O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Tana haroratini o’lchash. 
1.Qo’lni sovun bilan yuviladi va quritiladi. 
2.Tibbiy termometr, sochiq, harorat varag’i, dezinfeksion eritma tayyorlanadi. 
3.Bemorga muolaja haqida tushuntiriladi. 
4.Bemorni qulay holda joylashtiriladi. 
5.Termometr ko’rsatkichini 35 
0
C gacha silkitib tushiriladi. 
6.Harorat o’lchanadigan soha tozalanadi (quruq qilib artiladi). 
7.Termometrni qo’ltiq ostiga qo’yiladi, simobli qismi tanaga mahkam yopishishi 
kerak. 
8.Termometrni 10 daqiqadan so’ng olinadi. 
 
Sun'iy nafas berish. 
1. Bolani qattiq joyga orqasi bilan yotqiziladi. 
2.Ko’krak qafasini siquvchi kiyimlarni ecxiladi. 
3.Bemor boshini maksimal orqaga qilib yotqiziladi. 
4.Qo’l yoki salfetka yordamida yuqori nafas yo’llarini tozalanadi. 
5.Ogizga doka yoki dastrumolcha qo’yiladi. 
6. Bir qo’lni peshonaga, bittasini bo’yinga qo’yish kerak. 
7.« Ogizdan ogizga» usulida sun'iy nafas olishda chuqur nafas olib, ogizni bola 
ogziga jipslashtirib nafas chiqariladi, bunda burunni 1,2 barmoqlar bilan qisish 
kerak. 
8.« ogizdan- burunga» sun'iy nafas oldirishda havoni burun yollariga puflanadi. 
9.Chaqaloqlarga bir daqiqada 40 marta puflanadi, katta yoshli bolalarga esa 20 
marta puflanadi. 
Pulsni аniqlash. 
1. Qo’l sovun bilan yuviladi va quritiladi. 
2.Sekundomerli soatni tayyorlanadi. 
3.Bemorga qulay holat beriladi, ya'ni o’tiradi yoki yotgan holda bo’ladi. 
4.O’ng qo’lni bosh barmog’i kaftni orqa tomoniga,2,3, 4 barmoqlar bilan bilak 
arteriyasini topish va uni sekin bosishi kerak. 
5.1 daqiqa davomida pulsni sanaladi. 
6.Pulsni sanab kasallik tarixiga kiritiladi . 
 
Yurakni yopiq massaj qilish. 
1.Bolani qattiq joyga yotqiziladi. 
2.Hamshira yoki shifokor bolani yon tomoniga turadi. 
3.Bir qo’lni ko’krak qafasini pastki uchdan bir qismiga qo’yiladi, boshqa qo’lning 
kafti bilan ko’krak qafasini 3-4 sm bosiladi (katta yoshli bolalarda). 


115 
4.Chaqaloqlarda ikki qo’lning bosh barmoqlari bilan yoki bir qo’lning ko’rsatish 
va o’rta barmoqlar bilan 1-2 sm bosiladi. 
5.Chaqaloqlarda 1 daqiqada ko’krak qafasiga bosish 100-150 marta , katta yoshli 
bolalarda esa 70 martadan oshmasligi kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin