48
qo’shiq aytib berishi kerak. Karovatning atrofida aylanish avvalo bolani atrofga
qarashga,harakat qilishga, kulishiga,tovush kelgan tomonni kuzatishga undaydi.
Ochiq rangdagi yaltiroq o’yinchoqlarni ko’rsatish, ularni avval ko’kragidan
60-70
sm yuqorida , keyin uni pastroqqa 45-50 sm tushirish kerak.O’yinchoqlar
ko’z burchagidan 45
0
darajada bo’lishi kerak.Sekin asta o’yinchoq'ni u tomondan
bu tomonga o’tkazib
uni shiqirlatish, jiringlatish kerak,bu ko’rish va eshittish
uyg’unlashuvini, kuzatishni rivojlantiradi. 3-oyning o’rtalaridan
boshlab
o’yinchoqni vaqti-vaqti bilan bolaning ko’kragiga go’dak qo’lini qimirlatib unga
tegishga imkon beradigan darajada yaqinlashtirish kerak. Bola o’yinchoqlarni qo’li
bilan ushlab, qo’lini yozilishiga olib keladi.O’yinchoq ranglarini o’ta ko’pligi,
bolani ko’zini toliqtiradi.
Har gal ovqatlantirishdan avval bolani qorniga
yotqazib oyoq ostiga kaftni
qo’yiladi,bunda bola emaklashga harakat qiladi va bola boshini ko’taradi.Qorin
bilan yotqazish qorin mushaklarini tonusini oshiradi. Bolani avval gorizontal
holatda, 1,5 oylikdan boshlab vertikal holatda ko’tarish kerak.
3-6 oylik bola bilan mashg’ulot:
Bola bilan gaplashayotganda bolani tovush chiqarib gapirmoqchi bo’lishiga
va guvillashga,xursand holatini saqlashga, kulishga undash kerak.
Bolani uzoqroq
vaqt mobaynida emaklashni rahbatlantirish maqsadida manej ichiga yoki stol
ustiga unga yaqin masofaga o’yinchoq qo’yib qorniga yotqiziladi , keyin qornidan
orqasiga yotqazib yorqin o’yinchoqlarni yon tomondan ko’rsatiladi .
O’yinchoqlarni – avval ikki, keyin bir qo’lda ushlash va tutib turishni o’rgatishda
bola ko’kragidan uning qo’li
yetarli masofaga ilinadi , bola kaftiga o’yinchoqlar
tegiziladi .
O’yinchoqlar yorqin rangda yumshoq rezinadan bo’lishi kerak,chunki ularni ozoda
saqlash oson bo’ladi. (O’yinchoqlar bir-biriga bog’langan halqalar bo’lishi va
ushlaganda tovush chiqarishi kerak.)
Dostları ilə paylaş: