Dezinfeksiya turlari
.
1.Kundalik dezinfeksiya- bemor aniqlangan xonada o’tkaziladi. Kasal atroflarini,
o’rinlarini, idish- tovoqlarni u necha kun yotsa, shuncha kun dezinfeksiya qilinib,
xastalikni tarqalishiga yo’l qo’yilmaydi. Bemorni ishlatgan narsalarini, kiyimini,
siydigini, axlatini zararsizlantiriladi. Binoni ichini dezinfeksiya qiluvchi eritmalar
yordamida ho’llab artiladi.
2.Yakunlovchi dezinfektsiya -yuqumli kasal bo’lgan xonadonda, bemor
kasalxonaga yoki boshqa yerga o’tkazilgandan keyin yoki o’lgandan keyin 12 soat
ichida o’tkaziladi.
3.Profilaktik dezinfektsiya-yuqumli kasal bo’lsa, bo’lmasa, yuqumli kasallik
chiqmasligi uchun o’tkaziladi. Masalan: har kuni derazani ochib xonani
shamollatish, ko’pchilik kirib chiqadigan joylarni profilaktik davolovchi muassasa
binolarini ichini 0,5% xlor ohagi eritmasi bilan artib chiqish, ovqat yeyishdan oldin
qo’lni yuvish, suvni qaynatib yoki xlorlab so’ng ichish va boshqalar.
Bemorni ko’rpa to’shagi.
Bemorlar xonasi, karovotlari bilan, bo’limning eng asosiy tuzilish birligi
hisoblanadi. Qabul qilingan qoidaga muovfiq har bir karovotga 6,5- 7,5m
2
polni
sathi to’g’ri kelishi kerak. Oynani polni sathiga bo’lgan nisbati 1:6 bo’lishi kerak.
Karavotlar nikellangan yoki yog’li bo’yoqlar bilan bo’yalgan bo’lishi kerak.
Bunda ularni dezinfeksiya qilish oson bo’ladi. Karavotni shunday qo’yish kerakki,
unga har tomondan borish oson bo’lsin. Karavotlar orasi 1,5m bo’lishi kerak. Bosh
qismi devor tomonda bo’lishi kerak. Karavotning sim to’ri yaxshi tarang tortilgan
bo’lib, tekis bo’lishi kerak. Misol uchun, bemorlarni umurtqasi hastalangan bo’lsa,
sim to’r o’rniga tekis taxta almashtiriladi. Sim to’r yoki taxta ustiga paxta tiqilgan
to’shak solinadi. Bolalarga esa ayniqsa u kichik yoshda bo’lsa, to’shakni otni
dumidan yoki dengiz o’tidan, parolondan qilinadi. Bolalarga yoki og’ir bemorlarga,
agar u siydigini, axlatini tutolmasa to’shak kengligida klyonka solib uni ustiga
choyshab solinadi. Albatta, choyshab yig’ilib qolmasligini kuzatib turish kerak.
Yosh bolalar yostig’ini paxtadan yoki parolondan qilish ma'qul, katta yoshdagi
bolalarga va kattalarga esa qush patidan yoki ukpardan qilinadi. Bemorlarga
albatta odeyal va choyshab beriladi. Vaqti – vaqti bilan to’shaklar, yostiqlar,
odeyallar, ayniqsa yosh bolalarniki shamollatib turilishi kerak.
Bemorni ko’rgani keluvchilarni bemor karavoti ustiga o’tirishi man etiladi.
Og’ir bemorlarni o’rni, kiyimlari har safar ovqatlangandan keyin boshqatdan, non
ushoqlarni qoqib to’g’rilab qo’yiladi.
Karavot yonida tumbochkalar turishi kerak, unda bemorlar shaxsiy
gigiyenaga tegishli narsalarni, o’yinchoqlarni, o’zini kiyimini saqlaydi. Tibbiyot
hamshirasi tumbochkaga ovqat qo’ymaslikni nazorat qilib turishi kerak.
29
Bemor kasalxonadan tuzalib chiqqandan keyin uning kiyim kechaklari
yuvish uchun kirxonaga topshiriladi, to’shak va yostiqlar quritiladi, lozim bo’lsa
maxsus kamerada san.epid.stantsiyada dezinfeksiya qilinadi.
Har 7 – 10 kunda bemorlar cho’miltirilib ustki va ichki kiyimlar,
choyshablar, yostiqlarni jildi almashtiriladi. Bolalarni, og’ir bemorlarni kiyim
kechagi iflos bo’ldi deguncha, agar lozim bo’lsa kunda bir necha marotaba
almashtiriladi.
Kiyim – kechak agar o’rnida almashtirilsa, yaxshisi bemorni kushetkaga
yotqizib so’ng almashtirish kerak. Agar bemorni ahvoli juda og’ir bo’lsa kiyim –
kechak uni yotgan joyida almashtiriladi, choyshabni almashtirish uchun bemorni
karavot chetiga ohista surib bo’sh tomonida choyshabni bintga o’xshatib bemor
tanasigacha o’rab,o’rniga yangisini solib, tekislab sekin – asta uni ustiga bemorni
aylantirib yotqiziladi va kir choyshabni olib tashlab tozasini siliqlab har tomonga
tortib qo’yiladi, eski choyshabni faqat uzunasiga emas, eniga ham yig’ish mumkin.
Bunda choyshab oyoq qismidan belga qarab va bosh tomondan belga qarab o’rib,
keyin bemorni belidan bir oz ko’tarib eski choyshab olinadi va o’rniga shunday
o’ralgan toza choyshabni qo’yib, keyin ikki tomonga oldin oyog’ini ko’tarib, so’ng
yuqori qismidan tanasini ko’tarib yoziladi. Qachonki bemor toza choyshabga
yotgandan keyin uni tortib silliq qilib, ikki tomoniga to’shak taglariga qistirib
qo’yiladi.
Bemorni albatta ko’ylagini almashtirish kerak. Og’ir kasallarni ko’ylagini
yechish uchun, tibbiyot hamshirasi, bemorni orqasiga qo’lini yuborib ko’ylagini
ko’tarib oldin bir qo’lidan keyin ikkinchi qo’lidan echib oladi. Agar bir qo’li kasal
bo’lsa, unda oldin sog’ qo’lidan, so’ng hasta qo’lidan keyin boshidan yechib
olinadi. Ko’ylakni kiygizishda oldin bemor kasal qo’liga so’ng sog’lom qo’liga
undan keyin boshidan kiygizib orqasidan tortib beliga, so’ng dumbasiga, so’ng
sonlariga tushirib tekislanadi va bukilgan joylarni to’g’rilab qo’yiladi.
Bo’limda bir kecha kunduzi yetarli kiyim – kechak bo’lishi kerak. Iflos
kiyim kechaklarni quritib yana bemorga kiygizish man etiladi. Iflos kiyim –
kechaklar yig’ilib plastmassadan bo’lgan qopqoqli baklarga yoki kleyonkadan
bo’lgan qoplarga solinib bemor xonasidan olib chiqiladi va iflos kiyimlar turadigan
xonada bikslarda yoki dokalarga o’rab saqlanadi. Katta shifoxonalarda yig’ilgan
iflos kiyim – kechaklarga maxsus ajratilgan podvoldagi xonaga, fartuk kiyib, kiyim
– kechaklarni ajratib, markazlashtirilgan korxonaga o’tkaziladi, u yerda bu narsalar
paxta tolasidan bo’lgan qoplarga solinib kir yuvish xonasiga yuboriladi va u yerdan
toza dazmollangan kiyim – kechaklar olinadi.
Kiyim – kechaklar almashtirilgandan keyin, xonalar poli va atrofdagi
narsalar 0,5 % xloramin eritmasi bilan lattalarni ho’llab artiladi. Bundan tashqari
har kuni kichik tabobat hamshirasi navbat almashishdan oldin iflos kiyim-
kechaklarni sanab, xo’jalik hamshirasiga topshiradi va tozasini oladi.
Toza kiyim – kechaklar bo’limda maxsus ajratilgan xonada, shkaflarda yoki
taxtadan qilingan tokchalarda saqlanadi. Tokchalarda kiyim – kechaklar,
choyshablar, yostiq jildlari, odeyallar va yostiqlar alohida taxlanadi. Kiyim –
kechaklarni saqlanishiga va gigiyenik holatda turishiga xo’jalik hamshirasi javob
beradi. Har kuni xo’jalik hamshirasi bir kecha kunduzga yetarli kiyim –kechakni
30
kichik tabobat hamshirasiga beradi. Bu buyumlar maxsus qulflanadigan shkaflarda
bo’limda saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |