118
Vena ichiga in'yeksiya qilish texnikasi
1.Bemorning tirsak ostiga klenka yostiq qo’ying (tirsak tomirining maksimal
darajada taranglashuvi uchun)
2.Yelkaning 1/3 qismining o’rtasiga rezinali jgut qo’ying, bunda nursimon
arteriyada puls o’zgarmasligi kerak. Jgutni boylang va uning bo’sh oxirlari tepaga,
bog’langan joyi esa pastga qaraganligiga e'tibor bering. Agar nursimon arteriyada
puls tezlashsa jgutni ozgina bo’shating. Agar bilak venasi bilinmasa, jgutning
pastki qismi ko’karib qizarib turmasa jgutni mahkamroq boylash kerak. Oxirgi
vaqtlarda jgutni o’rnini bosuvchi maxsus yopishuvchi
yoki ilmoqchali manjetlar
chiqarilmoqda.
3.Bemordan bir necha marta mushtini siqib bo’shatishini so’rang, shu bilan
birga uning bilak sohasini (tozalangan ) spirtda namlangan paxta
bilan arting va
qo’lni chetdan markazga harakatlantiring.
4.Shprisni oling, ko’rsatkich barmoqda ignaning kanyulasini, qolgan barmoqlarda
esa shprisning silindrini ushlang.
5.Shprisda havo yo’qligini va ignaning o’tishini tekshiring (agar shprisda ko’plab
mayda pufakchalar bo’lsa, shprisni silkiting va hamma pufakchalar birlashib bitta
katta pufakka
aylanadi, uni esa ignadan osonlikcha chiqarib yuborish mumkin.)
6. Chap qo’lingiz bilan tirsak bukilmasidan torting, biroz periferiyaga eging,venani
fiksatsiya qilish uchun.
7.Qo’lda shprisni holatini o’zgartirmasdan, ignani yuqoridan ushlab turib, teriga
parallel holatda
teriga ukol qiling, ehtiyotlik bilan ignani 1/3 qismini kiriting, igna
venaga parallel holatda tursin.
8. Chap qo’l bilan venani ishga tushurib turib , sekin igna yo’nalishini o’zgartiring
va venani astalik bilan
punksiya qiling, bo’shliqqa tushganini sezgunga qadar.
9. Igna venada ekanligiga ishonch hosil qiling; porhenni o’zingizga torting
shprisda qon paydo bo’lishi kerak.
10. Chap qo’l bilan jgutni eching, bir chetidan asta tortib oling va bemordan
mushtini bo’shashtirishini so’rang.
11.Shprisni holatini o’zgartirmasdan chap qo’l bilan porshenni bosib dorini
sekinlik bilan yuboring, shprisda 0,5-1ml olib qoling.
12. In'yeksiya joyini spirtli paxta bilan bosing va ignani asta torting.
13.Bemordan qo’lini 5 daqiqaga bukishni so’rang (paxtali tampon in'yeksiya
joyida qolsin).
Dostları ilə paylaş: