O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

TIRNOQLAR PARVARIShI. 
Terini parvarishlashda tirnoqqa alohida e’tibor berish kerak. Odatda 
bolaning tirnog’i haftada bir ikki marta olinadi. Tirnoq olishda kichkina qaychidan 
foydalaniladi. Tirnoqni shunday olish kerakki, bunda teri jarahotlanmasin. Agar 
tirnoq kasalxonada yoki bolalar muassasalarida olinadigan bo’lsa, bunda har tirnoq 
olingandan so’ng qaychini, spirt yoki 0,5%li xloramin eritmasiga ho’llangan paxta 
bilan artib dizinfeksiyalanadi.Katta yoshdagi bemorlarni tirnog’ini olishda 
hamshira avval qo’lini yaxshilab yuvib, illiq suvli idishga suyuq sovun 


43 
qo’shib,bemorning qo’lini 2 daqiqaga ushlab turiladi.So’ng tirnoqlarni 1- 2 mm 
qoldirib olinadi. Oyoq tirnoqlarini juda kalta olmang, chunki teri shikastlanishi 
mumkin.Tirnoqlar har doim ko’ndalang olinadi. 
 
 
KO’Z PARVARISHI 
Bemorlarni ko’zini parvarish qilish tibbiyot hamshirasidan ayniqsa katta e’tibor 
talab qiladi. Kipriklar yopishib qolgandagina ko’zni yuvish zarur.Ko’zlar 
furasilin,kaliy permaganatning iliq eritmasida ho’llangan steril doka tampon bilan 
ko’zni tashqi burchagidan ichkariga tomon qilinadigan harakat bilan yuviladi. 
Bunda iflos ko’z yosh xaltasi orqali chiqib ketadi. 
QULOQ VA BURUN PARVARISHI 
Quloqlar ham xuddi ko’z kabi ishlatilgan eritmalar yordamida yuviladi., 
Uzoq muddatga yotgan bemorlarda qulog’ini hamshira vaqti -vaqti bilan tozalab 
turishi kerak.Dastlab qo’lni yuvib, quloqqa bir necha tomchi 3% vodorod peroksidi 
tomiziladi, so’ngra yig’ilib qolgan kir paxta pilik bilan aylanma harakat yordamida 
chiqariladi. Kir ko’p bo’lganda quloqni shprits yordamida yuviladi. Burun 
parvarishi alohida ahamiyatga ega. Burun yo’llarini tozalash uchun bemorni 
boshini orqaga egib,burun yo’llariga vazelin moyiga botirilgan pilik yordamida 
aylanma harakat qilib artiladi.Bu muolaja nihoyatda oddiy, lekin e’tibor va sabr- 
toqatli bo’lishni talab etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin