O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Arterial bosim. 
Arterial bosim sistola va diastola vaqtida tomirlar devoriga tushadigan qon 
bosimdir. Arterial bosim yurakdan otilib chiqadigan qon miqdoriga, qon oqimiga, 
umumiy pereferik tomirlarning qarshilik ko’rsatishiga, tomirlar devoriing 
elastikligiga bog’liq. Sistolik (maksimal), diastolik (minimal) va puls arterial 
bosim farqlanadi. Sistolik bosim arterial sistemada chap qorincha sistolasidan 
keyin paydo bo’ladigan, puls to’lqini maksimal ko’tarilgan vaqtdagi bosimdir. 
Diastolik bosim esa yurak diastolasi oxirida puls to’lqini tushgan vaqtda yuzaga 
keladi. Arterial qon bosimini normal miqdori doimiy bo’lmay u kasalning yoshiga, 
ahvoliga, asab tizimining holatiga bog’liq. 
Arterial qon bosimini o’lchash uchun manometr yoki tanometrlar 
qo’llaniladi. Eng ko’p tarqalgan usul Korotkov usuli bilan o’lchanadi. Arterial 
bosim ma'lum soatlarda yaxshisi ertalab, muayyan tana vaziyatida , imkon boricha 
bir xil havo sharoitida , bemor yotgan yoki o’tirgandan so’ng 5 daqiqa o’tgach 
o’lchanadi. Buning uchun kasalning yelkasi yecxilib , tirsakdan yuqori qismiga
manjetka o’raladi.Manjetka bilan teri orasida bitta barmoq siqadigan joy qolishi 
kerak.Kaft yuqoriga tomonga qarab turishi kerak va tirsakdan elka arteriyasi 
topiladi, qon tomiri urayotgan joyga fonendoskop qo’yilib, ballon orqali to 
fanendoskopda tomir urushi to’xtaguncha havo yuboriladi,so’ng asta sekin ulagich 
rezinadagi ventilni ochib havo chiqariladi va birinchi tomir urushi paydo 
bo’lishidagi shkala ko’rsatkichi , keyin tomir urushi yo’qolgan oxirgi shkala 
ko’rsatkichlari hisobga olinadi. Bu ikki ko’rsatkich arterial bosimning maksimal va 
minimal darajalariga to’g’ri keladi. Kasalliklarning turiga qarab arterial bosim 
o’zgarib normadan oshib ketishi (gipertoniya),pastga tushib ketishi (gipotoniya) 
deyiladi.Kundalik arterial qon bosimi ko’rsatkichlari kasallik tarixiga yozib 
qo’yiladi yoki harorat varaqasiga grafik tarzda chizib boriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin