O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Mavzuning mazmuni. 
Bolalar muassasasi xodimlarini shaxsiy gigiyenasi

Tibbiyot hamshirasi tibbiyot axloq va odob qoidalarga ega bo’lishdan 
tashqari, yuksak sanitariya gigiyena madaniyatini ham o’zida mujassamlagan 
bo’lishi kerak. Tibbiyot hamshirasini o’zi shaxsiy gigiyena qoidalarga rioya qilib, 
farosatli hayot kechirishi, sog’lig’ini saqlashi va ko’tarinki ruhda yurishi, uning 
ishi uchun zarurdir. Tibbiyot xodimining fe'l – atvori va xulqiga chekish, spirtli 
ichimlikni is'temol qilish va boshqa zararli odatlarga o’rganish mutlaqo yotdir. 
Pardoz - andozlar me'yoridan ortiqcha bo’lmasligi kerak. 
Shaxsiy gigiyenani saqlashni shaxsiy va ijtimoiy ahamiyati bo’ladi. Tibbiyot 
xodimlari o’zini tutishi va tashqi ko’rinishi bilan atrofdagilarga tozalik va 
saromjon – sarishtalik timsoli bo’lishi kerak. Shaxsiy gigiyenaga qattiq rioya qilish, 
epidemiyaga qarshi tadbirlarni o’z vaqtida bajarish, bolalar o’rtasida yuqumli 
kasalliklarni paydo bo’lishiga va tarqalishiga yo’l qo’ymaydi. Shuning uchun ham 
chaqaloqlar bilan ishlovchi tibbiyot hamshiralari va oshxona xodimlari ishga 
tushishdan oldin, maxsus tibbiyot ko’rigidan, flyurografiya, tomoq va burun shilliq 
qavatlari mikroblarni laboratoriyada tekshirish, qonni zahm kasalligi (reaksiya 
Vasserman) SPIDga tekshirish va tanosil kasalliklari mutaxassisi qabulidan o’tishi 
kerak. Bunday tekshiruvlar bir yilda 2 marotaba takrorlanadi. Tibbiyot ko’riklari 
va laboratoriya tekshiruvlari natijasi har bir tibbiyot hamshirasida mavjud bo’lgan 
maxsus sanitariya daftariga yozib qo’yiladi. 
Tibbiyot xodimlarini tashqi qiyofasi katta ahamiyatga ega. Tibbiyot 
hamshirasi ozoda va saramjon- sarishta bo’lishi kerak. U rasmiy tartibdagi maxsus 
kiyimbosh kiyishi kerak: ya'ni xalat, kalpachok, maxsus oyoq kiyim - shippak
kleyonkali fartuk, niqob, rezinali qo’lqoh (O’zR SSV 600 – sonli buyruq). Tibbiyot 
hamshirasini bosh kiyimi qalpoqcha, sanitarkalar uchun peshonabog’. Bosh kiyim 
sochni berkitib turishi, xalat esa ustki kiyim, ko’ylakni butunlay berkitishi kerak. 
Xalat va bosh kiyimlar paxta tolasidan yoki kanopdan to’qilgan bo’lib, toza 
bo’lishi kerak. Oyoq kiyimi shippak bo’lib, ish vaqtida kiyiladi. Tibbiyot xodimlari 


19 
faqat charmdan tikilgan shippak kiyishlari kerak, chunki bu yurganda yengil
yumshoq bo’lib tovush chiqarmaydi va dezinfeksiya qilish oson. Xalat va boshqa 
kiyimlar maxsus shkaflarda saqlanishi kerak. 
Tibbiyot xodimlari o’z badanini toza tutishi kerak. Bir xaftada bir marotaba 
lozim bo’lsa ko’proq gigiyenik vanna olishi, bir kunda 2 marotaba yuzini va 
bo’ynini yuvishi va har kuni yotishdan oldin oyog’ini iliq suv bilan yuvishi kerak. 
Tibbiyot xodimi og’iz bo’shlig’i gigiyenasiga rioya qilishi kerak. Har safar
ovqatlangadan so’ng og’zini suv bilan chayqashi, ertalab va kechqurun esa tishni 
yuvishi kerak. Og’zida hid bilan ishga bormaslikka harakat qilishi , ertalab 
sarimsoq piyoz, piyoz va hidli taomlar iste'mol qilmaslik kerak. 
Qo’lni sovun bilan vodoprovod suvida bir kunda bir necha marotaba ertalab, 
kechqurun, ovqat yeyishdan oldin, ishni orasidagi tanaffus vaqtida yuvish kerak. 
Xojatxonadan chiqqandan keyin qo’lni 0,25% xloramin eritmasi bilan artib, sovun 
va suv bilan yuviladi. Qo’lni tirnoq ostilari tez ifloslanadi, shuning uchun tirnoqni 
tez – tez olib, barmoq oralarini yaxsxilab sovun va suv bilan yuvib turishi kerak. 
Tirnoqlar kalta qilib, chetlari egovlanib turilishi kerak. Tirnoqni to’q rangdagi lak 
bilan bo’yash tavsiya etilmaydi. Uzuk va qo’l soatlar ish vaqtida echib qo’yilishi 
kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin