Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
qonunchilik bilan aniqlangan tijorat, kasbiy, xizmat, shuningdek boshqa sirlarni tashkil etuvchi
shaxsiy ma'lumotlar, hisobchi va moliya ma'lumotlari, to‘lov operatsiyalarini
amalga oshirish
to‘g‘risida ma'lumot, axborot, telekommunikatsiya va to‘lov tizimlarining sozlamasi uchun
boshqaruv ma'lumotlari kiradi. Maxfiy ma'lumot undan noqonuniy yo‘l
bilan foydalanishdan
himoyalanishi, shuningdek uning yaxlitligi ta'minlanishi, saqlanishi hamda o‘z vaqtida taqdim
etilishi lozim.
5.2. Mazkur Umumiy shartlarga muvofiq Maxfiy ma'lumotni qabul qiluvchi tomon ("Qabul
qiluvchi tomon") shunday ma'lumotni taqdim qilgan tomonning oldindan yozma roziligini
olmasdan,
(I)
Maxfiy ma'lumotning biror-bir qismidan mazkur Umumiy shartlarda ko‘zda
tutilmagan maqsadlarda foydalanmaydi,
(II)
Maxfiy ma'lumot yoki uning bir qismini Qabul qilgan tomonning (shuningdek
ikkilamchi pudratchi) mazkur Umumiy shartlarda ko‘zda
tutilgan maqsadlarda
Maxfiy ma'lumotdan foydalanishi asosli zarur bo‘lgan va mazkur Umumiy
shartlarning tomoni kabi Maxfiy ma'lumotlarning saqlanishini ta'minlashga rozilik
bildirgan xodimi va maslahatchisi hisoblanmagan biror-bir
shaxs yoki tashkilotga
taqdim etmaydi,
(III)
Maxfiy ma'lumotdan noqonuniy foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi.
5.3. Qabul qiluvchi tomon Maxfiy ma'lumot yoki uning bir qismini oshkor qilganligi uchun
javobgar bo‘lmaydi, agar u ushbu Maxfiy ma'lumot
(I)
u qabul qilingan vaqtda jamoat mulki hisoblanganligi yoki u bunday holatga Qabul
qiluvchi tomonning aybi bilan kelmaganligini;
(II)
Qabul qiluvchi tomonga uni qabul qilib olishidan oldin oshkor bo‘lganligi yoki uning
ixtiyorida bo‘lganligini;
(III)
Qabul qiluvchi tomonga Maxfiy ma'lumot saqlanishini ta'minlash bo‘yicha
majburiyatlar
buzilishi kuzatilmagan holda, Qabul qiluvchi tomon hisoblanmagan
manbadan oshkor bo‘lganligini isbotlay olsa.
5.4. Agar Qabul qiluvchi tomon qonunchilik bilan Maxfiy ma'lumotni oshkor qilish talab etish
vakolati berilgan davlat hukumati organlariga biror-bir Maxfiy ma'lumotni qonun bo‘yicha
oshkor qilishga majbur bo‘lsa, bunday Tomon Taqdim etuvchi tomonni ushbu faktdan zudlik
bilan yozma ravishda xabardor qilishi shart. Bunda, Taqdim etuvchi
tomon lozim darajada
xabardor qilingan holatda mazkur bandga muvofiq Maxfiy ma'lumotni oshkor qiladigan Qabul
qiluvchi tomon Maxfiy ma'lumotni oshkor qilmaslik to‘g‘risida o‘z majburiyatlarini buzgan
hisoblanmaydi. Bunday harakatni amalga oshirganda Qabul qiluvchi tomon Maxfiy
ma'lumotning himoyasini ta'minlash uchun unga bog‘liq barcha harakatlarni amalga oshirish
majburiyatini oladi.
5.5. Maxfiy ma'lumot Taqdim etuvchi tomonning mulki hisoblanadi va uning talabiga ko‘ra, u
mazkur Umumiy shartlarda ko‘zda tutilgan maqsadlar uchun keraksiz bo‘lganidan so‘ng shu
tomonga zudlik bilan qaytarilishi yoki Qabul qiluvchi tomon yoki mazkur bo‘limning qoidalariga
muvofiq Qabul qiluvchi tomonidan shunday Maxfiy ma'lumot taqdim qilingan biror-bir boshqa
tomon yaratgan barcha nusxalar bilan birga yo‘q qilinishi lozim.
Dostları ilə paylaş: