Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
5.3. Bank ushbu bilan Ariza kontekstida Mijozning aybi bilan yuzaga kelgan xatoliklar
uchun javobgar emas;
5.4. Bank Mijozning Bankdan xarid qilingan valyuta mablag‘laridan
keyinchalik
foydalanishi yoki Mijozning kontragentlari/bank kontragentlariga siyosiy-iqtisodiy
sanksiyalar belgilanishi tufayli foydalana olmasligi uchun javobgar emas.
6. KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH BO‘YICHA HOLATLAR
6.1. Mazkur Shartlar bo‘yicha o‘zining mos keluvchi majburiyatlarini bajarganda, Mijoz
O‘zbekiston Respublikasining 03.01.2017-yildan "Korrupsiyaga
qarshi kurash
to‘g‘risida"gi Qonuni, AQSH ning xorijda korrupsiya amaliyotiga qarshi kurash
to‘g‘risidagi Federal qonuni, (FCPA) va O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanadigan barcha
boshqa qonun va qoidalari hamda istalgan boshqa mamlakatlarning qo‘llanadigan
qoninchiligiga rioya qilishga roziligini bildiradi (keyingi o‘rinlarda - Qo‘llanadigan
antikorrupsiya qonunchiligi). Yuqirida kelritilganlarni hech qanday yo‘l
bilan
cheklamasdan, Mijoz istalgan davlat xizmatchisi, xalqaro ijtimoiy tashkilot yoki istalgan
siyosiy partiyaning mansabdor shaxsini (bu xoh davlat xizmatchisi yoki xususiy shaxs yoki
Bank xodimi bo‘lsin) istalgan shaxsga biznesga ega bo‘lish yoki uni saqlab qolishga
ko‘maklashishi maqsadida har qanday qarorlarni qabul qilishga
undash yoki istalgan
Tomonga mazkur Shartlarda yengillik beradigan har qanday boshqa harakatlarni amalga
oshirish maqsadida dunyoning biror bir mamlakatida bevosita yoki uchinchi shaxslar
yordamida pul mablag‘larini to‘lamaslik yoki qimmatbaho
buyumlarni bermaslik,
to‘lashni va'da qilmaslik yoki bunga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini oladi.
6.2. Mijozning talabi bo‘yicha Bank yuqorida keltirilgan qoidalarga rioya qilinganligini
yozma tasdiqlashi hamda Mijozda mazkur hujjatlar hamda ushbu Umumiy shartlarni Bank
talablariga muvofiq ijro etish bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan istalgan oqilona
savollariga javob berishi lozim.
6.3. Bank va Mijoz mazkur Umumiy shartlarni ijro qilish maqsadida, shuningdek Mijoz
bilan xorijiy valyutani sotib olish-sotish bo‘yicha
oldinroq imzolangan barcha
shartnomalarni (keyingi o‘rinlarda Kelishuv) ijrosini bajarish davomida,
Mijoz mazkur
Umumiy shartlarni bajarishi natijasida olingan barcha mablag‘lar Qo‘llanadigan
antikorrupsiya qonunchiligi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga zid
maqsadlarda ishlatilmasligi yoki ishlatilmaganligini tasdiqlashi to‘g‘risida kelishib olishdi.
6.4. Mijoz mazkur Shartlarni 3-moddasida keltirilgan majburiyatlarini bajarmaganligiga
tegishli yoki bu bilan bog‘liq istalgan da'vo, zarar, xarajat va boshqa xarajatlarni qoplash
to‘g‘risida talablardan kelib chiquvchi Bankning barcha
zararini qoplab berish
majburiyatini oladi.
Dostları ilə paylaş: