O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Ishning tartibi: 
1.Avval 70% spirt yoki yod bilan namlangan paxtada yuqorigi kvadratni barchasini, 
so’ng in'yeksiya joyini arting. 
2. Shprisni o’ng qo’lingizga oling. Beshinchi barmoq igna kanyulasida, qolgan 
barmoqlar shprisni ushlaydi (porhen esa bo’sh qoladi). 
3.Chap qo’lingiz bilan in'eksiya qilinadigan joyni torting. 
4.Shprisni tanaga perpendikulyar holda ushlab ignani mushak ichiga 40- 50 mm 
chuqurlikda yuboring. 
5.Chap qo’lingizni porhenga qo’yib sekin dorini yuboring. Isitilgan yog’li 
eritmani yuborishdan oldin porhenni yuqoriga tortib ko’ring, shprisga qon 
chiqmagandagina dorini yuborishni boshlang.
6.Paxtani teridan ko’tarmagan holda ignani tortib oling. 
Vena ichi in'yeksiyasi. 
Vena ichi in'yeksiyasi-ko’proq tezkor yordam ko’rsatishda qo’llaniladi.
Vena ichiga faqat vena orqali yuborilishi mumkin bo’lgan dorilar yuboriladi.
Vena ichi in'yeksiyasini bilak sohasiga, ayrim hollarda esa in'yeksiya yelkadagi 
maydaroq venalarga, kaft usti sohasiga qilish mumkin. 
Hamshira har qanday manipulyatsiyani o’tkazishda juda ham e’tiborli 
bo’lishi kerak. Vena ichi in'yeksiyasini qilayotganda har doim yuborilayotgan 
dorilar to’g’ridan to’g’ri qonga o’tishini esdan chiqarmaslik kerak, shu sababli har 
qanday xato (aseptika buzilishi, dozani oshirib yuborish, venaga havo yoki yog’li 
suyuqlik tushishi, dorini noto’g’ri yuborish) kasal sog’ligi uchun xavfli bo’lishi 
mumkin. Vena ichi in'yeksiyasi uchun igna uzunligi 40 -50 mm bo’lishi kerak. 
Bemor yotgan yoki o’tirgan holda joylashadi.
Ishning tartibi: 


35 
1.Bemorning tirsak ostiga klenka yostiq qo’ying (tirsak tomirining maksimal 
darajada taranglashuvi uchun) 
2.Elkaning 1/3 qismining o’rtasiga rezinali jgut qo’ying, bunda nursimon 
arteriyada puls o’zgarmasligi kerak. Jgutni boylang va uning bo’sh oxirlari tepaga, 
bog’langan joyi esa pastga qaraganligiga e’tibor bering. Agar nursimon arteriyada 
puls tezlashsa jgutni ozgina bo’shating. Agar bilak venasi bilinmasa, jgutning 
pastki qismi ko’karib qizarib turmasa jgutni mahkamroq boylash kerak. Oxirgi 
vaqtlarda jgutni o’rnini bosuvchi maxsus yopishuvchi yoki ilmoqchali manjetlar 
chiqarilmoqda.
3.Bemordan bir necha marta mushtini siqib bo’shatishini so’rang, shu bilan 
birga uning bilak sohasini (tozalangan ) spirtda namlangan paxta bilan arting va 
qo’lni chetdan markazga harakatlantiring.
4.Shprisni oling, ko’rsatkich barmoqda ignaning kanyulasini, qolgan barmoqlarda 
esa shprisning silindrini ushlang. 
5.Shprisda havo yo’qligini va ignaning o’tishini tekshiring (agar shprisda ko’plab 
mayda pufakchalar bo’lsa, shprisni silkiting va hamma pufakchalar birlashib bitta 
katta pufakka aylanadi, uni esa ignadan osonlikcha chiqarib yuborish mumkin.) 
6. Chap qo’lingiz bilan tirsak bukilmasidan torting, venani fiksatsiya qilish uchun 
biroz periferiyaga eging, 
7. Qo’lda shprisning holatini o’zgartirmasdan, ignani yuqoridan ushlab turib, teriga 
parallel holatda teriga ukol qiling, ehtiyotlik bilan ignani 1/3 qismini kiriting, igna 
venaga parallel holatda tursin. 
8. Chap qo’l bilan venani ishga tushurib turib , sekin igna yo’nalishini o’zgartiring 
va venani astalik bilan punksiya qiling, bo’shliqqa tushganini sezgunga qadar. 
9. Igna venada ekanligiga ishonch hosil qiling; porshenni o’zingizga torting 
shprisda qon paydo bo’lishi kerak. 
10. Chap qo’l bilan jgutni eching, bir chetidan asta tortib oling va bemordan 
mushtini bo’shashtirishini so’rang. 
11. Shprisning holatini o’zgartirmasdan chap qo’l bilan porshenni bosib dorini 
sekinlik bilan yuboring, shprisda 0,5 ml olib qoling. 
12. In'yeksiya joyini spirtli paxta bilan bosing va ignani asta torting. 
13. Bemordan qo’lini 5 daqiqaga bukishni so’rang (paxtali tampon in'yeksiya 
joyida qolsin). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin