O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

UMUMIY SUV QUYISH-
asosan bolani oyog’iga suv quyishga o’rgatilgandan 
keyin 9-10 oylikdan boshlanadi, bunda boshiga suv quyilmaydi. Suv 
quyayotganda bola turgan yoki o’tirgan holatda bo’lish mumkin. Egiluvchan rezina 
naychani tanadan 20-30 oraliqda ushlab turiladi. Oldin suvni orqasiga keyin 
ko’kragiga va qorniga chap va o’ng yelkasiga quyilib, so’ng teri qizarguncha artib 
quritiladi. Oldiniga suvni harorati 36 darajada, har haftada suv harorati 1 daraja 
pasaytirib qishda 25 darajaga, yozda esa 25-24 darajaga tushiriladi. Suvni quyish 
30 sekunddan 2 daqiqagacha davom etadi. Suv quyishni yaxshisi yozda boshlab, 
tungi uyqidan keyin, ovqat yeyishdan yarim soat oldin yoki kunduzgi uyqidan 
keyin o’tkazilish kerak.
DUSH
– kuchli ta'sir qiluvchi muloja bo’lib, yozda eng maqul vaqt ertalab yoki 
tushlikdan oldin, quyosh vannasini olgandan keyin o’tkaziladi. Havo 
temperaturasi, binoda suv quyish yoki suv o’tkaziladigan joyda 20 darajadan past 
bo’lmasligi, iliq kunlarda esa binodan tashqarida, harorat 18 daraja bo’lishi kerak.
SUVDA SUZISH.
O’sayotgan bola organizmga kuchli ta'sir etuvchi 
vositalardan biri bo’lib, bolani juda yoshlik davridan boshlanadi. Bunda suv havo 
harorati normal bo’lishi kerak. Bolani uy vannasi yoki hovuz ichida suzishni
bolalar poliklinikasida, uni bir oyligidan boshlab haftada 3 marotaba 15 
minutgacha bo’lgan vaqtda o’tkazilish mumkin. Bunda suvni harorati bir oylik 
bolalar uchun 36 darajada, 2-3 oylikdan 35,8-35,5 darajada, 4-5 oyliklarda 35-34 
darajada bo’lishi kerak.
QUYOSH NURI BILAN CHINIQTIRISH
.
Buni ehtiyotlik bilan qo’llash lozim, chunki tezda bola organizmi qizib, 
oftob urishi mumkin. Yorug’lik havo va quyosh vannasini qo’llash qoidalarini G. 
N. Speronskiy va E. O. Zabludovskiy (1963) tadbiq etgan. Bolalarni I-I, 5 
yoshigacha to’gridan-to’g’ri quyoshga nur ta'siriga olib chiqish mumkin emas. 
Ikkinchi yarim yillikdan, ya'ni 7 oylikdan boshlab bolalar yorug’lik havo vannasini, 
soyada taralgan quyosh nurlari «barglar quyoshi» tagida shamolsiz ob-havoda havo 
harakati 22 

C va yuqori darajada bo’lganida o’tkaziladi. Bir yoshdan 3 yoshgacha 


64 
bo’lgan bolalarga vanna o’tkazish uchun havoni pastharorati soyada 20

C darajada, 
3 yoshdan esa 19 

C darajada bo’lishi kerak. Vanna o’tkazishda bolalarni sekin- 
asta yechintirish tavsiya etiladi, oldin oyog’ini ecxiladi, chunki bu joylar yorug’lik 
harorat ta'siriga kamroq sezuvchandir. Keyin tanani yechintiriladi. 1,5 yoshdan 
keyin bitta tursikda yoki yalang’och vanna qabul qilishi mumkin. Birinchi vannani 
vaqti 3 daqiqa, bir yoshdan 3 yoshgacha 5 daqiqa, 4-7 yoshga 10

C daqiqa. Har 
kuni vaqtni o’zgartirib 30-40 daqiqagacha yetkaziladi. Vanna o’tkazishni eng 
qulay vaqti ertalab 8.00 dan 10.00 gacha. Yorug’lik havo vannasini olayotganda, 
bola yotgan xonada bo’lishi mumkin. Lekin yaxshisi faol harakatda bo’lsa 
karovatda o’ynab o’tirsa, aravachasida, manejda yoki onasini qo’lida bo’lsa, 
ultrabinafsha quyosh nurlariga yaxshi moslashadi. Muolajani nihoyasida bola dush 
qabul qilishi yoki ustidan suv quyish, hovuzda cho’miltirish lozim.
Quyosh vannasini olishdan bir hafta ilgari bola yorug’lik havo vannasini 
olgan bo’lishi, havo darajasi 22-25 daraja bo’lib, shamol yo’q vaqtida boshini
yorqin rangli panamka yoki yozgi shlyapa bolani berkitgan holda ruxsat etiladi. 
G. N. Speronskiy va E. D. Zabludovskaya (1963) quyosh vannasini bir nechta 
bosqichda o’tkazishni tavsiya qiladi: 
I. Birinchi galda yorug’lik va havo vannasi; 
2. Quyosh vannasini o’zi; 
3. Yakunlovchi yorug’lik havo vannasi; 
4. Suv muolajasi; 
5. Soyada dam olishi. Muoloja o’tkazish va davom etish vaqti harakat faolligi 
yorug’lik havo vannasiga o’xshash bo’ladi. Quyosh vannasini ta'siroti yaxshi 
bo’lsa, 1,5-2 oygacha davom yetkazish mumkin. Buni och qoringa ovqat yegandan 
keyin 1-1,5 soat ichida qabul qilish hamda vanna olgandan keyin darrov 
ovqatlanish mumkin emas. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin