"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

Elektron identifikator
- Tizimda Mijoz va Bank o'rtasida elektron hujjatlar almashinuvini 
amalga oshirishda generatsiyalangan ERI Kalitlarini saqlash va hujjatlar ostida ERI shakllantirish 
uchun mo'ljallangan, interfeyyli ixtisoslashtirilgan apparat qurilmasi, ("ePass" himoyalangan 
USB-token), 
Shifrlash
- ma'lumotlarni (elektron hujjatlar) Mijoz va Bank o'rtasida kommunikatsiya aloqa 
liniyalari bo'yicha yuborishda ularning noqonuniy o'qishdan himoyalanishini ta'minlash.
 
Tizim bilan ishlash qoidalari
- Tizimning joriy versiyasi bilan to'g'ri ishlash usullarini 
ta'riflovchi, qog'oz yoki elektron ko'rinishdagi, jarayonlar, Tizim foydalanuvchining funksional 
majburiyatlari ta'riflangan yo'riqnomalar to'plami. Shartlarlar Tizim versiyasida o'zgarishlar 
bilan bog'liq ravishda o'zgarishi mumkin. 
Mijoz resursi
- Bankda saqlanadigan Mijoz, uning hisobvaraqlari, qoldiqlari, aylanmalari, 
to'lov hujjatlari, xatlari, foydalanuvchilar, sozlamalar, huquqlar va Mijozning profili to'g'risidagi 
ma'lumotlar.
 
1.
 
SHARTLAR PREDMETI
 
1.1. 
Ushbu Ibank dasturiy kompleksi orqali Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning Umumiy 
shartlarning (keyingi o'rinlarda - Shartlar) maqsadi Bank tomonidan ommaviy oferta 
Shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladigan Mijozga xizmat ko'rsatish tezkorligini oshirish 
hisoblanadi.
1.2. 
Bank Mijozga quyidagi xizmatlarni amalga oshirish huquqini taqdim qiladi: 
a.
Axborot xizmatlari:

o'z hisobvaraqlarida joriy qoldiqlar to'g'risida ma'lumot olish 

o'z hisobvaraqlari bo'yicha ko'chirma va boshqa hisobotlarni olish, shu jumladan 
ma'lumotlarni turli formatlarda eksport qilish 
a.
O'zbekiston Respublikasi banklari hamda valyuta kurslari to'g'risida ma'lumot olish 
b.
Bank bilan ish yozishmalari. 
c.
Milliy valyutada to'lov topshiriqlarini bajarish. 
d.
Xorijiy valyutada to'lov topshiriqlarini bajarish. 
e.
Mijozning Bankda ochilgan hisobvaraqlari bo'yicha Ibank Tizimi masofaviy elektron 
himoyalangan tarzda ta'minlaydigan, axborot texnologiyalari, kompyuter texnikasi va 
Internetdan foydalanib ma'lumotlarni qayta ishlash, saqlash, himoyalash va yuborish quyi 
tizimlaridan tashkil topgan 
Multimijoz xizmati. 
1.3. 
Mijoz tizimda quyidagi elektron to'lov hujjatlarini amalga oshiradi: 

Milliy valyutada elektron to'lov topshirig'i.

Xorijiy valyutada elektron to'lov topshirig'i. 
1.4. 
Xizmat ko'rsatish O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq, Mijoz 
topshiriqlari bo'yicha elektron hujjatlarni qayta ishlash hamda Mijoz hisobvaraqlari bo'yicha 
hisobotlarni elektron shaklda taqdim etish yo'li bilan amalga oshiriladi.

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin