"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

2.
 
HISOB-KITOBLARNI RO‘YXATGA OLISH VA O‘TKAZISH TARTIBI 
2.1. Mijozning Tizimda identifikatsiyasi uning kodi va elektron raqamli imzosi (matn bo‘yicha 
keyingi o‘rinlarda - ERI) yordamida amalga oshiriladi. ERI ni qo‘llash tartibi O‘zbekiston 
Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan aniqlanadi. 
2.2. Tizimda ro‘yxatdan o‘tish uchun Mijoz Bankning ofisiga qog‘ozda ariza topshiradi yoki 
masofadan ro‘yxatdan o‘tish uchun Tizimning WEB-servisida ariza to‘ldiradi (resurs: 
www.nbu.uz
). 
2.3. Bankka uning rasmiy saytida (
www.nbu.uz
) e'lon qilingan Bank Tariflariga muvofiq 
xizmatlar uchun mukofot beriladi. 
2.4. Xizmatlar uchun to‘lov miqdori Bank Tizim orqali amalga oshirgan savdo operatsiyasi, shu 
jumladan Tizimda tanlangan mahsulotga bog‘liq ravishda barcha soliqlar, yig‘imlar, ajratmalar 
qo‘shilagan summaga foiz nisbatida beriladi (to‘lov qabul qilishning texnik usuli). 
2.5. Makur Umumiy shartlar bo‘yicha to‘lovlar To‘lovchi tomonidan Bankning hisobvarag‘iga 
so‘mlarda amalga oshiriladi. 
2.6. Xizmatlarning narxi qat'iy hisoblanadi va Tomonlar mazkur Umumiy shartlarga Qo‘shimcha 
rasmiylashtirib rozilik bildirishganida o‘zgartirilishi mumkin. 
2.7. Oy yakunida Bank Mijozga ko‘rsatilgan xizmatlar bayonnomasini yuboradi. Mijoz 
ko‘rsatilgan xizmatlar Bayonnomasini olgan kundan 5 bank kunidan kechiktirmasdan 
Bankka yo imzolangan ko‘rsatilgan xizmatlar Bayonnomasini, yoki asosli bekor qilish xatini 
yuborishi shart. 
2.8. Bank Mijozdan ko‘rsatilgan xizmatlar Bayonnomasini imzolashda asosli bekor qilish xati 
olgan holatda 3 (uch) ish kuni ichida buzilishlar sababini aniqlash uchun Bank va Mijozning, 
zarurat bo‘lganida Tizim egalarining vakillaridan tashkil topgan komissiya tuziladi. 
Aniqlanish yakunlanganidan so‘ng komissiya bayonnoma rasmiylashtiradi, shu asosda yo 
buzilish bartaraf etiladi yoki Mijoz ko‘rsatilgan xizmatlar Bayonnomasini imzolaydi. 
2.9. Mazkur Umumiy shartlar bo‘yicha xizmatlar taqdim etishilishini to‘xtatish/xizmatlardan 
bosh tortish holatida qayta hisoblash va to‘lov masalalari Tomonlarning kelishuvi bo‘yicha 
yoki belgilangan tartibda Toshkent sh. Tumanlararo iqtisod sudi orqali hal qilinadi. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin