Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
3.2.12. Mijoz yoki operasiya qatnashchilaridan birining barcha identifikasiya ma'lumotlari maxsus
vakolatli davlat organi vakillari tomonidan shakllantirilgan ro'yxatga kiritilgan shaxsning
ma'lumotlari bilan to'liq mos kelgan taqdirda tijorat banki bu operasiyani kechiktirmasdan va
oldindan xabar qilmasdan to'xtatib turadi (yuridik yoki jismoniy shaxsning hisobvarag'iga tushgan
pul mablag'larini hisobga kiritish bo'yicha operasiyalar bundan mustasno) va (yoki) pul
mablag'larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to'xtatib qo'yadi.
3.2.13. Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish
bo'yicha ichki nazorat qoidalari (O'R AV 23.05.2017 yilda 2886-son bilan ro'yhatga olingan)ning
62-bandiga muvofiq, bajarilgan operasiyalarning qonuniyligi haqida mijoz yozma tushuntirish
bergunga qadar, bank tomonidan ushbu xizmatni ko'rsatishni to'xtatib turish, yoki xizmat
ko'rsatishni rad etishga xaqli.
3.2.14. Bank halqaro operasiyalarni amalga oshirmaslik huquqiga ega, agarda bankda ushbu
operasiyani amalga oshirayotgan Korrespondent bankning bunday operasiyani amalga oshirmaslik
talabi mavjud bo'lganda.
Dostları ilə paylaş: