SHISH PAYDO BO’LISHI – buyrak kasalligiga aloqador, birinchi navbatda
siyrak teri osti kletchatkasi bo’lgan joylarda hosil bo’ladi, qovoqlarda, yuzda, og’ir
hollarda esa butun tanada, shish tepadan pastga qarab tarqaladi.
BUYRAK SOHASIDA OG’RIQ -pielonefritda, buyrak tosh kasalligida
paranefritda ko’proq uchraydi. Buyrak tosh kasalligida bel atrofida kuchli og’rik
paydo bo’lishi buyrak sanchig’i deb ataladi.Qovuk sohasida og’riq qovuq
yallig’lanishida uchraydi/sistit/.Buyrak sanchig’i xuruji belning shikastlangan
tomonida kuchli og’riq bilan kechadi.Og’riq juda kuchli bo’lib,bemor o’zina
qo’yishga joy topolmaydi,o’zini har tomonga urib,karavotda dumalaydi.Ba'zan
xuruj siydikda qon paydo bo’lishi bilan kechadi.Buyrak sanchig’ida birinchi
yordam zudlik bilan shifokor chaqiriladi,bel sohasiga issiq grelka qo’yish, issiq
vannalar qilish,vanna issiqligi bola chidaguncha isitiladi (40
0
C oshmasligi kerak).
Siydikning miqdori,tiniqligi,rangini,aralashmalar mavjudligini aniqlash zarur.
Siydik chiqarishning buzilishi. Siydik miqdori buyrak va siydik yo’llarining turli kasalliklarida har tomonga
o’zgarib turishi mumkin, goh ko’payib, goh kamayib hattoki umuman ajralmay
qolishi mumkin.Siydik normal hosil bo’lib turganida ham qovuqda, siydik yo’lida
ushlanib qolishi mumkin./retensiya/. Bunda qovuq to’lgan, kasal o’z xohishi bilan
yozila olmay qoladi.
Siydikning miqdori ko’payib ketishi
poliuriya deyiladi.
Bu holat suyuqlik ko’p iste'mol qilganda, qandli va qandsiz diabetda, siydik
haydovchi dorilar iste'mol qilganda , ovqat bilan kam oqsil va tuz iste'mol
qiladigan kuchsizlanib qolgan bolalarda uchraydi.
Siydik miqdori kamayib ketishi
oligouriya deyiladi.Bunda siydik miqdori
sutkalik peshob miqdorini 1/'4 qismini tashkil qiladi.Oligouriya buyrak
yetishmovchiligida,ko’p suyuqlik yo’qotganda,shishlarda kuzatiladi.