Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
7.1.3 Kartadan o'z MKH sida foydalanish mumkin bo'lgan pul mablag'lari qoldig'i doirasida
foydalanish;
7.1.4 Kartadan unda ko'rsatilgan muddat ichida foydalanish, kartaning
amal qilish muddati
yakunlanganida esa - uni bankka qayta chiqarishga qaytarib berish;
7.1.5. MKH yopilgan holatda kartani bankka qaytarish, karta qaytarilmagan holatda - uni
yo'qotganlik uchun tarifga binoan jarima to'lash;
7.1.6. Karta bankka topshirilganidan keyin yoki uning amal qilish muddati yakunlanganidan keyin,
shuningdek "yo'qotilgan" sifatida bildirilgan karta rekvizitlaridan
foydalanib operatsiyalarni
amalga oshirmaslik;
7.1.7. Kartani bankka qaytarishda uni faqat bankning vakolatli xodimiga topshirish;
7.1.8. Mazkur Umumiy shartlarning 5.1.3 bandida axborot xizmatlarini ulash uchun ko'rsatilgan
o'zining doimiy yashash joyi, pasport ma'lumotlari, shuningdek o'zining uyali aloqa telefon raqami
va/yoki elektron pochta manzili o'zgarganligi to'g'risida bankka zudlik bilan xabar berish;
7.1.9. Bankda o'z MKH sida qoldiqlarni nazorat qilish, shu bilan birga karta egasining MKH sida
ekvayer tomonidan o'zaro hisob-kitoblarga qo'yilgan tranzaksiyaning asl summalari, shuningdek
karta egasidan bank tariflariga binoan yechiladigan bank vositachilik haqining yechilishi hisobiga
faol qoldiqda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan texnik overdraftni bartaraf etish;
7.1.10. Karta bo'yicha tranzaksiyani amalga oshirishda yuzaga keluvchi qarzdorlikni MKH da
qoldiqdan yuqori bo'lgan summada qoplash, bunda
qarzdorlik uning MKH siga
kiritilgan/ko'chirilgan mablag'lar hisobidan, quyidagi tartibda so'ndirilishi lozim:
7.1.11. MKH bo'yicha yuzaga kelgan qarzdorlik uchun to'lovni qoplash;
7.1.12. Hisob bo'yicha qarzdorlikni so'ndirish.
7.1.13. MKH da pul mablag'larining harakati to'g'risida har oy ko'chirma so'rash;
7.1.14. Kartadan foydalanib amalga oshirilgan barcha tranzaksiyalar bo'yicha hujjatlarni ular
amalga oshirilgan sanadan 6 oy davomida salqash hamda ularni bankning dastlabki talabiga ko'ra
karta bo'yicha tranzaksiyalar qonuniy amalga oshirilganligini tasdiqlash yoki nizoli holatlarni
tartibga solish uchun taqdim etish;
7.1.15. Karta yo'qotilgani/o'g'irlangani haqida va uning MKH
sidan noqonuniy foydalanish
bo'yicha unga ma'lum barcha holatlar to'g'risida mos keluvchi ariza (xabar) yo'naltirish yo'li bilan
yoki kartaning orqa tomonida va yo'riqnomada ko'rsatilgan telefon bo'yicha bankning PM ga
zudlik bilan xabar berish. Agar karta egasi telefon orqali uning MKH sidan noqonuniy foydalanish
holatlari yoki karta yo'qotilganligi to'g'risida xabar berga bo'lsa, 1 (bir) ish kuni ichida u bankka
karta yo'qotilganligi/o'g'irlanganligi/undan noqonuniy foydalanilganligi faktining tasdig'ini faks
orqali yoki karta yo'qotilganligi to'g'risida va/yoki karta yo'qotilganligi, o'g'irlanganligi tufayli uni
qayta chiqarishga arizaning u topshirilgan vaqt va sana ko'rsatilgan aslini bankka yo'naltirishi
shart. Yozma arizaning bo'lmasligi tomonlar bilan mazkur Umumiy shartlarning 3.6 bandida
ko'rsatilgan, karta yo'qotilganligi to'g'risida ma'lumot ko'rsatilgan ariza yo'qligi deb tan olinadi va
PM ga MKH dan foydalanishni blokdan chiqarish huquqini beradi.
Bunda kartadan foydalanib
amalga oshirilgan barcha operatsiyalar, bunday holatda karta egasi zimmasiga yuklatiladi;
7.1.16. Unga karta bo'yicha o'tkazilgan tranzaksiyalar bo'yicha berilgan kvitansiyalarni imzolash;
7.1.17. Bank bilan yaqin hamkorlik qilish va yo'qotilgan yoki o'g'irlangan kartani topish uchun
barcha imkoniyatlarini ishga solish.
7.1.18. Karta Egasi karta yordamida amalga oshirgan operatsiyalar bo'yicha hisob-kitoblarni
yuritish bo'yicha taqdim etilgan xizmatlar va boshqa xizmatlar uchun Bankning vositachilik haqini
bank tariflariga muvofiq to'lash.
7.2. Karta Egasi Karta Uchinchi Shaxslarga bermaslik va PIN ni oshkor qilmaslik majburiyatini
oladi.
7.2.1. Karta Egasi amaldagi qonunchilik, Umumiy shartlar, xalqaro to'lov tizimlari hamda Banknig
ichki me'yoriy hujjatlar qoidalariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega.
Dostları ilə paylaş: