O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi


Dori moddalarini parenterial yuborish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Dori moddalarini parenterial yuborish. 
Dori moddalarining parenterial yuborishning asosiy afzalliklari yuborishning 
tezligi va dozaning aniqligidadir. In'yeksiya deb, dori moddalarining shpris 
yordamida teri orasiga, teri ostiga, mushakka, va boshqa sohalarga yuborishga 
aytiladi.Bu usul aseptika qoidalariga rioya qilishni talab qiladi. Aks holda 
organizmga kasallik qo’zg’atuvchi mikroblar tushib, infeksion asoratlar 
rivojlanishiga,bu esa ba'zan o’lim bilan tugashiga olib keladi. Shuning uchun 
tibbiyot hamshirasi asboblarni sterillashdan oldin tayyorlash, o’z qo’llari va bemor 
terisiga ishlov berishi, eng muhimi esa antiseptika qoidalari , jarohatlarni infeksiya 
qo’zg’atish ehtimoli bo’lgan mikroorganizmlardan asray bilishi, in'yeksiya 
qilayotganda steril qo’lqoplarni kiyib olishi kerak.
Hamshira bemor bilan tinch va osoyishta suhbat o’tkazadi, uni har bir 
in'yeksiyaga tayyorlaydi, kasalni qulay joylashtirish, in'yeksiyani to’gri olib borish 


33 
ko’p bemorlarda in'yeksiyadan oldin paydo bo’luvchi q o’rquv va og’riqni oldini 
oladi. Bemor hech qachon in'yeksiya vaqtida turmasligi kerak, chunki bunda 
ninaning chiqib ketishi va sinishi mumkin. Bunda esa nina mushak ichkarisiga 
kirib ketishi mumkin. Bunday holatlarda ko’pincha ninani faqatgina jarrohlik yo’li 
bilan chiqarib olish mumkin. 
Bemor turgan bo’lsa, uning dumba muskullari tarang holda bo’ladi. 
In'yeksiya vaqtidagi qo’shimcha ta'sirlanish mushakning yanada tezroq 
taranglashuviga olib keladi. Bu esa igna sinib ketishiga asosiy sababdir. 
Teri orasiga in'yeksiyasi
– Teri ichiga in'yeksiyalar diagnostika 
maqsadlarida, shuningdek mahalliy og’riqsizlantirish uchun qilinadi. Bu usul eng 
«yuzaki», chunki ignani unchalik chuqur bo’lmagan holda yuboriladi. Bu 
in'yeksiyaga misol qilib maktab bolalariga ikki marta 7 va 14 yoshlarda qilinadigan 
Mantu sinamasini keltirish mumkin. Bu tuberkulyoz tayyoqchalari borligini yoki 
yo’qligini, tuberkulyoz bilan kasallanish darajasini ko’rsatib beruvchi proba 
hisoblanadi.
Tashxis qo’yish uchun 0,1 ml dan 1 ml gacha suyuqlik ishlatiladi. Ignaning 
uzunligi 10-15 mm, kesimi-0,4 mm. Tashxis qo’yish maqsadida qilingan 
in'yeksiyaning joyi – oldingi bilak yuzasi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin