1. TERMIN VA ANIQLANISHLAR API (Application Programming Interface) - ichki va tashqi tizimlar o'rtasida o'zaro
amallar bajarish va integratsiya qilish usullari, protokollari, uskunalari, dasturiy modullari (shu
jumladan kod bazasi).
Autentifikatsiya ma'lumotlari - foydalanish kodlari, Mijozning noyob login (login) va
paroli (password), shu jumladan Internet-Bank orqali Karta, Mobil Bank va/yoki Internet
tarmog'ida boshqa xizmat ko'rsatish kanallari, shuningdek uyali aloqa kanallaridan foydalanib
foydalanish hamda amallarni bajarish uchun foydalaniladigan boshqa ma'lumotlar.
Bank - "O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki" AJ 100084,
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Amir Temur ko'chasi, 101, O'zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining 2021-yil 25-dekabrdan 22-son litsenziyasi.
Bank Tariflari - Bankning Tarif Reja va Tarif Paketlari to'plami.
Naf oluvchi - yakuniy natijada mulk huquqiga egalik qiluvchi yoki mijozni haqiqatda
nazorat qiluvchi va manfaatini ko'zlagan holda pul mablag'lari yoki boshqa mulk ustida
operatsiyalar amalga oshirilayotgan shaxs.
Ibank tizimi yoki Tizim – Bankning Bank va Mijozning masofaviy bank xizmatlari orqali
o’zaro munosabatlarini ta’minlaydigan dasturiy, texnik vositalar va telekommunikatsiya
tizimlaridan foydalanib masofaviy bank xizmatlarini ko’rsatish va bank operatsiyalarini amalga
oshirish uchun texnologiyalar uyg’unligi. Me'yoriy-qonunchilik bazasida o'zgarishlar tufayli,
shuningdek Mijoz ehtiyojlari to'liq qondirilishini ta'minlash uchun Tizim Bank tomonidan
yangilanishi va o'zgartirilishi mumkin. Tizimning yangilanishi Mijoz ishtirokisiz, lekin u xabardor
qilingan holda avtomat tarzda sodir bo'ladi. Istalgan vaqtda Mijoz Tizimning so'ngi versiyasi bilan
ishlaydi.