65
silash, uqalash ta'siridan paydo bo’ladi, aksincha boshqa turdagi, kattalar
munosabati, muloqati bu davrda bola nutqiga ta'sir etmaydi.
Massajni turlari quyidagicha
: silash, surtish, yuzaki va chuqur uqalash, yengil
tebratish, shapaloq bilan urish va titratishlar kiradi. Birinchi uchtasi tinchlanish
jarayonini kuchaytiradi, ya'ni bolani xotirjam qiladi. Oxirgi ikkitasi qo’zg’alish
jarayonini kuchaytiradi. Shuning uchun yosh bolalarda ishlatilmaydi. 1-1,5
yoshgacha bo’lgan bolalarda silash va surtish massajini qo’llash zarur.
Silash uqalashni asosiy vositasidir. Bu yengil sirg’anadigan barmoqlarni ichki
tomoni bilan sekin – asta tebratiladi. Harakat tanani pereferik qismidan markazga
qarab, limfa va vena tomirlari bo’ylab yoki aylantirma harakat chapdan o’nga soat
strelkasi bo’yicha olib boriladi. Buni bola qorni dam bo’la boshlasa, go’dakni 3-4
haftaligidan boshlab o’tkazish mumkin. Muntazam umumiy silashdan, uqalashdan
bolani ishtahasi ocxiladi, tezda vazni osha boshlaydi, asab sistemalari tinchlanadi,
mushaklarni tortilishi kamayadi, bo’sh sxilqillayotgan bolalar baquvvat va tetik
tez harakatlanadigan hamda uzoq va chuqur uxlaydigan bo’ladi. Silash teridagi
arteriya, vena qon tomirlarini harakatini limfa suyuqligini tezlashtiradi, bular terini
ovqatlanishini, nafas olishini yaxsxilaydi. Teri ustki uqalanganda kepaksimon
hujayralaridan tezda tozalanib tarang va cho’ziluvchan bo’lib, yog’ va ter bezlari
yaxshi ishlaydi.
Dostları ilə paylaş: