16
vannalar qabuli, to’shak jildilarini o’z vaqtida almashtirilishini kuzatish, parvarish
va davolash uchun bemorlarga o’z vaqtida zarur ashyolar bilan ta'minlash haqida
qayg’urish, bemorlar orasida sanitar -oqartuv ishlarini olib borish.
6. Og’ir bemorlarga yuvinishda,
ovqatlantirishda, suv ichishda yordam berish,
zarurat tug’ilganda og’iz, ko’z, burunlarni yuvish, yotoq yaralarni paydo bo’lishiga
yo’l qo’ymaslik kerak. Bemorlarni transportirovkasini ta'minlash zarur.
7. Shifokor ko’rsatmasiga ko’ra tahlil uchun material yig’ish (siydik, najas,
balg’am, va h.k). Ularni laboratoriyaga topshirish va laboratoriyadan o’z vaqtida
tekshiruv natijalarini olib kasallik tarixiga yelimlab qo’yish.
8. Bemorlarni ota-onalarini va boshqa xabar oluvchilarni kichik tibbiy personal
tomonidan kasalxonaning belgilangan ichki tartib qoidalariga
amal qilishlarini
nazorat gilish.
9. Yangi kelgan bemorlarni qabulini amalga oshirish. Sanitar-ishlov sifatini
tekshirish. Yangi kelgan kasallarni ichki tartib qoidalari, kun tartibi va shaxsiy
gigiyena qoidalari bilan tanishtirish.
10. Bemorlar tomonidan ular uchun belgilangan ovqatlanish tartibiga rioya gilish,
bolalar uchun uylaridan keltirilayotgan mahsulotlarni
saqlash muddati va shartiga
ularning assortimentini kuzatib borish, shifokor ko’rsatmasiga muvofiq
talabnomalar tuzish va ularni katta hamshiraga berish
11. Tibbiyot va xo’jalik
jihozlarini, dorilarning to’g’ri saqlanishini ta'minlash,
noto’g’ri holatlar haqida katta hamshirani ogohlantirish.
12. Tibbiyot hamshirasi shifokor ko’rsatmasiga ko’ra mijozlarning o’z vaqtida
rentgen va boshqa tekshiruvlarga yuborish, maxsus xonalardan kasallik tarixini
(tekshiruv va muolajalardan) qaytib kelishini ta'minlash.
13. Navbatchilikni topshirish va qabul qilish.
Dostları ilə paylaş: