Bolani birinchi yilida ovqatlantirish. Ko’krak bilan ovqatlantirish .
Bola hayotini birinchi olti oyi mobaynida ko’krak suti bilan boqish tabiiy
ovqatlantirish deyiladi. Ona suti bolaning birinchi oyida eng qimmatli va
almashtirib bo’lmaydigan ovqat hisoblanadi, bolani yaxshi rivojlanishi uchun
hamma talablarga javob beradi. Oqsil, yog’ va uglevodlar nisbati ko’krak sutida
ularni yaxshi o’zlashtirilishiga va so’rilishiga xizmat qiladi. Sog’lom tug’ilgan
bolani tug’ilishi bilan ko’krakka qo’yiladi. (yarim soat ichida). Bolani kindigi
kesilmasdan avval qoringa shunday yotqiziladiki,bunda bola terisida saprofit
mikroflar hosil qilish va birinchi ovqatlanish refleksini tug’dirishi uchun. Bola o’zi
ko’krakka intilib,onani emadi.Bola emizilganda uning ichaklariga laktabakteriyalar
va ona sutidagi himoya moddalari tushadi.Bolani birinchi 6 oylikkacha faqat
ko’krak suti bilan boqiladi. Shuning uchun ona har doim bola oldida bo’lishi kerak.
Ko’krak suti bilan boqishning 10 ta tamoyili. 1.Ovqatlantirish qonun qoidalarga qat'iy ravishda rioya qilish va buni tibbiyot
xodimlari va onalarga yetkazish.
2.Tibbiy xodimlariga ko’krak bilan emizish qoidalarini o’rgatish
3.Ko’krak bilan boqish afzalliklari haqida homilador ayollarga va onalarga
ma'lumot berish
4.Tuqqan onalarga 30 daqiqa davomida ko’krak bilan boqish uchun yordam berish
5.Onalarga ko’krak sutni qanday qilib sog’ilishini va laktatsiya jarayonini
saqlashni o’rgatish.
6.Tibbiy ko’rsatmalaridan tashqari yangi tugilgan bolalarga boshqa ovqat va
suyuqliklar, ko’krak sutidan tashqari berilmaydi. 7 kun davomida ona va bolani
bitta palatada joylashishni tashkil qilish
8.Ko’krak yoshdagi bolani xoxishi bo’yicha emiziladi.
9.Bolani tinchlantiruvchi ona ko’kragini o’rnini bosuvchi narsalar taqiqlanadi
(so’rg’ich, butilkalar)
10.Ko’krak suti bilan boquvchi onalar to’garagini tashkil qilish.Homilador
ayollarni va tug’ruqxonadan chiqqan ayollarni to’garakka jo’natish.
Angliya va Avstraliya shifoxonalarida chala tug’ilgan va kam tana vaznli
bolalarni boqish uchun maxsus dastur «Kengru» metodi ishlab chiqilgan, bunda
bola har doim ona oldida bo’lib, o’zi ko’krakka tomon harakat qiladi, ona
issiqligini tuyadi.Onaning g’amxo’rligi va e’tiborlikligi tufayli bola hayotining
davomiyligi ortadi.