O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi


Yasli yoshidagi bolalar uchun quyidagi kiyimlardan foydalaniladi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Yasli yoshidagi bolalar uchun quyidagi kiyimlardan foydalaniladi
: qizlar 
uchun - uyda kiyiladigan ko’ylakchalar, xalatlar sarafanchalar, kofta - tursiklar ; 
o’g’il bolalar uchun- har xil kostyumlar, ko’ylak - shimlar kiygiziladi.Havo issiq 
bo’lganda chitdan yasalgan yengil kiyimni bir-ikki qavat kiygizish yetarli . Salqin 
havoda esa, bolaga 2-3 qavat yumshoq pahmoqdan tikilgan kiyim kiygizish kerak . 
Sovuqda kiyimi 4 qavatdan kam bo’lmasligi va bunda palto yoki kurtka kiydirish 
kerak . 
BOLANING OYOQ KIYIMI. 
Bolani oyoq kiyimi qulay, yengil, oyoq kaft o’lchamiga va ob- havoga 
moslashgan bo’lib, yengil, oson kiyiladigan, qattiq tag charmli va poshnasiz 
bo’lishi kerak. To’g’ri tanlangan oyoq kiyimi, tovonini qirilishini, qiyshayishini va 
yassi tovon bo’lib qolishini oldini oladi. Bola oyog’ining o’sishiga mos ravishda 
almashtirilmagan oyoq kiyimi barmoqlarining qiyshayishiga olib keladi. 
Yozda eng to’g’ri keladigan oyoq kiyimlar yengil, charmdan qilingan 
shippak yoki dastaksiz oyoq kiyimi bo’lishi mumkin. Sovuq vaqtda etikcha tag 
charmli yoki kalish bilan kiyiladigan jun etik (valenka) kiyish maslahat beriladi . 
Rezinkadan yasalgan oyoq kiyimini kiyganda ob-havo sharoitidan qat'iy nazar bola 
jun paypoq kiyish kerak. Rezinkadan yasalgan oyoq kiyimi ehtiyotkorlik bilan 
kiyiladi. 
Bolalar tabiiy ehtiyojlarini 
qondiri
s
hda
 ularga yordam 
berish. 
Bolaning 6 oylik davridan keyin tabiiy ehtiyojini qondirish uchun tuvakka 
o’tirishni o’rgatishdan boshlash kerak. Har bir bolaga uyda va bolalar bog’chasida 
yoki shifoxonada uning o’ziga alohida tuvak bo’lishi kerak. Bunday tuvaklar 
belgilangan bo’lib, belgilar bola karavoti nomeriga mos kelishi shart. 
Bolani tuvakka o’tkazishdan oldin uni isitish uchun issiq suv bilan chayish 
kerak. Bola siygandan va ichi kelgandan keyin hamshira yoki tarbiyachi tuvakning 
ichidagiga qarab, uni baholashi kerak. Chunki siydik va najasning rangi, hidi va 
konsistensiyasi o’zgarishi mumkin.Bolada yuqimli kasallik bo’lishi mumkin. Najas 
va siydik yuqumli kasallikka xos xususiyati bo’lganligidan shubhalaganda tuvak 
ichidagi narsa bilan dezinfeksiya qiluvchi eritma bilan ivitish, ya'ni 10-20% xlorli 
ohak yoki 3%-xloramin eritmasida bir soatgacha ushlab turiladi, keyin 
kanalizatsiyaga to’kib yuborish mumkin. 


45 
Tuvaklarni yaxshilab issiq suvda «gigiyena» yoki «lotos» poroshoklari bilan 
yuvib, 0,5%-xlor, ohak eritmasiga 1 soatga ivitilgandan keyin, oqayotgan suvda 
chayiladi va xojatxonadagi tokchalarda saqlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin