"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

8. FORS-MAJOR
8.1. Bank va Mijoz mazkur Umumiy shartlardan kelib chiquvchi o‘z majburiyatlarini 
bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi, agar 
lozim darajada bajarish yengib bo‘lmas kuch sharoitlari: tabiiy ofatlar, ish tashlashlar
fuqarolik tartibsizliklari, urush, xalqaro blokirovka qiluvchi sanksiyalar yoki Bank va 
Mijozning istagiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa biror sharoitlar, shu jumladan O‘zbekiston 
Respublikasining qonunchiligida o‘zgarishlar yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining hujjat/ko‘rsatmalar e'lon qilish/qabul qilinishi oqibatida imkonsiz bo‘lsa; 
8.2. Mazkur Umumiy shartlarda ko‘rsatilgan majburiyatlari tufayli mazkur Umumiy 
shartlar bo‘yicha majburiyatlarini ijro etishi imkonsiz bo‘lgna Tomon kechiktirmasdan 
boshqa tomonni yozma shaklda xabardor qilishi va boshqa Tomonning talabiga ko‘ra fors-
major sharoitlarning yuzaga kelishi va/yoki tugashini tasdiqlovchi dalillarni taqdim qilishi 
shart. Keltirilgan sharoitlar yuzaga kelganligi va davomiyligining dalili vakolatli organ 
tomonidan berilgan yozma hujjatlar bo‘la oladi; 
8.3. Mazkur Umumiy shartlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib bo‘lmas 
kuch sharoiti, shuningdek ushbu sharoitlar keltirib chiqargan oqibatlar ta'sir qilgan vaqt 
muddatigacha uzaytiriladi; 
8.4. Agar yengib bo‘lmas kuch sharoiti yoki ularning oqibatlari 3 oydan ortiq davom etsa, 
unda Tomonlar mazkur Umumiy shartlarda ko‘zda tutilgan xizmatlar ko‘rsatilishini davom 
ettirish uchun qanday choralar ko‘rishni muhokama qilishadi; 
8.5. Bank mazkur sharoitlar bo‘yicha quyidagi holatlarda javobgarlikka ega bo‘lmaydi: 
-
Elektron to‘lovlarning banklararo tizimida uzilishlar kuzatilganida; 
-
Mijoz hujjatlarni rasmiylashtirganda u yo‘l qo‘ygan xatoliklar natijasida, Mijozning 
aybi bilan to‘lovlar kechikkanida; 
-
Bank yoki Mijozning hisobvaraqlarida qonunchilikda belgilangan tartibda operatsiyalar 
xatlangan va/yoki to‘xtatib turilganida va/yoki ishga solmay to‘xtatib turilganida; 
-
Bankning Kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini Bankka bog‘liq bo‘lmagan sabablarga 
ko‘ra va fors-major sharoitlari yuzaga kelgan holatda bajarish imkonsiz bo‘lganida; 
8.6. Bank o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sharoitlar tufayli xorijiy valyutani sotib olishga Arizani 
(arizalar) ijro qilmaganligi uchun javobgar emas. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin