7
7. Ko’pgina jamiyatlarda bolalar o’z ota-onalarining mulki va ular o’sish davrida
bo’lganliklari sababli jamiyatga o’z hissalarini qo’shishga hali tayyor emas degan
fikr tarqalgan.
Konvensiya tamoyillari (prinsiplari):
Konvensiya 4 asosiy tamoyilga asoslanadi. Birinchi
ikki tamoyil barcha
insonlarga tegishli bo’lib, konvensiya ularning bolalarga munosabatini ta'kidlaydi.
Ikkinchi ikki tamoyil esa aynan bolalarga tegishlidir.
1. Bolalar irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa bir e’tiqodlari,
milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, moddiy ahvoli, salomatligi yoki tug’ilish
holatlariga qarab, ota-onasi yoki qonuniy vasiylari yoki biron-bir boshqa sharoitlar,
holatlar bo’yicha kamsitilishi mumkin emas.
2. Bolalar yashashga va barkamol rivojlanishga, ya'ni jismoniy,
ruhiy-ijtimoiy,
emotsional aqliy, ijtimoiy va madaniy rivojlanish huquqlariga ega.
3. Bola yoki bolalar, shu jumladan guruhga dahldor barcha qarorlar yoki
harakatlarda birinchi navbatda bolaning manfaatlarini hisobga olish lozim. Bu
qaror hukumat, ma'muriyat
yoki sud organlari, yohud oila tomonidan qabul
qilinishidan qat'iy nazar odilona hisoblanadi.
4. Bolalarga o’zlarining hayotiga tegishli barcha masalalar yechimida ishtirok etish
imkoniyatini berish va o’z fikrlarini ifodalash erkinligini ta'minlash zarur. Bolalar
o’zlarining fikrlarini eshitishlarini va jiddiy tarzda inobatga olinishi huquqiga
egadirlar.
Konvensiyani qabul qilingan davlatlar barcha
bolalarga nisbatan inson
huquqlarini amalga oshiris xilini ta'minlashga mas'uldirlar. BMTning bola
huquqlari bo’yicha qo’mitasi bolalar huquqlari nazariyasi va amaliyoti bo’yicha 10
ta mustaqil ekspertlar tarkibidan iborat saylanma xalqaro organ konvensiyaning
amal qilinishini kuzatib boradi. Konvensiya ratifikatsiyalangandan 2
yil keyin
davlatlar qo’mitaga doklad tagdim etishadi, so’ngra bunday dokladlar har besh
yilda taqdim etiladi. Dokladlarni tayyorlashda
davlatlarga tegishli milliy
assotsiatsiyalar bilan maslahatlashish taklif etiladi. Qo’mita yiliga 3 marta
Jenevada dokladlarni hamma oldida ko’rib chiqish uchun yig’iladi. Qo’mitaning
fikr-mulohazalari va tavsiyalari jamoatcxilik o’rtasida keng tarqatish uchun
mo’ljallangan bo’lib, davlatlarda bolalar hayotini muntazam
yaxshilash borasida
muhokama va munozaralar uchun asos bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: