O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Surtish –
bu silashni bir turi bo’lib, bunda qo’l bilan ko’proq bosiladi, natijada 
foydali ta'sirot faqat teriga emas, balki teri osti yog’ to’qimalariga yuzaki 
joylashgan mushaklarga, paylarga va bo’g’imlarga ham borib yetadi. Bunda kichik 
joylarni bir yoki bir necha barmoq bilan , katta joylarni esa kaftni hamma yuzasi 
bilan surtiladi. Aylantirma yoki yoysimon harakatni qon va limfani oqim tomoniga 
qarama-qarshi ya'ni ularni teskari haydaganda terini surib harakat qilinadi. Surtish 
terini qizartiradi, mushaklarni ovqatlanishi, qisqarish qobiliyatini yaxsxilaydi, 
paylarni va bo’g’in suyaklarini ovqatlanishi yaxsxilab, eguluvchanlik, 
harakatchanligini oshiradi. 
Ishqalash qo’lni qisqa kuchli bosimi bilan bajariladi. Bunda chuqur joylashgan 
to’qimalarga, katta mexanik ta'sirot beriladi, natijada qon bilan ta'minlanish 
tezlashadi va mushaklarni ovqatlanishi yaxsxilanadi. Kuchi vazni, qisqarish 
qobiliyati, tarangligi, egiluvchanligi oshadi. Uqalanayotgan mushakni katta va 
boshqa barmoqlar bilan yoki ikkala qo’l barmoqlari silab siqib olinadi. Terini 
mahkam siqib mushakni ishqalash, har xil yo’nalishdagi harakatlar bilan mushak 
tolalarini yo’nalishi bo’yiga sekin- asta yuqoriga ko’tarilib pastga tushiriladi. 
Keyin bir qo’l bilan yuqoriga, ikkinchisi bilan pastga harakat qilinadi.
Massaj qilinayotganda quyidagi umumiy qoidalariga rioya qilish kerak. 
1.Bola doimo yotgan holatda bo’lishi kerak, bu uqalanayotgan joynigina emas, 
hamma boshqa mushaklarni ham bo’shashiga olib keladi. 
2.Uqalanishi maxsus moslashtirilgan stolda yoki taxtani karovat ustiga qo’yib 
ustidan odeyal, klenka, choyshab solib, so’ng bajariladi. Bola yechingan holda 
bo’lish kerak. Uni orqasi bilan yotqiziladi, so’ng qorni bilan, boshi ko’tarilgan 
bo’lishi kerak, shuning uchun yostiq qo’yiladi. Karovat qimirlamasligi kerak. 
3.Massaj qiluvchi bolani yonida emas, unga to’g’rima-to’g’ri qarab turishi kerak. 


66 
4. Uqalashdan oldin qo’lidagi uzuk, soat va boshqa taqinchoqlari yechib tirnog’ini
olib, qo’lini issiq suv bilan sovunlab yuvib, so’ng toza sochiqqa artish, bironta ham 
terisida yarasi yoki kesilgan, sxilingan joyi bo’lmasligi kerak.
5.Teri orqali nafas olishi qiynalmasligi uchun yog’lar, vazelinlar har xil 
sepiladigan paroshoklar ishlatilmaydi.
6.Uqalash va gimnastika, havosi yaxsxilab almashtirilgan, harorati 20- 22
0

darajali, 1 oylik bolalar uchun 22-24
0
C darajali bo’lgan xonada olib boriladi. 
7.Massaj ovqat yegandan 30-45 daqiqa keyin yoki ovqat yeyishga 30 daqiqa 
qolganda o’tkaziladi. 
8.Uqalash sog’lom bolalarda 1,5 oydan boshlab o’tkaziladi.
9.Mashg’ulot ko’krak yoshidagi bolalarda 8-10 daqiqada oshmasligi kerak.
Yosh bolalarda uqalash doimo gimnastika mashg’ulotlari bilan birgalikda 
o’tkaziladi. Bu mashqlar faol, sust yoki reflektor bo’lishi mumkin. Bularni 
bajarishdan maqsad, harakatlarni o’zaro mosligi muvozanatini saqlash, chuqur 
nafas olishni rivojlantirishdir. Jismoniy mashg’ulot 1-2 yoshli bolalarga sust va 
reflektor harakatlar orqali bajariladi. Sust mashg’ulotlarni massaj qiluvchi 
hamshira yoki onasi bajaradi. Bunda mushaklari tabiiy harakati yozilishi va 
yig’ilishi qo’llaniladi. 
Reflektor mashg’ulotlar shartsiz reflekslar asosida bajariladi, ya'ni teri va 
mushaklari retseptor zonasiga qitiqlashga harakat ta'siri bilan javob qilinadi. 
Sust va faol harakat mashg’ulotlarni bola o’zi mustaqil bajarishi kerak, lekin bunga 
kattalar yordami lozim. Masalan tirsakni bukkan bolani qo’lidan tortilganda u 
o’tirib qoladi. 3 oygacha bo’lgan bolalarga faqat reflektor mashqlar tavsiya etiladi, 
so’ng sust mashqlar,4 oydan keyin ehtiyotlik bilan faol harakat mashqlariga 
o’tiladi. Bola qancha katta bo’lsa, shuncha sust mashqlari kamaytirib, faol 
harakatlarni umumiy mashg’ulotlarga qo’sxiladi.
2-3 yoshli bolalarga jismoniy tarbiya, maxsus tuzilgan jismoniy mashqlar, harakatli 
o’yinlardan iborat bo’lib, 2-2,5 yoshdan boshlab esa yana ertalabki gimnastika 
mashqi qo’llaniladi. Jismoniy tarbiya darsi haftada 2 marta, 2 yoshgacha bo’lgan 
bolalarga 10-15 daqiqadan, 3 yoshgacha- 15-20 daqiqadan o’tkaziladi. Bu yoshda 
bolalarga so’zning tasirchanligi kam bo’lgangiligi uchun, bolalarni mashqlarga o’z 
xohishi bilan faol qatnashishiga va har qanday gimnastika mashqlarini o’yin deb 
tushinishiga erishishi kerak. Shuning uchun mashg’ulot vaqtida mayda gimnastika 
buyumlari – koptok, tayoqcha, pufaklar, gardishlar, arqonchalar, skameykalar, 
narvonchalar va boshqalar ishlatiladi.
Gimnastika mashqlari bajarayotganda quyidagi asosiy shartlarga rioya 
qilish kerak. Hamma mushaklarni ishtirok etish harakat bilan dam olish holatlarni 
almashtirib turish kerak. Bundan bir yoshgacha bo’lgan bolalarda, mashqlar 
vazifani qila olishi qobiliyatini rivojlanishiga qaratiladi.
Doimiy vaqt to’g’ri olib borilayotgan jismoniy mashg’ulotlar bolaning 
organizmiga ijobiy ta'sir qiladi va tanani, hamma a'zolarini, ish qobiliyatini 
yaxsxilaydi. Bular suyak sistemasini baquvvatlaydi, mushaklarni kuchini oshiradi 
va bolalar yaxshi o’sishadi. Yurak, qon, tomir sistemasini ish qobiliyati 
yaxsxilanadi, yurakni qisqarishi kuchli bo’ladi, qon oqimi tezlashadi va 
to’qimalarni ovqat moddalari bilan ta'minlanishi yaxsxilanadi. Jismoniy tarbiya 


67 
mashqlarni oshqozon va ichaklarni ishiga, modda almashishiga va himoya 
vositalariga ijobiy ta'sir qiladi. Jismoniy baquvvat va chiniqqan bolalar kam kasal 
bo’ladi va charchamaydi, ularni nerv sistemasi boshqa bolalarga nisbatan yaxshi 
rivojlangan bo’ladi.
Jismoniy tarbiya natijasida bolalar intizomli, harakatlari tartibli va chiroyli bo’lib, 
o’zida kuch yig’adi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin