Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
"O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy
faoliyat milliy banki" AJ da yuridik shaxslar
va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks
bank xizmatlarini ko‘rsatish Shartnomasiga
2-ILOVA
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning
hisob raqamlariga xizmat ko‘rsatishning
UMUMIY SHARTLARI (matnda - Shartlar)
1.
FOYDALANILGAN TERMIN VA ATAMALAR
Bank hisobvarag'i
–yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning naqd pulsiz hisob-
kitoblarda ishtirok etishlari va/yoki maqsadli foydalanish uchun pul mablag'larini jamlash
maqsadida ochilgan xisobvaraq. Mazkur shartlarda bank hisobvarag'i deganda asosiy va boshqa
depozit hisobvaraqlar tushuniladi.
Asosiy hisobvaraq
– mijozning davlat ro'yxatidan o'tganidan so'ng birinchi marta milliy valyutada
ochilgan talab qilib olinguncha depozit hisobvarag'idir.
"I-bank" tizimi
– masofaviy bank xizmatlari tizimi bo'lib, bank va mijoz o'rtasidagi
munosabatlarni avtomatlashtirishga mo'ljallangan, pul mablag'larini boshqarishning tezkorligini
hamda bank operasiyalarini sifatli qayd qilinishini ta'minlaydi.
Dostları ilə paylaş: