6. KARTA EGASINING HUQUQLARI 6.1.K
ARTA
E
GASI QUYIDAGI HUQUQLARGA EGA
:
6.1.1. o'z MKH sini to'ldirish;
6.1.2. mos keluvchi ariza berish orqali Karta chiqarish/qayta chiqarish;
6.1.3. Bankdan Kartadan foydalanish qoidalari hamda Kartadan foydalanib amalga oshiriladigan
operatsiyalarbo'yicha Karta Egasi va Bankning javobgarligi haqida to'liq ma'lumot olish;
6.1.4. telefon, elektron pochta va/yoki shaxsiy kabinet orqali axborot xizmatlaridan foydalanish;
6.1.5. Bankka yozma ariza bilan murojaat qilib yoki shaxsiy WEB-kabinet orqali mustaqil
ravishda uyali aloqa telefonining boshqa raqamlari/elektron pochta manzillarini axborot
xizmatlariga ulash, shu jumladan oldingilarini o'chirish;
6.1.6. Bank taqdim etadigan axborot yoki boshqa xizmatlardan bosh tortish;
6.1.7. Bankka Kartani yopishga yozma ariza berish orqali Kartaga xizmat ko'rsatilishini to'xtatish,
bunda tomonlar o'rtasida MKH bo'yicha bajarilmagan barcha majburiyatlar tartibga solinishi va
Karta Bankka qaytarilishi shart;
6.1.8.
Kartadan oldinroq o'tkazilgan Tranzaksiya bo'yicha Ekvayer bilan o'zaro hisob-kitovga
Tranzaksiya qo'yilgan sanadan 30 (o'ttiz) taqvim kuni ichida MKH ga pul mablag'lari qaytarilishini
talab qilish, bunda:
-
SSK/Ekvayer tomonidan Kredit-vaucher belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi va qo'yilishi;
-
Yoki SSK/Ekvayerga nisbatan Bankda rasmiylashtirilgan e'tiroz taqdim qilinishi lozim. Bank
Karta Egasidan Tranzaksiya hisob-kitobga qo'yilgan sanadan 30 (o'ttiz) taqvim kuni ichida
e'tiroz olmasligi Karta Egasining Tranzaksiyalarning qo'yilgan hisob-kitobiga roziligini
anglatadi.
6.1.9. pul mablag'larini qaytarish/MKH ni yopishga berilgan ariza asosida qaytarilgan va milliy
valyutaga konvertatsiyalangan pul mablag'larini bankda ochilgan o'z MSKH siga ko'chirish;
6.1.10. yozma ariza bo'yicha bankdan MKH dan ko'chirma olish;
6.1.11. Kartadan foydalanishdan bosh tortish, MKH ni yopish;
6.1.12. uning MKH si bo'yicha o'tkazilgan Tranzaksiyalar bo'yicha tushuntirish talab qilish;
6.1.13. Kartasining Stop-listga kiritilishi to'g'risida Bankka yozma so'rov jo'natish.
6.1.14. Kartaning amal qilish muddati yakunlanishigacha Kartani chiqargan Bank muassasasiga
Kartani qayta chiqarishga yozma ariza topshirish.
6.1.15. Karta Egasi Karta vositasida amalga oshirilgan tovar va xizmatlar uchun to'lovlarni va
Kvitansiyada Karta Egasining imzosi bo'lgan holatda to'lovni to'xtatib turish huquqiga ega emas.
6.2. Karta Egasi amaldagi qonunchilik, xalqaro to'lov tizimlari va Bankning ichki me'yoriy
hujjatlari
qoidalariga
muvofiq
boshqa
huquqlarga
ham
ega.