’iz bo’shlig’ini 2% natriy bikarbonat eritmasi 
bilan artiladi. Bundan tashqari 20 % glitserinli bura eritmasi bilan ham artish 
mumkin, hamda 100% li qand eritmasidan foydalansa bo’ladi. 
Rentgenologik tekshiruv ko’p kasalliklarga tashxis qo’yish usullaridan biri 
hisoblanadi.Oshqozon ichak traktini rentgenologik tekshiruvi uchun bemorni 
tayyorlash zarur. Bir kun avval ovqat tarkibidan sabzavotlarni, mevalarni , qora 
nonni , kashalarni cheklab qo’yiladi. Tekshiruvga 14 soat qolganida bemor 
ovqatlanishni to’xtatishi kerak. Kechqurun yotishdan avval tozalovchi huqna 
qilinadi, ertalab tekshiruvga 2- 3 soat qolganida huqna takrorlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin