O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Talaba bajarishi kerak. 
1.Ichilgan va chiqarilgan suv miqdorini kuzatishni 
2.Buyrak va siydik chiqaruv yo’llari kasalliklari bilan og’rigan bolalarni 
ovqatlantirishni 
3.Buyrak sanchig’ida, siydik to’xtab qolganida, gipertoniyada birinchi yordam 
ko’rsatishni 
4.Bolalarning siydigini yig’ish: umumiy analiz uchun, Zimnitskiy probasiga, 
Addis-Kakovskiy probasiga, Nechiporenko va Amburje, bakteriuriyaga.
5.Siydik yig’uvchi asbobni berish va dezinfeksiya qilish. 
6.Siydik qopiga yumshoq kateter yuborishni 
7.Siydik to’xtab qolganida va anuriyada yordam ko’rsatishni 
8.Siydik tuta olmaslik kasalligida parvarish qilishni 
9.Bemorni rentgenologik tekshiruvga tayyorlash qoidalarini 
10.Vena ichi urografiyasini o’tkazishda organizmning ta'sirchanligini aniqlash va 
tekshirishni. 
Muhokama etiladigan savollar . 
Asosiy bilimi bo’yicha: 
1.Siydik chiqaruv a'zolarining tuzilishi va vazifasi. 
2. Siydik chiqaruv a'zolarining kasalliklarida asosiy shikoyatlar. 
Mashg’ulot mavzusi bo’yicha. 
1.Bolalarda buyrak va siydik chiqaruv yo’llari jarohatining asosiy belgilari.
2.Buyrak va siydik chiqaruv yo’llari kasalliklari bilan og’rigan bolalarni parvarish 
qilish va suv- tuz rejimi. 
3.Bolalarni siydik to’xtab qolganida va siydik tuta olmaslikda parvarish qilish. 
4.Bolalarni turli xil siydik kasalliklarida siydigini tekshirish. 
5.Siydik hosil qiluvchi va siydik chiqaruv a'zolarining tekshiruvlariga bemorni 
tayyorlash va parvarish qilishda hamshiraning vazifalarini o’rganish. 


101 
MAVZUNING MAZMUNI 
Peshob hosil qilish va ajratish organlariga 2 buyrak, 2 siydik nayi, qovuq va 
siydik chiqarish kanali kiradi. Buyrak qonni filtrlaydi va uni shlaklardan tozalaydi. 
Buyrakning asosiy vazifasi siydik hosil qilishdir. Bir kecha kunduzda odam 
tomonidan ajratiladigan siydikning umumiy miqdori o’rtacha 1,5 l tashkil etadi. 
Siydik miqdori atrof muhitning temperaturasiga, icxilgan suv miqdoriga bog’liq 
bo’ladi. 
Buyrak kasalliklari ichki organlarning eng og’ir kasalliklari qatoriga kiradi 
va ko’pincha og’ir asoratlarga olib keladi.Shuning uchun tibbiyot hamshirasi 
kasalliklarning asosiy belgilarini ularning asoratlarini bilishi kerak va 
shifokorgacha bo’lgan yordamni ko’rsata olishi kerak.Buyrak kasalliklarinig asosiy 
simptomlari shish paydo bo’lishi, arterial bosimning oshishi, siydik rangini 
o’zgarishi,peshob ajratayotgan paytda og’riq va achishish xisini bilishi, bel 
sohasidagi og’riqlar hisoblanadi.O’z vaqtida va zarur yordam ko’rsatish 
hamshiraning mana shu kasalliklarni klinik belgilarini to’liq o’rganib olganligiga 
bog’liq. Buyrak va siydik chiqaruv yo’llari kasalliklarining asosiy belgilari 
quyidagilar: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin