O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Bolalarni kiyim-kechagi 
Kiyim tanani sovuqdan, issiqdan, shamoldan, nurdan, mexanik va 
ximiyaviy jarohatdan, mikroblar bilan ifloslanishdan saqlagich sifatida ishlatiladi. 
Kiyim issiqdan bedastirlikni ta'minlaydi, bunda harorat hosil qilish bilan uni 
sarflash mutanosibi organizmga ortiqcha zo’r berilgan holda boshqariladi. 
Bolalarda teri bezlaridan ajraluvchi moddalar ta'sirida ichki kiyimlar tez kir bo’ladi, 
bu esa o’z o’rnida ichki kiyimni tez-tez yuvib turishni taqazo qiladi. Tabiiy ipdan 
tikilgan ichki kiyim teri chiqindilarini 5-7 kundan so’ng,sun'iy matodan tikilganda 
esa 3-5 kundan so’ng singdira olmay qoladi. Shuning uchun ichki kiyimni 
o’zgartirish bir haftadan oshmasligi kerak.Paypoqlar esa kunda almashtiriladi. 
Bolalar ichki kiyimini tez-tez yaxshisi bolalar sovuni bilan yuvib turish 
kraxmalamasdan alohida dazmollab,alohida saqlash kerak. Bolalar kiyimi yuqori 
darajali gigroskopik (nam tortadigan) tolali matodan tikilishi,ochiq rangli bo’lishi 
zarur.Katta yoshdagi bolalar uchun ipak tolali matodan foydalanish mumkin,ammo 
uch yoshgacha bo’lgan bolalarga bunday matolar tavsiya etilmaydi, sun'iy tolali 
matodan tikilgan kiyimlar esa «mutlaqo» mumkin emas. Bolalar kiyimlari qulay, 
badanni siqmaydigan., choksiz tugma va munchoqlarsiz qulay kiyib yechiladigan 
bo’lishi kerak. 
BIR YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR KIYIMI
Bolani sovuqdan saqlashi, lekin bu bilan uning harakatini chegaralab 
qo’ymasligi kerak. Bolalar kiyimboshlar kompleksi quyidagicha: 
-Chitdan tikilgan yaxtakcha
-Pahmoqdan tikilgan yaxtakcha
-Chitdan va issiq pahmoqdan tikilgan yo’rgak latta


44 
-Marlidan yasalgan taglik latta
-Jun odeal
- Pahmoq odeal
-Bolalar klyonkasi
-Chitdan yasalgan ro’molchani yoki qalpoqchani 
4 oylikdan boshlab bolaning so’lagi ko’p ajrala boshlashi sababli kiyimini 
ustidan ko’krak fartukchasi tutib qo’yiladi.Bu fiziologik holat bo’lib,tishlar 
chiqayotgan paytida ta'sirlanish natijasida kelib chiqadi.Chitdan yasalgan 
ro’molchani yoki qalpoqchani faqat bolani cho’miltirgandan so’ng yoki tashqariga 
aylantirishga chiqarilganda kiydiriladi. 9-10 oyligidan boshlab yaxtak o’rniga 
ko’ylakcha, pahmoqli ishtonchalar bolaning yoshiga moslab kiygiziladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin