O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi


Muhokama etiladigan savollar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Muhokama etiladigan savollar: 
Asosiy bilimlar bo’yicha: 


32 
1.Gigiyena va ozodalik 
2.Aseptika, antiseptika 
3.Dorilarni saqlash. 
Mashg’ulot mavzusi bo’yicha

1.Teri osti, teri ichi, mushak ichi va vena ichi in'yeksiyalarni o’tkazishda aseptika 
qoidalari. 
2.Teri osti, teri ichi, mushak ichi va vena ichi in'yeksiyalarni yuborish kerak 
bo’lgan tana qismlari. 
3.Dorilarni to’g’ri suyultirish qoidalari. 
4.Teri osti,mushak ichi,vena ichi inyeksiyasini yuborish texnikasi va xususiyatlari. 
Mavzuning mazmuni 
Eng muhim terapevtik tadbirlardan biri dori darmonlar bilan davolash 
hisoblanadi.Tibbiyot hamshirasining asosiy vazifalaridan biri dori moddalarini
saqlashni, bemorlarga o’z vaqtida dorilarni tarqatishi,organizmga yuborish 
yo’llarini bilishi zarur. Bu judayam katta ma'suliyatni talab qiladi, chunki bu 
ishlarni hammasi bevosita bemorlar bilan bog’liq. Hamshira bemorni hayoti va 
sog’lig’i uchun javobgarlik hissini sezishi kerak. U dorilar to’g’risida chuqur 
tushunchaga ega bo’lib (dorilarni asosiy va qo’shimcha ta'sirlarini, ishlatishga 
moneliklarni, asoratlarini) bilishi shart.Shuningdek dorilarni qanday yo’llar bilan 
yuborish va uni asoratlarida birinchi yordam ko’rsatish kerakligini bilishi 
kerak.Dorilarni effektivligini oshirish va protseduralarni og’riqsiz bajarishda 
sharoitlarni yaratish (palata havosini tozaligi, tanani to’g’ri joylashtirish
qilinayotgan ishni maqsad va usullarini tushuntirish )kerak. 
Shuningdek hamshira bemorlarga mustaqil dorilarni qabul qilish instruktaji bilan 
ham tushuntirish ishlarini olib boradi.
Dori moddalarini yuborish usullari: 
1) tashqi usul teri qoplamalari, sxilliq pardalar yoki nafas yo’llari orqali 
2) ichki(enteral) usul og’iz yoki to’g’ri ichak orqali 
3) parenterial usul me'da ichak yo’llarini chetlab, ya'ni teri osti, teri ichi, mushak 
ichi va vena ichi in'yeksiyalari orqali. 
Eng ko’p tarqalgan va effekti kuchli bo’lgan usul bu parenterial usuldir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin