Bank (plastik) kartasi - onlayn rejimda ishlaydigan, O‘zbekiston Respublikasi banki tomonidan
emissiyalangan va uning egasiga bank hisobvarag‘i (karta-hisobvarag‘i) bo‘yicha operatsiyalarni
amalga oshirish imkoniyatini ta'minlovchi to‘lov kartasi.
Merchant API - Mijozlarga (Sotuvchi/internet-do‘konlar, xizmatlar yetkazib beruvchilar)
Foydalanuvchilardan (xaridorlar, to‘lovchilar, iste'molchilar):
•
bank kartalari;
•
elektron hamyon;
•
bir onda to‘lash terminallari orqali to‘lovlar
•
iOS va Android uchun ilovalar
•
WEB-Ilovalar yordamida to‘lovlarni qabul qilish imkonini beruvchi dasturiy interfeys.
Merchantning kabineti - Mijozga to‘lov ma'lumotlaridan foydalanish, shuningdek statistikani
kuzatish, hisobotlarni rasmiylashtirish va virtual g‘aznalarni boshqarish imkonini beradigan veb-
ilova.
E-POS Terminal - ABT (Avtomatlashtirilgan Bank Tizimi) bank tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan
Mijozning (tovarlar va xizmatlar/ishlar yetkazib beruvchisi) virtual terminali.
Moslashuvchan to‘lovlar - bir nechta yetkazib beruvchilarni birlashtiruvchi internet-
maydonlarda to‘lovlar qabul qilish.
1. UMUMIY QOIDALAR 1.1. Bank, Mijoz tomonidan to‘lov amalga oshirilgan holatda, quyidagi xizmatlar (keyingi
o‘rinlarda - Xizmatlar) ko‘rsatilishini ta'minlaydi:
-
Mijozning tovarlar va xizmatlar/ishlari uchun To‘lovchining bank kartasidan elektron to‘lovlar
bo‘yicha ma'lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash uchun Mijozni Tizimda ro‘yxatga olish;
-
Mijozning mazkur Umumiy shartlar bo‘yicha Xizmatlar ko‘rsatish maqsadida ochiladigan E-
POS Terminalini ro‘yxatga olish va unga xizmat ko‘rsatish;
-
Mijozning hisobvarag‘iga pul mablag‘larining o‘z vaqtida va to‘liq tushishini ta'minlash.
Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
1.2. Bunda Mijozning Merchant API orqali Tizimga texnik ulanishi O‘zR TIF Milliy banki texnik
mutaxassislarining yordami bilan amalga oshiriladi.