O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi


ISITMALAYOTGAN BOLALARNI OVQATLANTIRISH



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

ISITMALAYOTGAN BOLALARNI OVQATLANTIRISH. 
Isitmalayotgan bolalarning ishtahasi pasayadi, shuning uchun ularga tez 
hazm bo’ladigan taomlar berilishi kerak. Ovqat tez- tez , ya'ni emizikli bolalar 
uchun har 2-2,5 soatda, 2-3 yoshli va unda katta yoshdagi bolalarga 5-6 mahal 
berilishi kerak. Agar bola ovqatlanishdan bosh tortsa ,zo’rlash zarur emas.Yetarli 
darajada suyuqlik ichirish bilan cheklanish mumkin. Bemorni parvarish qiluvchi
sog’lig’i va kuchini tiklash uchun ovqatlanishning muhimligiga bemorni 
ishontirish zarur. Bunda bir kunlik ovqatning o’rtacha energetik qiymati saqlanib 
qolinadi. Kundalik beriladigan oqsil miqdori ham chegaradan oshmagani ma'qul. 
Chunki oqsil parchalanganda hosil bo’ladigan moddalarning organizmda ajralib 
chiqishi murakkablashadi. Kasalning tana harorati ko’tarilgan paytda qonga har xil 
zaharli moddalar so’riladi, shuning uchun ularni organizmdan haydash uchun 
yetarli miqdorda suyuqlik ya'ni meva sharbati kompot va mineral suv bilan 
ta'minlash kerak. Mineral suv berilishidan avval shishani qopqogini ochib, gazini 
chiqarib keyin byergan ma'qul, chunki gaz qorinni damlanishiga ( meteorizm ) olib 
keladi. Kundalik ovqat tarkibida osh tuzi miqdori kamaytiriladi. Bu esa diurez 
( siydik ajralishi ) ni kuchaytiradi. Kerak bo’lgan holda shifokor ko’rsatmasiga 
binoan suyuqlik teri ostiga, venaga, to’g’ri ichakka tomcxilab yuboriladi. 
OG’IZ BO’SHLIG’INI PARVARISHI. 
Isitmalayotgan 
paytda 
yetarli 
darajada so’lak ajralmasligi og’iz 
bo’shlig’ining qurishiga, lablarning yorilishiga olib keladi. Shu sababli lablarni va 
og’iz bo’shlig’ini parvarishiga alohida e'tibor berish kerak: hamshira astalik bilan 
og’iz bo’shlig’ini, tishlarini ho’llab, artib turishi va lablarini yorilgan joylariga 
bura suyuqligining 20 % vazelindagi yoki qaynatilgan kungaboqar moyidagi 
eritmasini surtib turishi lozim.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin