Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
cheklanmagan holda, tegishli ro'yxatlar, shu jumladan OFAC, EU Sanctions Map i OFSI, SDN i
CAPTA ro'yxatlari). Bunda bank tomonidan mijozning topshiriqlari /ko'rsatmalarini
bajarmaganligi uchun mijozning o'zi xamkorlari oldida yakka tartibda javobgar bo'ladi.
- Mijozning hisobvarag'iga har qanday sanktsiya ro'yxatidagi shaxslardan mablag'lar kelib tushgan
taqdirda yoki xo'jalik yurituvchi subektlar tomonidan shartnoma va tashqi savdo operasiyalari
bo'yicha yagona axborot tizimiga (va boshqa davlat tizimlariga) kiritilgan ma'lumotlar o'rtasida
tafovutlar aniqlanganda, shuningdek, mijoz tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga
muvofiq talablar bajarilmaganligining boshqa holatlari mavjud bo'lganda, bank kelib tushgan pul
mablag'larini holatlar aniqlanguniga qadar mijozning tranzit xisobvarag'iga o'tkazishga va olingan
mablag'larni uni yuborgan shaxsga qaytariga xaqli.
Bank mijozning transchegaraviy o'tkazmalarini amalga oshirganda, bank komplaens nazoratini
amalga oshirish uchun zarur bo'lgan xujjatlarni talab qilishga haqli.
Mijozning topshiriqlari bank tomonidan quyidagi hollarda bajarilmaydi:
- agar topshiriqda qalbakilashtirish, tuzatishlar, qo'shimchalar va dog'lar belgilari mavjud bo'lsa,
shu jumladan ko'rsatma ruxsatsiz to'lovlardan himoya qilish tartibini buzgan holda topshirilgan
bo'lsa;
- pul o'tkazish yo'riqnomasini tuzish va taqdim etish tartibiga ko'yiladigan talablarga va (yoki)
O'zbekiston Respublikasi qonun xujjatlarida va (yoki) shartnoma shartlarida belgilangan boshqa
talablarga, shu jumladan rekvizitlarni to'liq ko'rsatmaslik; pul oluvchining ma'lumotlarini noto'g'oi
ko'rsatish;
- so'ralgan xujjatlar, shu jumladan valyuta nazorati va moliyaviy monitoring sub'ekti sifatida bank
tomonidan talab qilinadigan xujjatlar bank tomonidan belgilangan muddatda taqdim etilmaganligi;
- amaliyotning O'zbekiston Respublikasining amaldagi konunchiligiga va/yoki ushbu
shartnomaga zidligi;
- vakolatli organlarning chiqim operasiyalarini to'xtatib turish to'g'risidagi farmoyishi, ta'qiq
mavjudligi;
- ruxsat etilmagan to'lovni aniqlash, shuningdek benefisiar foydasiga o'tkazilgan pul mablag'larini
olishning noqonuniyligi to'g'risidagi asosli faktlar aniqlangan va tasdiqlangan hollarda;
- tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish
bo'yicha ichki nazorat qoidalarida nazarda tutilgan hollarda;
- agar mijoz halqaro sanktsiyalar talablarini buzsa va/yoki bank mijozning halqaro sanktsiyalar
talablarini buzish niyatidan xabardor bo'lsa;
- agar bankda hisobraqamdan halqaro sanktsiyalar talablarini buzgan holda foydalanilmoqda deb
hisoblash uchun asoslar mavjud bo'lsa;
- mijozga va (yoki) uning filiallariga qarshi har qanday mamlakat (masalan, OFAS) yoki halqaro
tashkilot (shu jumladan, FATF va BMT) yurisdiktsiyasiga muvofiq kiritilgan sanksiyalar
mavjudligi;
- bank mijozning ushbu shartlarda ko'rsatilgan majburiyatlarga zid bo'lgan operasiyalari
aniqlangan taqdirda, bunday mablag'larni o'tkazish bo'yicha majburiyatlarni bajarmaslikka haqli.
Mijozning pul mablag'larini o'tkazish to'g'risidagi topshirig'ini bajarish munosabati bilan bankka
jarimalar (boshqa mulkiy/nomulkiy sanktsiyalar) qo'yilgan taqdirda, mijoz bankka qo'llanilgan
sanktsiyalar tufayli bankka etkazilgan har qanday zararni to'lash, shuningdek, bunday jarimalarni
qoplash majburiyatini oladi.
Dostları ilə paylaş: