O’zbеkiston Rеspublikasi Soqliqni Saqlash



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə11/23
tarix16.11.2018
ölçüsü2,66 Mb.
#82591
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23

Nazorat savollari

  1. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning qanday
    ahamiyati bor?

  2. Nazorat qilish va baholashning qanday tamoyillarini bilasiz?

  3. Talabalar bilimini nazorat qilishning qanday turlarini bi-
    lasiz?

  4. Nazorat qilish va baholashning asosiy shakllarini, afzalliklari
    va kamchiliklarini ko’rsating.

  5. Siz talabalar bilimini nazorat qilish, sinash va baholashning
    qaysi turlarini ko’proq qo’llagan bo’lar edingiz? Nima sababdan?
    Izohlang.

  6. Sillabus(Syllabus) nima? Siz o’z faoliyatingizda undan foy-
    dalanasizmi?

  7. O’quvchi-talabalarning bilimini sinash va baholashda yana
    qanday ilg’or jahon tajribalaridan foydalangan bo’lar edingiz?



ADABIYoTLAR RO’YXATI


  1. Tojiboyeva D., Yo’ldoshev A. Mahsus fanlarni o’qitish metodikasi. -Toshkent. Aloqachi, 2009. 567 b.

  2. Mavlonova R., To’rayeva O. Pedagogika. -Toshkent. O’qituvchi, 2001.

  3. Пронина Е.Н., Лукашевич В.В. «Психология и педагогика». Учебник для студентов ВУЗов. Издательство «Элит», -М.: 2004.

  4. Sayidahmedov N.Yangi pedagogik tehnologiyalar. -T.: “Moliya”, 2003.


Intеrnеt saytlari


  1. http://www.school.edu.ru.

  2. http://www.inter-pedagogika.ru

  3. www.newhorizons.org.

  4. http://www.pharmax.m/articles.

  5. http://www.pravoteka.ru.

8-ma’ruza

Mahsus fanlarni o’qitish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish

  1. Texnik vositalardan dars jarayonida foydalanish ahamiyati.

  2. Texnik vositalardan o’quv jarayonida foydalanishning afzalligi va kamchiliklari

  3. Darsda videoproektordan foydalanishning ijobiy tomonlari

  4. Multimedia nima va nima sababdan hozirda undan keng foydalaniladi?


Tayanch iboralar:m ahsus fanlar, o’qitish jarayoni, axborot texnologiyalari,ahamiyat,ma’ruza, seminar, amaliy mashg’ulotlar, foydalanish.
Axborot texnologiyalari rivojlangan hozirgi davrda dars o’tishda qanday ta'lim vositalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, texnik vositalarni qo’llab dars o’tish o’quvchi-talabalarning fanni o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini orttirishga, berilayotgan axborotlarni chuqur o’zlashtirishga katta yordam beradi.

Maxsus vositalar, ma'lum bir masalani, mavzuni yoritishga qaratilgan maket, videofilm, kasseta, disk, disket kabilarni o’z ichiga oladi.

Axborotni uzatish, tasvirlash nuqtayi nazaridan texnik vositalarni tasvirlovchi (kodoskop, proektor, diaprotsessor), tovushli (magnitofon, radio, audio kabilar), audio-video kompleksi, video-magnitofon, kompyuter kabilaiga bo’lish mumkin.

Ta'lim jarayonini amalga oshirishda yordam beruvchi vositalar ta'lim vositalari deb ataladi.

Ta'lim vositalari real va texnik vositalar hamda chop etilgan o’quv materiallarini o’z ichiga oladi. Uning tarkibi quyidagicha bo’ladi.

Real ta'lim vositalari, odatda, farmatsiya yo’nalish bo’yicha ta'lim olish jarayonida kam ishlatiladi, lekin texnik va chop etilgan o’quv materiallari juda keng qo’llaniladi.

Ta'lim vositalari bir-birini to’ldiradi va dars jarayonida uyg’unlashadi. Ta'lim vositalari talabalarning darsni tushunishi, mustaqil ishlashi, o’quv jarayoniga faol qatnashishiga ko’maklashadi.

Kodoskop, proektor shaffof plyonkadagi tasvir (slaydlar)ni ekranga tushirish, aks ettirish uchun qo’llaniladigan jihoz hisoblanadi. U foydalanish uchun qulay, moslashuvchan vosita bo’lib, bir marta tayyorlangan plyonkadan ko’p marta foydalanish mumkin. Doska bo’lmaganda zarur bo’lgan narsalarni flomaster yordamida to’ppa-to’g’ri yozib ko’rsatiladi.

O’qituvchi qaysi vositadan qachon foydalanishi, qanday vositani qo’llashini darsning maqsadi, mazmunidan kelib chiqqan holda oldindan belgilab olishi kerak.

Dars o’tishda keng qo’llaniladigan nisbatan oddiy, bir auditoriyadan ikkinchisiga olib o’tish oson texnik vosita kodoskop va proektor hisoblanadi. Hozirgi paytda kodoskopga nisbatan proektor ko’proq ishlatiladi. Ulardan foydalanishdan avval uning bexato ishlashini, tozaligini, xonada rozetka bor-yo’qligini tekshirish lozim.

Slaydlar taqdimot qilinishidan oldin tartib bilan mantiqiy ketma-ketlikda tayyorlab qo’ygan ma'qul.

O’qituvchi taqdimot jarayonida ekranga qarab emas, balki ta'lim oluvchilarga qarab, nutq tezligiga e'tibor bergan holda gapirishi lozim, ya'ni «ko’z aloqasi»ni saqlab turishi kerak.

Boshqa vositalar kabi proektoming ham o’ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud.

Kodoskop va proektor bilan ishlashning afzalliklari:


  • dars jarayonida doimiy tasviriy kontakt yuz beradi;

  • plyonkalar dars boshlanishiga qadar tayyor bo’lishi mumkin;

  • turli tarzda foydalanishni tashkil qilish mumkin,

  • slaydlarni qo’lda, fotonusxa, kompyuter yordamida tayyor-
    lash va ulardan bir necha marta qaytadan foydalanish mumkin;

  • kerak bo’lmagan qismini yopib qo’yish mumkin;

  • rangli tasvirni qo’llash mumkin;

  • plenkaga yozish, shuningdek, uni darsga tayyorlash ko’p vaqt
    talab qiladi;

  • proektor bilan ishlaganda auditoriya nim qorong’i bo’lishi
    kerak. Buning natijasida ayrim noqulayliklar kelib chiqishi mum-
    kin.

Hozirgi kunda o’quv jarayonida, taqdimot qilishda videoproektordan tobora keng foydalanilmoqda. Undan foydalanish uchim kompyuter qurilmalari zarur. Oldindan tayyorlangan o’quv materiallari va boshqalar videoproektor orqali namoyish qilinadi. U eng yuqori darajada taqdimot imkonini beradi. Namoyish etiladigan materiallarni turli kompyuter dasturlari: Word, Excel, Power Point, Corel Draw va boshqalarda taqdim etuvchining o’zi tayyoriashi yoki professional darajada tayyorlangan elektron darsliklardan foydalanish mumkin. Bunda katta hajmdagi axborotni disket, kompakt disk, fleshka yordamida ko’chirish, bir marta tayyorlab, keragicha foydalanish mumkin.

Eng muhim afzalliklaridan tayyorlangan materiallarni kamchiliklarini tezda tuzatish, zarur o’zgartirishlar kiritish, takomillashtirib borish imkoni borligi, materiallarni kompyuter yordamida turli ko’rinishda tayyorlash mumkinligi, rangli tasvirdan foydalanish, ularai «jonlantirish» va harakatlantirish imkoni mavjudligidir.

Videoproektor albatta boshqa vositalarga nisbatan qimmat, undan foydalanish uchun ko’nikma talab etiladi.

Hozirgi paytda o’quv materiallari, axborotlarni ekranda ko’rsatish imkoni vujudga kelishi va rivojlanishi bilan o’quv jarayonida erishilgan yutuqdan foydalanish keng yoyilib bormoqda. Zamonaviy axborot texnologiyasi kompyuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi. Ularning gurkirab rivoj-lanishi turli axborotlardan samarali foydalanishga qaratilgan jamiyatning rivojlanishiga turtki bo’ldi.

Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 13-fevraldagi majlisidagi ma'ruzasida ta'kidlab o’tilganidek, «Bugungi kunda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, ularni har bir mutaxassislik va sohalar bo’yicha qo’llash imkoniyatlarini izlash, mazkur texnologiyalarni yanada takomillashtirish jarayonlarida ishtirok etish, eng avvalo, bu boradagi bilimlarni beruvchi, targ’ib etuvchi pedagogik kadr va mutaxassislarni taqozo etadi».1

Axborot texnologiyalaribu odamlarning bilimlarini rivojlantiradigan, ularning texnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bo’yicha imkoniyatlarini kengaytiradigan ma'lumotlarni tashkil etish, saqlash, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnik vositalaridir. Yana shuningdek, axborot texnologiyalari deganda, ma'lum bir maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchi faoliyat tushuniladi.

Axborot texnologiyalari, birinchidan, axborotning sirkulatsiyasi va ishlov berish majmui, ikkinchidan, bu jarayonlarning tasviridir.

Zamonaviy axborot texnologiyalami o’quv jarayoniga tatbiq etilishi ta'limda yangicha o’quv metodlarini keng ravishda qo’llashga imkoniyat yaratib beradi. Maxsus ixtisoslashtirilgan auditoriyalar, chunonchi, kompyuter, televizor, videomagnitofon bilan ta'minlangan auditoriyalarda dars o’tish borgan sari ommalashib bormoqda. Hatto uni alohida videometod sifatida talqin etilmoqda. Avniqsa, o’quv jarayoniga kompyuterning kirib kelishi barcha didaktik funksiyalarni muvafaqqiyatli bajarish imkoniga ega videometodni keng qo’llash imkonini beradi. Buning natijasida uni kompleks didaktik texnologiya deb ham atalmoqda. U:


  • talabalarga o’rganayotgan mavzusi, jarayon,
    faoliyat bo’yicha to’liq, ishonchli axborot berish;

  • o’quv jarayonida ko’rgazmalilikning rolini oshirish;

  • talaba, o’quvchilarni xohish, talab, ehtiyojlari, qiziqishlarini
    qondirish;

*o’qituvchining talabalarning bilimini, ko’nikmalarini sinash bilan bog’liq texnik ishlardan ozod qilish, samarali aloqa o’rnatish;

* talabalarni o’zlashtirishi bo’yicha obyektiv hisobot,


to’la va uzluksiz uazoratni tashkil etish imkonini beradi.

Dars jarayonida axborot texnologiyadaridan foydalanishda asosiy o’rinda multimedia turadi. Multimedia komponentlaridan foydalanishni ta'minlovchi dasturiy vositalarni yaratilishi kompyuter texnologiyalarining muhim yutuqlaridan biri bo’ldi. Multimedianing vujudga kelishi amaliyotning talabi, nazariyaning rivojlanigi bilan yuz bergan bo’lsada, keyingi o’n yillikdagi keskin ravishda oldinga ketish eng avvalo texnikaning va tizimli vositalarning rivojlanishi bilan bog’liq. Bu shaxsiy EHMlarning rivojlanishi; xotira hajmini keskin ortishi; tezlik va grafik imkoniyatlarning nihoyatda kengayishi; videotexnika, lazer disk, CD-ROM kabilarda erishilgan yutuqlar hamda ularni keng ommaviy ravishda tatbiq etilishi natijasidir. Ayniqsa, ma'lumotlarni tez va samarali kichraytirish(qisish) metodlarini ishlab chiqish nihoyatda katta rol o’ynadi.

Zamonaviy multimedia-shaxsiy kompyuter to’la «qurollangan» holda displey-televizor bilan birlashtirilgan stereofonik Hi-Fi uy kompleksini eslatadi.

Multimedia tasvirdi ma'lumotlar bilan ishlashga qodir bo’lgan vosita hisoblanadi. U lotincha so’zdan olingan bo’lib, «ma'lumot tashuvchi vosita» degan ma'noni anglatadi.

Multimedia informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika, animatsiya (obyektlarning fazodagi, ekrandagi harakati) jadvallari asosida o’quv materiallarini o’quvchi, talabalarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko’rinishidir.




Multimedia rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: Axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy: matn, jadvallar, bezaklar, grafiklar, diagramma va boshqalar. Original turlar: nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalarni bir dasturiy mahg’ulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya turli qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.

Multimedia vositalari yordamida ishlashning quyidagi afzalliklari bor:



  • berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq
    o’zlashtirish imkoni yaratiladi;

  • ta'lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa yanada
    ortadi;

  • ta'lim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash
    imkoni yaratiladi;

  • ma'lumotlarni vizuallashtirish imkoniyati yaratiladi.

  • olingan bilimlar nisbatan kishi xotirasida uzoq muddat
    saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda qo’llash imkoniga erishiladi.

Shu bilan birga. uni qo’llashning ayrim muammolari ham mavjud. Chunonchi, ta'lim uchun zarur bo’lgan o’quv materiallarini hamda boshqa zaruriy ko’rsatmalarni kompyuter dasturlari tarzida ishlab chiqish;

Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari uchun multimedia elementlarini qo’llash.



POWER POINT dasturi multimedia tayyorlashda juda katta imkoniyatlarga ega. Ulardan foydalanib, turli mavzularda multemidia tayyorlash va dars jarayonida qo’llash keng yoyilib bormoqda. Natijada keyingi paytda alohida videometod sifatida pedagoglar tomonidan ajratib ko’rsatilmoqda.

POWER POINT dasturida mavzuni o’rganish yoki taqdimot materiallarini tayyorlash quyidagi kurslarni o’z ichiga oladi:



  • maqsad qo’yiladi, undan-kelib chiqib g’oya shakllanadi;

  • g’oyani asoslash uchun ma'lumotlar yig’iladi va saralanadi;

  • yig’ilgan ma'lumotlarni ifodalash uchun reja tuziladi;

  • bildirmoqchi bo’lgan fikr matnda ifodalanadi;

  • muvofiq ravishda animatsiya tanlash.

Multimediadan o’quv jarayonida foydtlanishning rivojlanishi turli-tuman multimedia mahsulotlarini, oxir-oqibatda elektron darsliklar paydo bo’lishiga olib keldi. Ikkinchi tomondan, axborot texnologiyalarini rivojlanishi internet tarmoqlaridan keng foydalanishga yo'l ochdi. Shu bilan birga, multimedia vositalaridan keng foydalanishda ayrim obyektiv muammolar ham mavjud. Ulardan eng asosiysi, zarur kompyuter dasturlarining yetishmasligidir.

Qator mavzularni qamrab olgan, real hayotga yaqinlashtirilgan RUSE (AQSh ), MEKOM (Rossiya) va boshqa dasturlar mavjud. Ulardan foydalanib, kompyuterlarda ishlash, talabalar o’rtasida konkurslar o’tkazish mumkin. Lekin hali bizda ana shu dasturlarga o’xshash farmasevtikani o’rganadigan, qo’llangan chora-tadbirlarning natijasini qanday bo’lishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradigan dasturlar yaratilgani yo’q.

Undan tashqari, hozircha bizda farmasevtika fanlardan dars o’tishda qo’llash mumkin bo’lgan o’quv videofimlari juda kam. Lekin ularni talabalar bilan birgalikda yaratish mumkin. Keyingi paytda masofadan o’qitishning borgan sari yoyilib borishi, darslik, qo’llanmalarning elektron versiyalarini yaratilishi, o’qitish jarayonida kompyuterlardan yanada kengroq foydalanishga olib keladi.

Axborot texnologiyalarining, telekommunikatsiyalarni rivojlanishi o’quv jarayonida telekonferensiyalarni kuzatish yoki bevosita muloqot qilish imkoniyatini ham vujudga keltiradi. Telekonferensiyalarni o’tkazish uchun quyidagi apparaturalar: terminallar, televezion kameralar, grafik displeylar, katta namoyish ekranlaridan foydalaniladi. Shuningdek, telekonferensiyalar orqali dolzarb ma-salalar muhokamasini tezkorlik bilan tashkil etish, muhokama uchun istalgan rasmli materiallardan foydalanish, dolzarb masalalarni muhokama qilishda ishtirok etuvchi mutaxassislar doirasini kengaytirish, xalqaro ma'lumotlar banklaridagi istalgan axborotdan foydalanish kabi imkoniyatlar yuzaga keladi.



Nazorat savollari

  1. Texnik vositalardan dars jarayonida foydalanish qanday
    ahamiyatga ega?

  2. Texnik vositalardan o’quv jarayonida foydalanishning qan-
    day afzalligi va kamchiliklari bor?

  3. Darsda videoproektordan foydalanishning qanday ijobiy tomonlari bor, deb o’ylaysiz?

  4. Multimedia nima va nima sababdan hozirda undan keng foydalaniladi?

ADABIYoTLAR RO’YXATI


  1. Tojiboyeva D., Yo’ldoshev A. Mahsus fanlarni o’qitish metodikasi. -Toshkent. Aloqachi, 2009. 567 b.

  2. Mavlonova R., To’rayeva O. Pedagogika. -Toshkent. O’qituvchi, 2001.

  3. Прoфессиональная педагогика. Учебник для студентов обучающихся по педагогическим специальностям и направлениям. -М.: Профессональное образование, 1997.

  4. Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik tehnologiya va pedagogik mahorat. -T.: “Moliya”, 2003.

  5. Sayidahmedov N.Yangi pedagogik tehnologiyalar. -T.: “Moliya”, 2003.


Intеrnеt saytlari


  1. http://www.school.edu.ru.

  2. http://www.inter-pedagogika.ru

  3. www.newhorizons.org.

  4. http://www.pharmax.m/articles.

  5. http://www.pravoteka.ru.


9-10-ma’ruza

Mahsus fanlarni o’qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Reja

  1. Pedagogik texnologiya va unga turli jihatdan yondashish

  2. Pedagogik texnologiyada metodlarning tutgan o’rni.

  3. Mahsus fanlarni o’qitish jarayonida qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalari va ularning ahamiyati.

  4. Ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlarda ulardan foydalanish.

Tayanch iboralar

Mahsus fanlar, o’qitish jarayoni, pedagogik texnologiyalari,ahamiyat,ma’ruza, seminar, amaliy mashg’ulotlar, foydalanish.


Hozirgi vaqtda ta'lim jarayonida o’?itishning zamonaviy mеtodlari kеng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy mеtodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib kеladi. Ta'lim mеtodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kеlib chiqib tanlash maqsad ga muvofiq sanaladi.

An'anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda , unga turli-tuman talabalar faoliyatini faollashtiradigan mеtodlar bilan boyitish talabalarning o’zlashtirish darajasining ko’tarilishiga olib kеladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta'lim bеruvchi tomonidan talabalarning qiziqishini orttirib, ularning ta'lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishi, o’quv matеrialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda Aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo’naltiruvchi matn, loyiha, rolli o’yinlar kabi mеtodlarni qo’llash va talabalarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.

Bu mеtodlarni intеrfaol yoki intеraktiv mеtodlar dеb ham atashadi. Intеrfaol mеtodlar dеganda-talabalarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida talaba bo’lgan mеtodlar tushuniladi. Bu mеtodlar qo’llanilganda ta'lim bеruvchi talabani faol ishtirok etishga chorlaydi. Talaba butun jarayon davomida ishtirok etadi. Talaba markazda bo’lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:

- ta'lim samarasi yuqoriroq bo’lgan o’qish-o’rganish;

- talabaning yuqori darajada rag’batlantirilishi;

- ilgari orttirilgan bilimning ham e'tiborga olinishi;

- o’qish shiddatini talabaning e?tiyojiga muvofiqlashtirilishi;

- talabaning tashabbuskorligi va mas'uliyatining qo’llab-quvvatlanishi;

- amalda bajarish orqali o’rganilishi;

- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.

Mamlakatimizda ta'lim tizimining isloh qilinishi ta'lim jarayonini ilg’or-jahon tajribasidan kelib chiqqan holda tashkil etishni taqozo qiladi. Fan-texnika taraqqiyoti texnologiyani fan sifatida o’rganishni, keyinchalik esa o’quv jarayonini ham texnologiyalashtirishga olib keldi.

Hozir mamlakatlar o’rtasidagi farmasevtik raqobat — fan, texnika va texnologiya sohasidagi raqobatga aylandi. Demak, raqobat intellektual mohiyat kasb etib, ta'lim sohasidagi raqobatga aylanmoqda desak xato bo’lmaydi.

Biroq respublikamizda ta'lim tizimini isloh qilishga, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta'minlashga doir o’tkazilayotgan islohotlar avvalgi talim tizimining ijobiy tomonlaridan tamomila voz kechish degani emas. Barcha sohada, jumladan, ta'lim tizimida ham avvalgi erishilgan ilmiy potensialga tayanish, ma'naviy merosni amaliyotga tatbiq etish, ijobiy jihatlardan foydalanish zarur. Asosiy maqsad — zamonaviy talab darajasida yoshlarimizni tarbiyalasli, ijodiy fikrlay oladigan malakali mutaxassislar tayyorlashdir. Bu esa, o’z navbatida, ta'lim jarayoniga boshqacha nazar bilan qarashni talab etadi. Mamlakatimizda ta'lim tizimida qator kamchiliklar mavjud bo’lib, u o’z navbatida zamon talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga to’sqinlik qila boshladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining kamchiliklar va muammolar qismida ko’rsatib o’tilgan. Ushbu dasturiy hujjatda mamlakatimizda uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilinmagani, amaldagi ta'lim tizimi zamonaviy taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi, mutaxassislar tayyorlash, ta'lim-tarbiya tizimi jamiyatda bo’layotgan islohot, yangilash jarayonlari, bozor talablari bilan bog’lanmagani, mavjud umumta'lim va kasb-hunar dasturlari o’rtasida uzviylik, vorisiylikning yo’qligi sababli, tayanch va o’rta maktab bitiruvchilarida kasbga yo’naltirilganlik va mehnat faoliyati ko’nikraalari shakllantirilmagani, o’quv jarayoni bilim darajasi o’rtacha bo’lgan talabalarga mo’ljallangan bo’lib. ta'limning iqtidorli yoshlar bilan yakka tartibdagi o’quv dasturlari bo’yicha ishlash kabi mexanizmlaridan yaxshi foydalanilmagani ta'kidlangan.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida: «Maktablarda va boshqa o’quv yurtlarida ta'lim jarayonining o’zidagi va o’qitish metodidagi har xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli muhit shunga olib keladiki, talabalarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qolyapti, oqilona hayotiy yechimlar qabul qilish uchun yetarli tayyoigarlik yo’q», — deyiladi.

Ana shu kamchiliklarni hisobga olgan holda Milliy dasturni amalga oshirishning birinchi kursidayoq pedagog va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash hamda ularni malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish masalasi qo’yilgan.

Ikkinchi kursda esa ta'lim muassasalarini moddiy-texnika va axborot olish bazasini mustahkamlashni davom ettirish bilan birga o’quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlanishi amalga oshirilishi va keyingi kursda ham davom ettirilishi ko’zda tutilgan edi.

Ma’lumki, sobiq Ittifoqda 1917-yil ta'lim tizimi tubdan isloh qilinib, bolalarning millati, jinsi, ijtimoiy va moddiy ahvolidan qafi nazar tekin bilim olish imkoni yaratilib, 1936-yilga kelib yoppasiga savodxonlik tiklangan edi. Shuning uchun ham fan-texnikada, ayniqsa, atom, kosmik tadqiqot sohalarida katta yutuqlarga erishildi. Yerning birinchi sun'iy yo’ldoshi uchirildi, kosmosga birinchi inson parvoz qildi.

Mamlakatimizda bir tomondan, qator sabablarga ko’ra ta'lim sohasida yo’qotilgan ilgarigi mavqeini tiklash, ikkinchi tomondan, rivqjlangan mamlakatlar qatoridan o’rin olish uchun ta'lim samaradorligini oshirish, buning uchun esa chora-tadbirlar belgilash zarur edi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi bilan ana shu zaruriyatga alohida diqqat qaratila boshlandi. Aynan ana shu zaruriyat tufayli Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi va uni amalda qo’llash taklifi kiritildi.

Ta'lim jarayonini jahon tajribalari asosida tashkil qilish, talabalarni mustaqil fikrlashga o’rgatishga ahamiyat berila boshlandi. Respublikamizda ham ta'lim jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishga e'tibor berish boshlandi. Pedagogik texnologiya deganda nimani tushunishimiz kerak degan savolga javob berish uchun avvalo texnologiya so’zining ma'nosini bilib olishimiz kerak.

«Texnologiya» — yunoncha techne va logos so’zlaridan olingan bo’lib, mahorat, so’z, ta'limot ma'nosini anglatadi. Odatda, texnologiya ishlab chiqarishga nisbatan qo’llanilgan. Texnologiya deganda mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyo, ma-teriallar, yarim fabrikatlarga ishlov berish yoki qayta ishlash yo’llari, usullari tushunilgan. Fan-texnika taraqqiyoti tufayli texnologiya ham takomillashib borgan.

G’arb davlatlarida asosan, AQShta pеdagogik tеxnologiyaning yuzaga kеlishiga asosiy sabablar, zamonaviy talabalarning diqatini jalb qilish, an'anaviy dars mеtodlari bilan ularni dars jarayoniga qiziqtirish qiyinlasha boshladi, chunki yangi avlod (ayniqsa O’zbеkiston mustaqillikka erishgandan so’ng, mamlakatimizda yuz bеrayotgan ijobiy-dеmokratik o’zgarishlar) -bizning yoshlarimizda ham, chеt ellardagi yoshlarda xam axborotlarning ko’pchiligi natijasida pеdagoglar oldingi usullar bilan oquvchilarni qiziqktira olmasdan qoldilar. Bizning fikrimizcha, bu yеrda o’quvchilarga har kuni ta'sir etayotgan, ularning xis-tuyg’usini qamrab olayotgan TV, kino va videofilmlap haqidagi o’tgan asrning ya'ni XX asrninng 50 – yillarida mashhur olim va pеdagog Sеlеstеn Frеnе shunday yozgan edi.

Bu masalaning bir tomoni bo’lsa, masalani ikkinchi tomoni asrimizning boshida yashab o’tgan nеmis pеdagogi Rudolf Shtеynеr an'anaviy dars haqida shunday yozgan edi: «Faqat eshitish va ko`rish mеtodi bilan ta'lim olgan o`quvuchilar juda passiv zotlarga aylanadilar. Ular hayotiy fazilat oldida ojiz bo`ladilar» dеb ta'kidlashi bu kunda juda ham dolzarbdir.

Dеmak, axborot manbalari (o`qituvchi-profеssor; TV; vidеofilmlar va boshqa audio vizual vositalar ) o`rtasida raqobat kеtayotgan ekan, talabaning diqqatini o`ziga jalb eta olish, qiziqishi va motivlarini darsga yo`naltirish uchun dars jarayonida yangi mеtodlardan foydalanish, ularni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish ehtiyoji yuzaga kеladi.

Ilg`or pеdagogik tеxnologiyalarga asoslangan dars jarayonida o`qituvchining vazifasi go’yoki tеatrdagi rеjissyor kabi bo’lib, u dars jarayonini «saxna»ni boshqarish va yordam bеrishdan iborat. Talabalarni birgalikda faoliyat ko`rsatishga o’rgatish ham ushbu murakkab vazifaning asosiy qismidir

Ilg’or pеdagogik tеxnologiya-muayyan muddatga mo’ljallangan, ta'lim jarayoni ko’proq ta'lim oluvchi shaxsiga qaratilgan, faollashtiruvchi mеtodlar va zamonaviy ta'lim vositalaridan foydalangan holda o’quv maqsadiga erishishni kafolatlaydigan ta'lim bеrish jarayonidir.

Inson voqеlik to’g’risidagi dastlabki ma'lumotlarni ko’rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish, tuyish kabi sеzgilar orqali qabul qiladi. Sеzgilar orqali qabul qilingan ma'lumotlar miyada muayyan xususiyatlariga ko`ra yaxlit holga, ma'lum bir tizimga olib kеlinishi, ya'ni ma'lumotlar idrok qilinishi lozim bo’ladi. Axborotlarning uzviyligi va davomiyligini ta'minlashga xizmat qiluvchi bu jarayon ularni xotirada saqlash va zarur holatlarda qayta esga tushirishdan iborat bo`ladi. Ma'lumotlarni qabul qilishda qanchalik ko’p sеzgi organlari qatnashsa, uni idrok etish, o`zlashtirish va xotirada saqlash shunchalik oson kеchadi. Ikkinchi tomondan, har bir kishida qaysidir sеzgi organlari ko’proq, qaysilaridir kamroq rivojlangan bo’ladi

Shu bois, ta'lim jarayonida nazariy bilim va amaliy konikmalarni shakllantirish, o’quv matеriallarini turli ko’rinishlarda, turli sеzgi organlari orqali qabul qilinishi va idrok etilishini ta'minlash – ta'lim samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Butun dunyoda ta'lim jarayonida qo’llaniladigan pеdagogik tеxnologiyalarning 100 dan ortiq mеtodlari mavjuddir.

Har qanday holatda ham nazariy dars jarayonida, masalan faqat ma'ruza o’tiladigan vaqt taxminan 20 daqiqadan oshmasligi kеrak. Chunki o’rganishning dastlabki 20 daqiqasi eng samarali, 20 daqiqadan kеyin esa o`rganishni davom ettirish motivatsiyasi tеzda pasaya boshlaydi. Bu hamma takliflar ta'lim oluvchining diqqatini uzoqroq vaqtgacha saqlab turishga xizmat qiladi.

Misol tariqasida, 80 daqiqaga mo’ljallangan o’quv matеrialini muayyan kеtma-kеtlikdagi turli mеtodlarni uyg’unlashtirish yordamida uzatish kеltirilgan.



Ta'lim oluvchi diqqatining vaqtga nisbatan o`zgarib borishi

Yuqoridagi chizmaga ko`ra, yangi mavzuning bayoni 20-25 daqiqalik ma'ruzadan boshlanishi, so`ng esa 15-20 daqiqa ma'ruza qilingan o’quv matеrialini vizuallashtirish, ya'ni unga doir ko’rgazmali matеriallar asosida tushuntirish, 10-15 daqiqa davomida esa, unga doir biror tajribani namoyish qilish yoki biror misolni tahlil qilish va oxirida 20-25 daqiqa davomida o`quv matеrialini mustahkamlashga qaratilgan mustaqil yoki guruhiy amaliy mashq o’tkazish tavsiya etiladi. Shuning uchun, nazariy o’quv matеrialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, har 20 daqiqa davomida turli ta'lim mеtodlaridan foydalanib uzatish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Ta'lim mеtodlaridan bunday uyg’unlikda va kеtma-kеtlikda foydalanish natijasida, nafaqat ta'lim oluvchilarning diqqatini jalb etish darajasini oshirish, balki ta'lim samaradorligini oshirishga ham erishish mumkin.

Barcha mеtodlar o’quv matеrialining didaktik vazifasi, shart-sharoitlar va vaqtni e'tiborga olgan holda tanlanadi. To’g’ri tanlangan uyg’unlashgan mеtodlar talabaning diqqatini uzoqroq saqlab turish va uning faolligini oshirish imkoniyatini bеradi. Bu esa o’z navbatida ta'lim samaradorligining oshishiga olib kеladi.

Idrok qilish paytida qancha ko’p sеnsorik (sеzgi) kanallardan foydalanilsa, esda olib qolingan bilimlarning miqdori va sifati shunchalik yuqori bo’ladi. Talabalarning esda saqlab qolish darajasiga sеzgi organlarining ta'siri kеltirilgan.





BILAMAN

BILIShNI XOXLAYMAN


BILIB OLDIM

1

2

3

1

2

3

1

2

3



Инсерт

  • V-bilaman (-)- to’g’ri kеlmadi

  • (+) –yangi axborot ( ? )- tushunmadim

V

+

-

?














Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin